Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T. Ishmetovga “Davlat organlari xarajatlarining shaffofligini taʼminlash boʻyicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida (1437-IV-son)
18.10.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T. Ishmetovga “Davlat organlari xarajatlarining shaffofligini taʼminlash boʻyicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T. Ishmetovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-oktabr,
1437-IV-son
