Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2872-1-son)
11.11.2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2872-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil 24-fevraldagi 2-mh, 80-son qarori (roʻyxat raqami 2872, 2017-yil 31-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 212-modda) bilan tasdiqlangan Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-oktabr,
29-mh-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-oktabr,
28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 21-oktabrdagi 29-mh-son, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 11-oktabrdagi 28-son qaroriga ILOVA
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 7-bandning uchinchi xatboshisidagi “kasb-hunar kollejlari” degan soʻzlar “professional taʼlim muassasalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 17-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 27-bandda:
uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 53-banddagi “kasb-hunar kollejlarining” degan soʻzlar “professional taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
