Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud boʻlgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (3330-son)
02.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 2-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3330]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud boʻlgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 4-fevraldagi 38-son “Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud boʻlgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2566, 2014-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 114-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-oktabr,
31-son
Kelishildi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2021-yil 27-sentabr
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2021-yil 4-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 19-oktabrdagi 31-son buyrugʻiga ILOVA
Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud boʻlgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar roʻyxati
T/r Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud boʻlgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar Ruxsat etilmaydigan ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar Mashgʻulotlarning Xalqaro Standart Klassifikatsiyasi (MXSK-08) boʻyicha kodi 1. Davolash-profilaktika muassasalarida (tugʻruqxonalar, tugʻruq, chaqaloqlar patologiyasi va chala tugʻilgan chaqaloqlar boʻlimlarida) chaqaloqlar bilan bevosita muloqotda boʻlgan holda bajariladigan ishlar akusherka 3222 barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari 3221 barcha mutaxassislikdagi vrachlar 2212 bemorga qarash boʻyicha kichik tibbiyot hamshira 5321 sanitarkalar 5321 bolalar taomlari va parhez taomlari oshpazi 5120 bufetchi 5132 2. Bolalarga xizmat koʻrsatishi mumkin boʻlgan barcha davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan bolalarga moʻljallangan sogʻlomlashtirish, jismoniy rivojlantirish, sihatgoh va reabilitatsiya maskanlarida, profilaktoriyalarda bolalar bilan bevosita muloqotda boʻlgan holda bajariladigan ishlar tarbiyachilar 2342 barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari 3221 barcha mutaxassislikdagi vrachlar 2212 bemorga qarash boʻyicha kichik tibbiyot hamshira 5321 sanitarkalar 5321 bolalar taomlari va parhez taomlari oshpazi 5120 bufetchi 5132 3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va bolalar uylarida bolalar bilan bevosita muloqotda boʻlgan holda bajariladigan ishlar tarbiyachilar 2342 barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari 3221 barcha mutaxassislikdagi vrachlar 2212 bemorga qarash boʻyicha kichik tibbiyot hamshira 5321 sanitarkalar 5321 bolalar taomlari va parhez taomlari oshpazi 5120 bufetchi 5132 4. Maktabgacha yoshdagi bolalarga xizmat koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼlim va sport muassasalarida, shuningdek ushbu maqsadlarda tashkil etilgan toʻgaraklarda bolalar bilan bevosita muloqotda boʻlgan holda bajariladigan ishlar tarbiyachilar 2342 barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari 3221 barcha mutaxassislikdagi vrachlar 2212 bemorga qarash boʻyicha kichik tibbiyot hamshira 5321 sanitarkalar 5321 bolalar taomlari va parhez taomlari oshpazi 5120 bufetchi 5132 toʻgarak rahbari 2359 oʻqituvchilar 2351 logoped 2352 oʻqituvchi-logoped 2352
Izoh: mazkur Roʻyxatda nazarda tutilgan ishlarda ishlovchi shaxslar, belgilangan muddatlarda majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart boʻlib, ular tibbiy koʻrik natijalariga koʻra sil kasalligiga chalinmagan deb topilgan taqdirdagina, bunday ishlarga qoʻyiladi.
Mazkur Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
