Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligida veksellarni qoʻllash toʻgʻrisida” 1995-yil 2-iyundagi 204-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (452-son)
24.09.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada veksel muomalasini tartibga solish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 19-martdagi PF-1738-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligida veksellarni qoʻllash toʻgʻrisida” 1995-yil 2-iyundagi 204-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshida “faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsati boʻyicha” soʻzlari “faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda uch oydan koʻp boʻlmagan muddatga, istisno hollarda 6 oygacha muddatga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bank veksellari chiqarish huquqini berish tartibiga rioya etilishi uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklansin”;
band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Veksellarni trast boshqaruviga berish, shuningdek kreditlarni veksellar bilan berish taqiqlanadi”;
b) 2-bandda:
band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, moliyaviy barqaror korxonalar va tashkilotlar uch oydan koʻp boʻlmagan muddatga, istisno hollarda esa 6 oygacha boʻlgan muddatga veksellar chiqarish huquqiga ega boʻladilar”;
“korxonalar va tashkilotlar tomonidan veksellar chiqarilishiga ularga yetkazib beriladigan aniq tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisob-kitob qilishga ularda pul mablagʻlari vaqtincha yetishmasligini qoplash uchungina xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan veksel topshirigʻi (aval) majburiy tartibda rasmiylashtirilgan holda yoʻl qoʻyiladi”;
bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
v) 4-bandning uchinchi xatboshida “va veksel kreditlarini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 5-bandning ikkinchi xatboshida “qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiradigan va sotadigan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 6-bandning uchinchi xatboshida “jumladan” va “veksel krediti olishda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 24-sentabr,
452-son
