Afgʻonistonda Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasini ochish toʻgʻrisida (416-son)
29.11.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston Islom Davlati oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Afgʻoniston Islom Davlatida, Qobul shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi ochilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2002-yilning qolgan davri uchun mazkur Elchixona taʼminotiga xarajatlar smetasini Moliya vazirligi bilan kelishsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002-yildan boshlab navbatdagi moliyaviy yil uchun budjetda tasdiqlangan xorijiy muassasalarni mablagʻ bilan taʼminlash miqdoridan kelib chiqib, shtatlar butlanishiga qarab, xarajatlar smetasiga muvofiq xorijiy muassasa taʼminotiga zarur mablagʻlar ajratsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Afgʻonistondagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xarajatlarini koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vazirligiga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-noyabr,
416-son
