Aholini dori-darmonlar bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (15-son)
08.01.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika aholisini dori-darmonlar va tibbiyot mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, shuningdek ularni chetga olib chiqib ketishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hayotiy muhim dori-darmonlar chakana narxlarining cheklangan narxlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Boshqa dori-darmonlar va tibbiyot mahsulotlariga 1993-yil 11-yanvardan boshlab shartnomaviy (erkin) ulgurji narxlarga asoslanib shakllantirilgan shartnomaviy (erkin) chakana narxlar joriy etilsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
dori-darmonlarning chakana narxlari preyskurantlarini mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq tasdiqlasin;
hayotiy muhim dori-darmonlar narxlaridagi farqni va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi dorixona muassasalarining koʻradigan zararlarini oʻz vaqtida qoplashni nazarda tutsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda import boʻyicha sotib olinadigan dori-darmonlar va tibbiyot mahsulotlariga mablagʻ ajratish tartibini belgilasin va bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisini dorivor vositalar va tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlar bilan taʼminlashning kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 7-maydagi 226-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 8-yanvar,
15-son
