“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-812-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1329-IV-son)
13.09.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Qarori
“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-812-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 9-iyulda kiritilgan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-812-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-sentabr,
1329-IV-son
