Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-5282-son)
05.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholining keng qatlamalarini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmoniga muvofiq respublikada aholi oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda — yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi) sportning ustuvor turlari (keyingi oʻrinlarda — sportning ustuvor turlari) etib belgilanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-657-son Qonuni bilan tasdiqlangan 2021-yil uchun respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlariga asosan Turizm va sport vazirligiga sportning ustuvor turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun 104 milliard soʻm ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021-2022-yillarda yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
sportning ustuvor turlarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
aholi oʻrtasida sportning ustuvor turlari ommaviyligini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya);
sportning ustuvor turlari bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni ommalashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash;
hududlarda sportning ustuvor turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish;
sogʻlom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sportni targʻib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni taʼminlash.
3. Quyidagi sport musobaqalari har yili oʻtkazilsin:
yurish va yugurish boʻyicha — “Tashkent Marathon”, “Samarkand Marathon” va “Zaamin Ultra” xalqaro marafonlari, “Sky Camp Bostanliq” triatlon va yoga marafonlari, “Barcha rekordlar bizniki!” (5 va 10 ming qadamga), turli masofalarga yugurish boʻyicha “Yangi rekordlar sari!”;
mini-futbol boʻyicha — “Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz”, “Sogʻlom oila — Yangi Oʻzbekiston tayanchi” (oilaviy jamoalar oʻrtasida) “Rahbar kubogi” (davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida);
badminton boʻyicha — “Bahor malikalari”, “Badminton ligasi” (umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida), “Rahbar kubogi” (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari oʻrtasida) va “Imkoniyatingizdan koʻprogʻini bajaring!” (aholining keng qatlamlari oʻrtasida);
stritbol va “Workout” boʻyicha — “Rekorddan — yangi rekordga!” va “Giyohvand moddalarga qarshi!” (taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida), “Muhimi gʻalaba qozonish emas, balki qatnashish!” (mahalla jamoalari oʻrtasida), “Qishlogʻing uchun gʻalaba qozon!” (qishloq jamoalari oʻrtasida), “Sogʻlom tanda — sogʻlom fikr!” (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari oʻrtasida).
Yoshlar siyosati va sport vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tegishli sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda yuqoridagi sport musobaqalarini tizimli ravishda tashkillashtirib borsin, ularga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni keng jalb qilsin.
4. 2022-yil 1-yanvardan boshlab sportning ustuvor turlari boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashning (seleksiya) 3 bosqichli tizimi joriy etilsin:
birinchi bosqichda — sportchilar oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari (tuman/shahar hokimi kubogi);
ikkinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari gʻoliblari oʻrtasida viloyat musobaqalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari kubogi);
uchinchi bosqichda — viloyat musobaqalari gʻoliblari oʻrtasida respublika musobaqalari.
Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi rahbarlariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning 3 bosqichli tizimini tegishli hududlarda toʻliq joriy qilish va musobaqalar natijalari asosida sport-taʼlim muassasalarini iqtidorli sportchilar bilan toʻldirib borish yuzasidan shaxsan masʼul etib belgilansin.
5. Belgilansinki, mazkur qaror bilan belgilangan sport musobaqalarini oʻtkazish, gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq har yilgi xarajatlar Davlat budjeti parametrlarida Sport vazirligi uchun koʻzda tutib boriladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi. Bunda:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
har yili sportning ustuvor turlari boʻyicha musobaqalarning muntazam ravishda oʻtkazib borilishida aholining barcha qatlamlari xohishlariga qarab ularning faol ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrsin;
sportning ustuvor turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish, gʻoliblar va sovrindorlarni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarni nazarda tutsin;
b) Sport vazirligi:
har yili mart oyi yakuniga qadar hududlar kesimida sportning ustuvor turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish vaqti, joyi va manzillari, trenerlar, hakamlar va boshqa batafsil maʼlumotlarni www.jtdss.uz platformasida joylashtirib borsin va ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib etilishini taʼminlasin;
har yil yakuni bilan sportning ustuvor turlari boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan fuqarolarning eng yuqori natijalari va rekord oʻrnatganlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni platformada joylashtirib borish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
7. 2021 — 2025-yillarda hududlarda badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun 1 164 ta sport maydonchalarini tashkil etish parametrlari (keyingi oʻrinlarda — parametrlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
a) Yoshlar siyosati va sport vazirligi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi bilan birgalikda:
ikki oy muddatda sport maydonchalariga qoʻyiladigan talablar asosida hamda hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklari, aholi soni va infratuzilmani inobatga olgan holda, sport maydonchalarining namunaviy loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — namunaviy loyiha) ishlab chiqsin;
sport maydonchalarining aholi yashash joylariga qulay va xalqaro talablarga mos ravishda tashkil etilishi, sport maydonchalari qoplamasi tartan-sintetik qoplamadan boʻlishi, aholi barcha qatlamlarining yoshi va qiziqishlariga mos boʻlishiga eʼtibor qaratsin;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
sport maydonchalarini foydalanish xususiyatini yoʻqotmagan holda va tegishli joylashuviga koʻra mahalla fuqarolar yigʻini yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tekin foydalanish huquqi asosida bersin;
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda sport maydonchalaridan aholining samarali foydalanishini tashkil etish, oʻrnatilgan uskunalarni saqlash va taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlarni nazarda tutsin;
bir oy muddatda tumanlar va shaharlar boʻyicha namunaviy loyiha asosida har bir mahallada badminton, stritbol va “Workout” sport maydonchalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi 2021 — 2025-yillarda amalga oshirilishi moʻljallangan hududiy manzilli dasturlarni tasdiqlash hamda ushbu ishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etishga tashabbuskor mahalliy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish choralarini koʻrsin.
8. Belgilansinki, Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dastur va parametrlar toʻliq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard soʻmdan mablagʻlar ajratiladi.
Moliya vazirligi mazkur qarorga asosan joriy yilda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni va kelgusi yillarda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar uchun zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni taʼminlasin.
9. Sportni rivojlantirish vazirligi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan sport maydonchalarini qurish va jihozlash boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
Bunda bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
10. Sportning ustuvor turlari boʻyicha sport maydonchalarini tashkil etish va jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan maxsus sport anjomlari va jihozlari, inventar, qurilish materiallari va moddiy-texnika resurslari 2024-yil 1-sentabrga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Yoshlar siyosati va sport vazirligi — dasturni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — sport maydonchalarini tashkil etish parametrlarini oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarishni taʼminlash yuzasidan barcha choralarni koʻrsinlar;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsinlar.
12. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vazirining tegishli oʻrinbosarlari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-noyabr,
PQ-5282-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qaroriga 1-ILOVA
2021-2022-yillarda yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi
T/rTadbirlarAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilarI. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini boshqarish tizimini takomillashtirish1.Oʻquvchi va talaba yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini takomillashtirish.“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalaridagi sport turlari roʻyxatiga stritbol va “Workout” sport turlarini kiritish.2022-yil yanvar-fevralIjrochilar mablagʻlariXalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi2.Stritbol sport turini sport turlari reyestriga kiritish.1. Sport turini eʼtirof etish toʻgʻrisida kiritilgan taqdimnomani muhokama qilish.2021-yil noyabr-Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi2. Sport turini eʼtirof etish yoki eʼtirof etishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishva uning koʻchirmasini Oʻzbekiston basketbol federatsiyasiga yuborish.Qaror qabul qilingandan soʻng uch kun muddatda3.“Workout” sport turini sport turlari reyestriga kiritish.1. Sport turini eʼtirof etish toʻgʻrisida kiritilgan taqdimnomani muhokama qilish.2021-yil noyabr-Turizm va sport vazirligi2. Sport turini eʼtirof etish yoki eʼtirof etishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va uning koʻchirmasini tegishli sport federatsiyasi (assotsiatsiya)ga yuborish.Qaror qabul qilingandan soʻng uch kun muddatdaII. Aholi oʻrtasida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarining ommaviyligini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya)4.Aholi oʻrtasida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarining ommaviyligini oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olish.1. Tizimida ochiq sport inshootlari (stadion, futbol va boshqa sport maydonlari) mavjud boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan aholining barcha qatlamlari uchun jismoniy tarbiya (yugurish, yurish va badantarbiya) bilan bepul shugʻullanish uchun sharoit yaratish.2021-2022-yillar davomidaIjrochilar mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, vazirlik, idora va tashkilotlar2. Mavjud madaniyat va istirohat bogʻlarida aholi jismoniy tarbiya bilan bepul shugʻullanishi uchun “skandinavcha yurish”, yurish, yugurish va “Workout”ga sharoit yaratish.2021-2022-yillar davomida3. Sport-taʼlim muassasalarida, taʼlim tashkilotlarining sport inshootlarida hamda sport markazlari va klublarida “ochiq eshiklar” kunlarini tashkil etish.Har chorakda bir martaMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi5.Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini rivojlantirish uchun zarur mablagʻlar ajratish.1. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun 2021-yilda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida ajratilgan mablagʻlar ulushini kelgusi yillarda oshirib borish.2022-yil 1-yanvardan boshlab har yiliDavlat budjeti va homiylik mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi2. Ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlash.2021-2022-yillar davomida6.Iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya) ishlarini tashkil etish va “ommaviylikdan — professionallikka” oʻtish tizimini joriy etish.1. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari boʻyicha sportchining bosqichma-bosqich tayyorgarlik tizimini quyidagi tartibda amalga oshirish:maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalaridagi sport toʻgaraklari;bolalar-oʻsmirlar sport maktablari;ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari;olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari;respublika oliy sport mahorati maktablari;yuqorida belgilangan har bir sport muassasasida tarbiyalangan sportchilardan milliy terma jamoalar tarkibiga nomzodlar yetishtirib berish.2021-2022-yillar davomidaIjrochilar mablagʻlari, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasida ajratilgan mablagʻlar, homiylik mablagʻlariTurizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi2. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari boʻyicha boshlangʻich tayyorgarlikdan professional darajagacha boʻlgan bosqichlar uchun oʻquv-uslubiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning joylarga yetkazilishini taʼminlash.2021-2022-yillar davomida7.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim hamda oliy taʼlim muassasalarida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini rivojlantirish.1. Kichik yoshdan bolalarda sport bilan shugʻullanishga sogʻlom, kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirish hamda ularning muayyan koʻrsatkichlari asosida qaysi sport bilan shugʻullanishini aniqlash, mustaqil rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish.2022-yil 1-yanvardan boshlab har yili-Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar2. Taʼlim muassasalarida quyidagi ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish:“Muassasa sporti” festivali;mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari boʻyicha “Muassasa birinchiligi”.Har yili dekabr3. Mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlari boʻyicha elektron taʼlim resurslarida turli tillarda mashq jarayonlarini oʻtkazish yuzasidan metodik tavsiyalarning respublika ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish.2022-yil fevral-martIjrochilar mablagʻlariIII. Mini-futbol bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, uni ommalashtirish, ushbu yoʻnalishda muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash8.Aholini, ayniqsa yoshlarni boshlangʻich va havaskor mini-futbol bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.1. Hududlarda (qishloq, mahalla, tuman, shahar, viloyat) mini-futbol infratuzilmasini rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.2021-yil dekabrIjrochilar mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi2. Mini-futbol boʻyicha tashkil etilgan seksiyalar, trenerlar, mini-futbol oʻynash mumkin boʻlgan maydonlar haqidagi maʼlumotlarni aholiga mahalliy ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkazish.2021-2022-yillar davomida1. Sport musobaqalarini 3 ta bosqichda oʻtkazishni joriy etish:I bosqich — tuman (shahar);II bosqich — viloyat;III bosqich — respublika (final).Har yili2. Har bir davlat organi va tashkilotida mini-futbol jamoalarini tuzish.3. Quyidagi professional va ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish:U-17 yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatini;U-16 va undan kichik yosh toifalarida rasmiy sport musobaqalarini.Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasi asosida4. Mini-futbol boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz” sport musobaqalarini (respublika hududlarida) oʻtkazish.Har yili fevral-martIjrochilar mablagʻlari5. Oilaviy jamoalar oʻrtasida “Sogʻlom oila — Yangi Oʻzbekiston tayanchi” musobaqalarini oʻtkazish:I bosqich — tuman (shahar);II bosqich — viloyat;III bosqich — respublika (final).Har yili aprel6. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida “Rahbar kubogi” musobaqalarini oʻtkazish:I bosqich — tuman (shahar);II bosqich — viloyat;III bosqich — respublika (final).Har yili oktabr (2022-yildan boshlab)10.Sport zaxirasini tayyorlash sifatini oshirish.1. Mini-futbol boʻyicha umumtaʼlim maktablarida toʻgaraklar, sport maktablarida seksiyalar, oliy taʼlim muassasalarida klublar sonini 1,5 baravarga koʻpaytirish choralarini koʻrish.2022-yildan boshlab-Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari2. Mini-futbol boʻyicha shugʻullanuvchilar, trenerlar uchun namunaviy sport oʻquv dasturlari va qoʻllanmalarini ishlab chiqish va yetkazib berish.2021-yil dekabrIV. Yurish va yugurish bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yoʻnalishda muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash11.Joylarda yurish va yugurish bilan shugʻullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.1. Hududlardagi mavjud yengil atletika maydonlarini xatlovdan oʻtkazish.2. Yengil atletika maydonlarini zamonaviy talablar asosida taʼmirlash va foydalanishga topshirish boʻyicha yaqin muddatga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.2021-yil dekabrIjrochilar mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi12.Respublikaning barcha yirik shaharlarida piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari” tashkil etish va zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash.Zamonaviy loyihalar asosida “Salomatlik yoʻlaklari”ni tashkil etish:Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi1) Nukus, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Qoʻqon va Xiva shaharlarida;2022-yil 1-iyuldan boshlab2) Respublikaning barcha yirik shaharlarida;2022-yil 1-dekabrdan boshlab3) Foydalanishga topshirilgan “Salomatlik yoʻlaklari”dan samarali foydalanishni taʼminlash.DoimiyIjrochilar mablagʻlari13.Sportni rivojlantirish vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarida yurish, yugurish maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash.1. Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Yoshlik” oʻyingohining yugurish yoʻlakchalarini mukammal taʼmirlash. 2022-yil martRespublika budjeti mablagʻlariSportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi2. Surxondaryo viloyati Denov tumani markazidagi oʻyingohning yugurish yoʻlaklarini rezina qoplamalarga oʻzgartirish. 2022-yil dekabr14.Hududlarda sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish.Sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:Har yiliYoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlar doirasidaYoshlar siyosati va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi1) aholining keng qatlami oʻrtasida ommaviy ravishda 5 ming, 10 ming qadam, “Skandinavcha yurish” boʻyicha “Barcha rekordlar bizniki!” musobaqalarini (respublika hududlarida);Har yili yanvar — dekabr3) turli masofalarga yugurish boʻyicha “Yangi rekordlar sari!” sport musobaqalarini oʻtkazish (respublika hududlarida).Har yili oktabr-noyabrV. Badminton bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yoʻnalishda muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash15.Badminton bilan shugʻullanish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish.1. Hududlardagi mavjud barcha ochiq va yopiq turdagi sport inshootlarini xatlovdan oʻtkazish.Har yili dekabrIjrochilar mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi2. Faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan sport inshootlarining maydonchalarida badminton bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha yaqin muddatga moʻljallangan manzilli roʻyxat (dastur)ni shakllantirish va amalga oshirish.Xatlov natijalariga asosan3. Madaniyat va istirohat bogʻlari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari boʻyicha maydonchalarni tashkil etish.2021-2022-yillar davomidaInvestorlar va homiylik mablagʻlari16.Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport-taʼlim muassasalarida badminton maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash.Pop tumanidagi 2-son sport maktabining Chodak filiali uchun “Oltinkon” mahallasida 2 ta badminton maydoni qurish.2022-yil davomidaRespublika budjeti mablagʻlariYoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Namangan, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari17.Davlat-xususiy sheriklik asosida sport inshootlarini qurish, ularning faoliyatini tashkil etish va zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash.1. Olmaliq shahridagi 1, 3, 7, 11, 14, 15, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23-son, Angren shahridagi 6, 7, 8, 13, 14, 18, 25, 34, 37, 42-son umumtaʼlim maktablarining tashqi sport maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida badminton boʻyicha sunʼiy qoplamali sport maydonchalarini tashkil etish.2021-2022-yillar davomidaInvestorlar mablagʻlariXalq taʼlimi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi2. Yangihayot tumanidagi barcha mahallalarda 30 ta badminton maydonlarini qurish.2022-yil iyunDavlat-xususiy sheriklik asosidaToshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi18.Badminton sport turini ommalashtirish.1. Har bir umumtaʼlim maktabi va oliy taʼlim muassasasida badminton klublarini tashkil etish.2022-yil yanvardan boshlabIjrochilar mablagʻlariMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi2. Har bir tuman va shaharda Oʻzbekiston badminton federatsiyasi boʻlinmalarini ochish choralarini koʻrish.2021-2022-yillar davomida3. Aksiyalar, viktorinalar, flesh-moblar, munozaralar va boshqalar orqali oʻquvchi va talabalar oʻrtasida badmintonni targʻib qilish.2021-2022-yillar davomida19.Badminton sport turi boʻyicha trenerlar va hakamlarning bilim darajasini zamon talablari asosida oshirish.1. Badminton sport turi boʻyicha yetakchi xorijiy mutaxassislar ishtirokida tajriba almashinuvi, seminarlar, mahorat darslari, oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish.2. Badminton sport turi boʻyicha hakamlarning malakasini xorijiy oʻquv muassasalarida oshirishni taʼminlash.2021-2022-yillar davomidaIjrochilar mablagʻlariTurizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi20.Badminton sport turi boʻyicha trenerlar va hakamlarni ilmiy-uslubiy taʼminlash.1. Badminton sport turi boʻyicha yuqori toifadagi sportchilarni tayyorlashni ilmiy-uslubiy, tibbiy va biologik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish uchun ilmiy guruh tashkil etish.2021-yil noyabrIjrochilar mablagʻlariYoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari2. Badminton bilan shugʻullanadigan sportchilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi boʻyicha monitoring olib borish.Har chorakda bir marta3. Maktabgacha, umumtaʼlim, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, sport-taʼlim muassasalari uchun oʻquv dasturlarini, musobaqalar qoidalarini ishlab chiqish, uslubiy majmualarni nashr etish.21.Hududlarda badminton sport turi boʻyicha sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish.Sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:Har yiliYoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlar doirasidaYoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi1) “Bahor malikalari” sport musobaqalarini (respublika hududlarida);Har yili mart2) har bir tuman va shaharda umumtaʼlim va kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Badminton ligasi” musobaqalarini;Har yili aprel3) davlat organlari, tashkilotlari va nodavlat tashkilotlarning ishchi xodimlari oʻrtasida “Rahbar kubogi” musobaqalarini (respublika hududlarida);Har yili may4) aholining keng qatlamlari oʻrtasida “Imkoniyatingizdan koʻprogʻini bajaring!” musobaqalarini oʻtkazish (respublika hududlarida).2021-2022-yillar davomidaVI. Stritbol va “Workout” bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu yoʻnalishda muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash22.Stritbol va “Workout” bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish.Mahallardagi mavjud foydalanilmay turgan yer maydonlarida belgilangan tartibda stritbol va “Workout” maydonchalarini barpo etish.2021-2022-yillar davomidaDavlat budjet mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi23.Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida stritbol va “Workout” bilan shugʻullanishni ommalashtirish.1. Umumtaʼlim, professional va oliy taʼlim muassasalarida stritbol klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2022-yil martIjrochilar mablagʻlariXalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi2. Mahalla, qishloq, korxona, tashkilotlarning stritbol va “Workout” boʻyicha jamoalarini tashkil etish.2021-2022-yillar davomida24.Stritbol va “Workout” boʻyicha musobaqalar oʻtkazish.Taʼlim muassasalari, mahalla, qishloq, korxona, tashkilotlarning stritbol va “Workout” boʻyicha jamoalari oʻrtasida quyidagi musobaqalarni tashkil etish:Har yiliIjrochilar mablagʻlariKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vilo?tlar va Toshkent shahar hokimliklari1) taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida “Rekorddan — yangi rekordga!”, “Giyohvand moddalarga qarshi!”;Har yili mart-aprel2) mahalla jamoalari oʻrtasida “Muhimi gʻalaba qozonish emas, balki qatnashish!”;Har yili may3) korxona va tashkilotlar oʻrtasida “Sogʻlom tanda — sogʻlom fikr!”.VII. Hududlarda sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish25.Mamlakatimizda xalqaro ommaviy sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish.Xalqaro sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:Har yiliYoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga ajratilgan mablagʻlar doirasidaYoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi1) “Tashkent Marathon” xalqaro marafonini (Toshkent shahri);2) “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya marafonini (Samarqand viloyati).Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan26.Aholining keng qatlamlari oʻrtasida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” boʻyicha sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini oʻtkazish.2. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida umumxalq va xalqaro bayramlarga bagʻishlangan sport musobaqalarini oʻtkazish.Har yili iyun — avgustIjrochilar mablagʻlariMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariHar yili dekabr3. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talaba sport jamoalari” musobaqalarini oʻtkazish.Har yili aprel-may4. Oilaviy sport jamoalari oʻrtasida “Otam, onam va men — sogʻlom oilamiz” shiori ostida sport musobaqalarini oʻtkazish.2021-2022-yillar davomida5. Sport maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh chempionlar”, ixtisoslashtirilgan sport maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Olimpiya umidlari”, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari oʻquvchilari oʻrtasida “Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarini oʻtkazish.27.Taniqli sport namoyandalari ishtirokida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish.1. Taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, mahallalarda taniqli sport namoyandalari ishtirokida bolalar va barcha xohlovchilar uchun yetakchi professional trenerlarni jalb etgan holda, mahorat darslari va dastxat-sessiyalarni tashkil etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.2021-yil noyabrIjrochilar mablagʻlariTurizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari2. Taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, mahallalarda taniqli sport namoyandalari ishtirokida mahorat darslari va dastxat-sessiyalarni tashkil etish.3. Tadbir ishtirokchilarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish.Tasdiqlangan rejaga muvofiqVIII. Sogʻlom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sportni targʻib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni taʼminlash28.Ommaviy axborot vositalarida sportni keng yoritish orqali aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish ishlarining samaradorligi va taʼsirchanligini oshirish.1. Sport musobaqalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, jumladan, mamlakatimizda oʻtkaziladigan milliy va xalqaro musobaqalarni toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya qilish.2. Sport turlari rivojlanishini ifodalovchi roliklarni efirga uzatib borish.3. Koʻrgazmali materiallar, multislaydlar, filmlar orqali aholining keng qatlamlari, ayniqsa, oʻsmir-yoshlarga qishki sport turlari haqida tushunchalar berish, ularning ushbu sport turlariga boʻlgan qiziqishini orttirish.2021-2022-yillar davomidaIjrochilar va homiylik mablagʻlariOʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Turizm va sport vazirligi29.Internet orqali jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish choralarini koʻrish.1. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout”ni keng targʻib etish maqsadida Internet orqali turkum maqolalar eʼlon qilish.2. Sportda erishayotgan yorqin gʻalabalari orqali Vatanimiz dovrugʻini koʻtarib kelayotgan sportchi hamda sport faxriylari (trenerlar)ning ibratli hayot yoʻlini yoshlarga namuna qilib koʻrsatishga qaratilgan roliklar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.3. Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida turli davra suhbatlari, shoular, “onlayn” muloqotlar, mahorat darslari hamda umumtaʼlim maktablarida davra suhbatlarini oʻtkazish.2021-2022-yillar davomidaIjrochilar va homiylik mablagʻlariTurizm va sport vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent sh?har ?okimliklari30.Aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini tashkil etish.1. Aholining turli qatlamlari oʻrtasida “Shaxsiy gigiyenaning sogʻliq uchun ahamiyati”, “Sogʻlom boʻlishni oʻrganing!”, “Oʻsmirlarda giyohvandlik”, “Sigareta ichida nima bor?”, “Alkogol — bu zamonaviy narkotik”, “Ota-onalar ichishadi — bolalar azob chekishadi”, “Asabiylashish va sogʻlom turmush tarzi”, “Sogʻlom ovqatlanish alifbosi” mavzularida tibbiyot xodimlari tomonidan maʼruzalar tashkil etish.2. Taniqli sportchilar ishtirokida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” boʻyicha ijtimoiy reklama roliklarini tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish.2021-2022-yillar davomidaIjrochilar va homiylik mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbeki?ton Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qaroriga 2-ILOVA
2021 — 2025-yillarda hududlarda badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun sport maydonchalarini tashkil etish
PARAMETRLARI
T/r Hududlar Jami shu jumladan: 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil Respublika boʻyicha: 1 164 208 300 255 217 184 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 92 17 24 20 17 14 2. Andijon viloyati 92 17 24 20 17 14 3. Buxoro viloyati 74 13 19 16 14 12 4. Jizzax viloyati 74 13 19 16 14 12 5. Qashqadaryo viloyati 86 15 22 19 16 14 6. Navoiy viloyati 63 11 16 14 12 10 7. Namangan viloyati 77 14 20 17 14 12 8. Samarqand viloyati 90 16 23 20 17 14 9. Sirdaryo viloyati 63 11 16 14 12 10 10. Surxondaryo viloyati 86 15 22 19 16 14 11. Toshkent viloyati 124 22 32 27 23 20 12. Fargʻona viloyati 104 19 27 23 19 16 13. Xorazm viloyati 74 13 19 16 14 12 14. Toshkent shahri 65 12 17 14 12 10
Izoh: parametrlarga sport vazirining buyrugʻi asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
