Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1386-IV-son)
11.10.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2018-yil 14-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni tasdiqlash haqida”gi 1550-III-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 3, 195-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻlimining mudiri Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini hamda Devoni xodimlarini ushbu Nizom bilan tanishtirsin.
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-oktabr,
1386-IV-son
