“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-5278-son)
04.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Samarqand viloyatining Urgut tumanini yanada rivojlantirish, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida yaratilgan qulay biznes yuritish tajribasini boshqa hududlarga tatbiq qilish, yuqori texnologiyalar asosida hududning eksport salohiyatini rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Samarqand viloyatining Urgut tumani hududi innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun erkin iqtisodiy zona etib belgilansin.
Bunda, Urgut tumanining hududiy chegaralari ichida innovatsion yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda — “Urgut” EIZ) ishtirokchisi maqomi beriladi.
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining:
1-ilovaga muvofiq jami 580,8 gektar yer maydonlarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish, shundan 273,6 gektar yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan boshqa yer toifasiga oʻtkazish;
yer uchastkalarini belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazgan holda, “Urgut” EIZ direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish orqali “Urgut” EIZ hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar Samarqand viloyati maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashining “Urgut” EIZ direksiyasiga doimiy foydalanishga berilayotgan yer uchastkalariga nisbatan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
tashqi bozorlarda talab katta boʻlgan va importning oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish;
Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan samarali foydalanishni taʼminlash;
mahalliy xom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari oʻrtasida va, umuman, respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.
4. “Urgut” EIZning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Samarqand viloyati hokimligi 2022-yilning 1-iyuliga qadar:
Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda “Urgut” EIZning yangi hududlari bosh rejalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda “Urgut” EIZning yangi hududlarini tasdiqlangan bosh rejalariga asosan muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan taʼminlash boʻyicha quriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda kelishish ishlarini yakunlasin.
6. Quyidagilar:
Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi DUK “Urgut” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ishlari boʻyicha buyurtmachi etib;
Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining mahalliy budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar “Urgut” EIZning bosh rejasini, obyektlar loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
“Urgut” EIZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha bosh pudrat tashkiloti belgilangan tartibda aniqlansin.
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining yuridik shaxs tashkil etmagan holda mavjud shtat birliklari soni doirasida, xodimlari soni 3 ta shtatdan iborat “Urgut ofisi” tashkil etilsin va unga “Urgut” EIZ hududida amalga oshirish uchun istiqbolli loyihaviy takliflar ishlab chiqish hamda tashabbuskorlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda koʻmaklashish vazifasi yuklansin.
8. Belgilansinki:
“Urgut” EIZ hududida, shu jumladan yangi tashkil etiladigan hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi;
“Urgut” EIZ hududiga ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
9. Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki yil muddatda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida “Urgut” EIZ loyihalarini joylashtirish uchun ajratilayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga teng miqdorda yangi yerlarni oʻzlashtirish choralarini koʻrsin.
10. Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda:
ikki oy muddatda Samarqand va Surxondaryo viloyatlari iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral xom ashyo va infratuzilmani inobatga olgan holda, “Urgut” EIZ hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishini;
“Urgut” EIZ hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini;
“Urgut” EIZ hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, “Urgut” EIZ hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
11. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakovga — vazirliklar, idoralar, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining “Urgut” EIZ rivojlanishi va samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, uning hududida investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatini nazorat qilish;
energetika vaziri A.S. Sultanov, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov, transport vaziri I.R. Maxkamovga — “Urgut” EIZ hududidagi investitsiya loyihalarining obyektlari foydalanishga topshirilgunga qadar zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi hamda mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, ularga talab etiladigan ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
uch oy muddatda “Urgut” EIZning yangi hududlarini muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan taʼminlash uchun Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining zarur mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisida 2022-yilning 1-fevral va 1-iyul sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-noyabr,
PQ-5278-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-5278-son qaroriga 1-ILOVA
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududi tarkibiga kiruvchi yangi hududlar
ROʻYXATI
T/rHudud va uning chegaralariMaydoni(ga)Samarqand viloyati boʻyicha1.Bulungʻur tumani, “Gʻoʻbdin” MFY hududi:shimoliy tomondan — “M-39” avtomagistrali;sharqiy tomondan — “Vitis Dominius” MCHJ XK hududi;janubiy tomondan — “Gʻoʻbdin” kichik sanoat zonasi hududi;gʻarbiy tomondan — aholi yashash punkti hududi.20,02.Bulungʻur tumani, “Gʻoʻbdin” MFY hududi:65,0shimoliy tomondan — “SAMARKAND SNIPALA” X/K va “SOCHAK GʻOʻBDIN CHORVASI” MCHJ hududisharqiy tomondan — “AGROMONOLIT” MCHJ hududi; janubiy tomondan — mahalliy ichki avtomobil yoʻli;gʻarbiy tomondan — mahalliy ichki avtomobil yoʻli.3.Bulungʻur tumani, “Gʻoʻbdin” MFY hududi:35,0shimoliy tomondan — “Kattaqishloq” mahalla fuqarolar yigʻini hududi; sharqiy tomondan — Samarqand-Toshkent temir yoʻl muhofaza zonasi chegara chizigʻigacha;janubiy tomondan — Bulungʻur tuman hokimligi zaxira yer maydonlari;gʻarbiy tomondan — Bulungʻur tuman hokimligi zaxira yer maydonlari.4.Jomboy tumani, “Nazar” MFY hududi:shimoliy tomondan — “Nazar” MFY hududi;sharqiy tomondan — “Nazar” MFY hududi;janubiy tomondan — “Firdavs qurilish xizmati”, “Qora Gavhar Oybek”, “Jomboy qurilish” va “Damir qurilish servis” MCHJlar hududi;gʻarbiy tomondan — Jomboy tumani kichik sanoat zonasi hududi.13,85.Jomboy tumani, “Nazar” MFY hududi:shimoliy tomondan — “Oʻzagrologistiss Senters” va “Diyora NDA” MCHJ hamda “Nazar” MFY hududi;sharqiy tomondan — “Jomboy oltin dalalari” va “Otabek Davurov” fermer xoʻjaliklari hamda “Soʻxmon” MFY hududi;janubiy tomondan — “Toshkent-Buxoro-Termiz” temir yoʻli;gʻarbiy tomondan — “Nazar” MFY hududi.84,566.Jomboy tumani, “Soʻxmon” MFY hududi:shimoliy tomondan — MCHJ shaklidagi “BMAX BUILDING MATERIALS” qoʻshma korxonasi va “Diyora NDA” O.K hududi;sharqiy tomondan — “Soʻxmon” MFY hududi;janubiy tomondan — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining hududi tarkibiga kiruvchi “Nazar” mavzesidagi yer maydonlari;gʻarbiy tomondan — “Diyora NDA” O.K hududi.23,67.Ishtixon tumani, “Koʻtarma” MFY hududi:shimoliy tomondan — Oqdaryo qirgʻoq mintaqasi yerlari hududi;sharqiy tomondan — Oqdaryo qirgʻoq mintaqasi yerlari hududi; janubiy tomondan — “Zarband meva eksport” MCHJ hududi;gʻarbiy tomondan — “Orziqul” va “Meros” fermer xoʻjaliklari hududi.21,468.Narpay tumani, “Tepa” MFY hududi:shimoliy tomondan — “Odiljon Farrux” fermer xoʻjaligi hududi;sharqiy tomondan — “Oromgoh” kichik sanoat zonasi va “Oytoʻla” fermer xoʻjaligi hududi;janubiy tomondan — “M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomagistrali;gʻarbiy tomondan — “Tepa” MFY hududining ichki yoʻllari.8,39.Oqdaryo tumani, “Chorbogʻ-2” MFY hududi:shimoliy tomondan — dala yoʻli, zax ariq, “Rasul Goldin Gren” fermer xoʻjaligi hududi;sharqiy tomondan — “Rasul Goldin Gren” fermer xoʻjaligi hududi; janubiy tomondan — Samarqand viloyati Davlat oʻrmon xoʻjaligi hududi;gʻarbiy tomondan — “Agro Bravo chorvasi” fermer xoʻjaligi hududi.11,510.Oqdaryo tumani, “Dahbed” MFY hududi:shimoliy tomondan — “Iqbol” fermer xoʻjaligi hududi;sharqiy tomondan — “Kelajak” fermer xoʻjaligi hududi;janubiy tomondan — “Saidjon Ferdavs paradays” fermer xoʻjaligi hududi;gʻarbiy tomondan — Dahbed qoʻrgʻoni.9,911.Payariq tumani, “Choshtepa” MFY hududi:shimoliy tomondan — “Umidjon Saxovati” fermer xoʻjaligi;sharqiy tomondan — “4P-49 Samarqand-Payariq” avtomobil yoʻli;janubiy tomondan — “Singapur Samarqand” MCHJ va “Umidjon Saxovati” fermer xoʻjaligi hududi; gʻarbiy tomondan — “Dilshod Maxamatov” XK va “Orzu” MCHJ hududi.8,812.Toyloq tumani, “Xoʻjaqishloq” MFY hududi:shimoliy tomondan — “Sarichashma Jumabozor” fermer xoʻjaligi hududi;sharqiy tomondan — “Muhiddin Husniddin bogʻlari” fermer xoʻjaligi hududi;janubiy tomondan — namunaviy uy-joy va maktab hududi;gʻarbiy tomondan — “Akbarxon Dadaxon dalalari” fermer xoʻjaligi hududi.14,913.Urgut tumani, “Tinchlik” MFY hududi :shimoliy tomondan — “Vatkan” agrofirmasidan “Shahboz Meliqulov agroservis” fermer xoʻjaligigacha boʻlgan hudud;sharqiy tomondan — “4R-47 Urgut-Bulungʻur” avtomobil yoʻli; janubiy tomondan — “A-377 Samarqand-Ayniy” avtomobil yoʻli; gʻarbiy tomondan — “Vatkan” agrofirmasidan “Zafar Umid Sultoni” fermer xoʻjaligi hududigacha.20,014.Urgut tumani, “Sariqtepa”, “Dehqonobod” va “Yuqori Sanchiqul” MFY hududi:shimoliy tomondan — “Aziz Ibrohim Nurli zamini” fermer xoʻjaligi, “Mavlon Agro biznes” fermer xoʻjaligi va “Zafar Nurli zamini” fermer xoʻjaligi hududlari; sharqiy tomondan — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining hududi tarkibiga kiruvchi “Sariqtepa” mavzesidagi yer maydonlari;janubiy tomondan — “Aynagul Hakim Farangizxon” fermer xoʻjaligi va “Haydarov Asliddin” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;gʻarbiy tomondan — “Aynagul Hakim Farangizxon” fermer xoʻjaligi yer maydonlari.80,115.Urgut tumani, “Sariqtepa” mavzesi hududi:shimoliy tomondan — “Sariqtepa” MFY aholi yashash punkti;sharqiy tomondan — soy hududi; janubiy tomondan — avtomobil yoʻllari; gʻarbiy tomondan — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining hududi.4,516.Nurobod tumani, “Tepaqul” MFY hududi:shimoliy tomondan — A-378 “Samarqand — Qarshi” avtomobil yoʻli;sharqiy tomondan — “Mironqul gaz servis” MCHJ va “Bahrom bobo Vafaqulov” fermer xoʻjaligi hududi;janubiy tomondan — “Bahrom bobo Vafaqulov” fermer xoʻjaligi hududi;gʻarbiy tomondan — “Bahrom bobo Vafaqulov” fermer xoʻjaligi hududi40,0Jami:461,42
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-5278-son qaroriga 2-ILOVA
“Urgut” EIZning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Tuman nomi EIZ manzili Obyekt nomi Oʻlchov birligi Quvvati Qiymati (mln.soʻm) Moliyalashtirish manbasi Amalga oshirish muddati JAMI: 411 132,20 1. Avtomobil yoʻllari km 52,93 40 957,5 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 2. Suv taʼminoti tarmogʻi km 70,5 28 310,0 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil obyekt 24 15 500,0 3. Kanalizatsiya tarmogʻi km 53 31 800,0 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil obyekt 10 12 100,0 4. Elektr energiyasi tarmogʻi km 51,85 15 556,5 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil obyekt 31 101 720,0 5. Tabiiy gaz tarmogʻi km obyekt 161,8 159 530,0 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil obyekt 28 4 660,0 6. Aloqa tarmogʻi tortish km 50,8 998,2 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 1. Avtomobil yoʻllari 1. Bulungʻur tumani “Gʻoʻbdin” MFY Avtomobil yoʻlini kapital taʼmirlash km 3 3000 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 2. Jomboy tumani “Nazar” MFY Avtomobil yoʻlini kapital taʼmirlash km 1,2 1560 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 3. Ishtixon tumani “Koʻtarma” MFY Avtomobil yoʻlini kapital taʼmirlash km 1 750 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 4. Kattaqoʻrgʻon shahri “Islom Shoir” MFY Avtomobil yoʻlini kapital taʼmirlash km 2 1500 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 5. Kattaqoʻrgʻon tumani “Yakkabogʻ” MFY Avtomobil yoʻlini kapital taʼmirlash km 0,5 375 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 6. Qoʻshrabot tumani “Chorloq” MFY Avtomobil yoʻlini kapital taʼmirlash km 0,6 450 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 7. Narpay tumani “Guliston” MFY Avtomobil yoʻlini kapital taʼmirlash km 2,73 2047,5 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 8. Oqdaryo tumani “Daxbed” MFY Avtomobil yoʻlini kapital taʼmirlash km 2 1500 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil “Chorbogʻ-2” MFY Avtomobil yoʻlini kapital taʼmirlash km 1 600 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 9. Payariq tumani “Navroʻz” MFY Avtomobil yoʻlini kapital taʼmirlash km 2 1500 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 10. Paxtachi tumani “Naxripay” MFY Avtomobil yoʻlini kapital taʼmirlash km 21,5 16125 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 11. Samarqand tumani “Qorasuv” MFY Avtomobil yoʻlini kapital taʼmirlash km 0,3 225 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 12. Toyloq tumani “Xoʻjaqishloq” MFY Kirish avtomobil yoʻlini qurish km 3,5 2625 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 13. Urgut tumani “Tinchlik” MFY Kirish avtomobil yoʻlini qurish km 0,6 450 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil “Sariqtepa”, “Dehqonobod”, “Yuqori Sanchiqul” MFY Kirish avtomobil yoʻlini qurish km 7 5250 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 14. Pastdargʻom tumani “Doʻstlik” MFY Kirish avtomobil yoʻlini qurish km 4 3000 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 2. Suv taʼminoti tarmogʻi 1. Bulungʻur tumani “Gʻoʻbdin” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 6 2400 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 2 1000 2021-2022-yil 2. Jomboy tumani “Nazar” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 5 2000 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 5 2500 2021-2022-yil 3. Ishtixon tumani “Koʻtarma” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 2,6 1040 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 2 1000 2021-2022-yil 4. Kattaqoʻrgʻon shahri “Islom Shoir” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 1,5 600 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 1 500 2021-2022-yil 5. Kattaqoʻrgʻon tumani “Yakkabogʻ” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 2 800 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 2 1000 2021-2022-yil 6. Qoʻshrabot tumani “Chorloq” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 0,8 320 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 1 500 2021-2022-yil 7. Narpay tumani “Guliston” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 10 4000 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 1 500 2021-2022-yil 8. Oqdaryo tumani “Daxbed” MFY Suv taʼminoti tarmogʻi qurish km 6 2400 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 2 1000 2021-2022-yil “Chorbogʻ-2” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 6 2400 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 2 1000 2021-2022-yil 9. Payariq tumani “Navroʻz” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 3 1200 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 1 500 2021-2022-yil 10. Paxtachi “Naxripay” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 7 2800 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 2 1000 2021-2022-yil 11. Samarqand tumani “Qorasuv” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 1,1 550 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 12. Toyloq tumani “Xoʻjaqishloq” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 5 2000 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 1 4000 2021-2022-yil 13. Urgut tumani “Tinchlik” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 2,5 1000 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 2 1000 2021-2022-yil “Sariqtepa”, “Dehqonobod”, “Yuqori Sanchiqul” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 6 2400 2021-2022-yil 14. Pastdargʻom tumani “Doʻstlik” MFY Suv taʼminoti tarmogʻini qurish km 6 2400 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv nasos stansiyasini qurish obyekt 1 500 2021-2022-yil 3. Kanalizatsiya tarmogʻi 1. Bulungʻur tumani “Gʻoʻbdin” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 3 1800 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 2. Jomboy tumani “Nazar” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 5 3000 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv tozalash inshootini qurish obyekt 1 900 2021-2022-yil 3. Ishtixon tumani “Koʻtar?a” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 1,5 900 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv tozalash inshootini qurish obyekt 1 900 2021-2022-yil 4. Kattaqoʻrgʻon shahri “Islom Shoir” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 2 1200 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 5. Kattaqoʻrgʻon tumani “Yakkabogʻ” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 3 1800 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv tozalash inshootini qurish obyekt 1 900 2021-2022-yil 6. Qoʻshrabot tumani “Chorloq” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 2 1200 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 7. Narpay tumani “Guliston” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 1,5 900 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv tozalash inshootini qurish obyekt 1 900 2022-yil 8. Oqdaryo tumani “Daxbed” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 8 4800 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv tozalash inshootini qurish obyekt 1 900 2021-2022-yil “Chorbogʻ-2” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 5 3000 2021-2022-yil Suv tozalash inshootini qurish obyekt 1 900 2021-2022-yil 9. Payariq tumani “Navroʻz” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 1 600 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 10. Paxtachi tumani “Naxripay” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 1 600 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv tozalash inshootini qurish obyekt 1 900 2021-2022-yil 11. Samarqand tumani “Qorasuv” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 2 1200 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 12. Toyloq tumani “Xoʻjaqishloq” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 5,5 3300 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv tozalash inshootini qurish obyekt 1 4000 13. Urgut tumani “Tinchlik” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 2,5 1500 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mab?agʻlari 2021-2022-yil Suv tozalash inshootini qurish (500 m3) obyekt 1 900 “Sariqtepa”, “Dehqonobod”, “Yuqori Sanchiqul” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 5 3000 2022-yil 14. Pastdargʻom tumani “Doʻstlik” MFY Kanalizatsiya tarmogʻini qurish km 5 3000 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Suv tozalash inshootini qurish obyekt 1 900 2021-2022-yil 4. Elektr energiyasi tarmogʻi 1. Bulungʻur tumani “Gʻoʻbdin” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 0,75 72 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 630 kV quvvatli transformator qurish obyekt 1 400 2021-2022-yil 2. Jomboy tumani “Nazar” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 8 760 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 630 kV quvvatli transformator qurish obyekt 3 900 2021-2022-yil 3. Ishtixon tumani “Koʻtarma” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 2 190 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 630 kV quvvatli transformator qurish obyekt 4 640 2021-2022-yil 4. Kattaqoʻrgʻon shahri “Islom Shoir” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 2,5 237,5 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 1000 kV quvvatli transformator qurish obyekt 2 600 2021-2022-yil 5. Kattaqoʻrgʻon tumani “Yakkabogʻ” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 2,5 237,5 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 1000 kV quvvatli transformator qurish obyekt 2 600 2021-2022-yil 6. Qoʻshrabot tumani “Chorloq” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 3 285 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 630 kV quvvatli transformator qurish obyekt 1 480 2021-2022-yil 7. Narpay tumani “Guliston” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 0,7 66,5 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 630 kV quvvatli transformator qurish obyekt 1 400 2021-2022-yil 8. Oqdaryo tumani “Daxbed” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 5 475 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 1000 kV quvvatli transformator qurish obyekt 2 950 2021-2022-yil “Chorbogʻ-2” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 5 475 2021-2022-yil 1000 kV quvvatli transformator qurish obyekt 1 550 2021-2022-yil 9. Payariq tumani “Navroʻz” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 0,8 76 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 630 kV quvvatli transformator qurish obyekt 1 400 2021-2022-yil 10. Paxtachi tumani “Naxripay” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 5 475 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 1000 kV quvvatli transformator qurish obyekt 3 1350 2021-2022-yil 11. Samarqand tumani “Qorasuv” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 1,1 104,5 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 1000 kV quvvatli transformator qurish obyekt 1 800 2021-2022-yil 12. Toyloq tumani “Xoʻjaqishloq” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 7 665 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 1000 kV quvvatli transformator qurish obyekt 2 950 2021-2022-yil 13. Urgut tumani “Tinchlik” MFY Havo elektr liniyasini tortish km 2,5 237,5 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 1000 kV quvvatli transformator qurish obyekt 4 3800 2021-2022-yil “Sariqtepa”, “Dehqonobod”, “Yuqori Sanchiqul” MFY 110 kVt havo elektr liniyasini tortish km 3 5600 2021-2022-yil 125 mVa quvvatli transformator qurish obyekt 2 80000 2021-2022-yil 14. Pastdargʻom tumani “Doʻstlik” MFY 110 kVt havo elektr liniyasini tortish km 3 5600 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 10000 kVa quvvatli transformator qurish obyekt 1 8900 2021-2022-yil 5. Tabiiy gaz tarmogʻi 1. Bulungʻur tumani “Gʻoʻbdin” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 8 8400 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil “Gʻoʻbdin” MFY Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 1 165 2021-2022-yil 2. Jomboy tumani “Nazar” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 5 5250 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil “Nazar” MFY Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 3 495 2021-2022-yil 3. Ishtixon tumani “Koʻtarma” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 9,6 7200 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 1 165 2021-2022-yil 4. Kattaqoʻrgʻon shahri “Islom Shoir” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 35 36750 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 2 350 2021-2022-yil 5. Kattaqoʻrgʻon tumani “Yakkabogʻ” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 11 4070 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil 6. Qoʻshrabot tumani “Chorloq” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 0,7 735 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 1 165 2021-2022-yil 7. Narpay tumani “Guliston” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 6 6300 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 2 330 2021-2022-yil 8. Oqdaryo tumani “Daxbed” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 9,4 9 870 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 2 330 2021-2022-yil “Chorbogʻ-2” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 5 5 250 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 1 165 2021-2022-yil 9. Payariq tumani “Navroʻz” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 20 21000 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 1 165 2021-2022-yil 10. Paxtachi tumani “Naxripay” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 8 8400 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 2 350 2022-yil 11. Samarqand tumani “Qorasuv” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 1,1 1155 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish Obyekt 1 165 2021-2022-yil 12. Toyloq tumani “Xoʻjaqishloq” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 3 3150 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 2 330 2021-2022-yil 13. Urgut tumani “Tinchlik” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 28 29400 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 4 660 2021-2022-yil “Sariqtepa”, “Dehqonobod”, “Yuqori Sanchiqul” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 4 4200 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 3 495 2021-2022-yil 14. Pastdargʻom tumani “Doʻstlik” MFY Tabiiy gaz tarmogʻini qurish km 8 8400 Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlarining mablagʻlari 2021-2022-yil Sanoat kollektorini oʻrnatish obyekt 2 330 2021-2022-yil 6. Aloqa tarmogʻi 1. Bulungʻur tumani “Gʻoʻbdin” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 11 223 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 2. Jomboy tumani “Nazar” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 2,5 37 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 3. Ishtixon tumani “Koʻtarma” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 2 29,6 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 4. Kattaqoʻrgʻon shahri “Islom Shoir” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 1,5 43,4 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 5. Kattaqoʻrgʻon tumani “Yakkabogʻ” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 2,5 37 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 6. Qoʻshrabot tumani “Xonnazar” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 3 44,4 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 7. Narpay tumani “Guliston” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 2,3 53 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 8. Oqdaryo tumani “Daxbed” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 4 112 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil “Chorbogʻ-2” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 6 168 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 9. Paxtachi tumani “Naxripay” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 10 148 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 10. Samarqand tumani “Qorasuv” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 1 14,8 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 11. Toyloq tumani “Xoʻjaqishloq” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 1 28 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 12. Urgut tumani “Tinchlik” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 3 44,3 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil 13. Denov tumani “Chorgul” MFY Aloqa tarmogʻi tortish km 1 15,7 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2021-2022-yil
Izoh : Koʻrsatilgan quvvat va tarmoq uzunliklariga loyiha-smeta hujjatlariga asosan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
