“Avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (187-son)
15.10.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 1-noyabrda hisobga olindi, hisob raqami 49]
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 3.06.03-08 “Avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Adliya vazirligida hisobga olingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-oktabr,
187-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining 2021-yil 15-oktabrdagi 187-son buyrugʻiga ILOVA
ShNQ 3.06.03-08 “Avtomobil yoʻllari” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
1. 1.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.1. Ushbu qoidalar umumiy foydalanishdagi, xoʻjalik avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari (ichki yoʻllar)ni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishda qoʻllaniladi, bundan korxonalarning sinov yoʻllari va vaqtinchalik yoʻllar mustasno”.
2. 7.2-banddagi “1,3 — 1,5 boʻlishi mumkin” degan soʻzlar “800 dan kam boʻlganda 1,3 — 1,5 qabul qilinishi va namuna zichlash natijalariga qarab uning miqdoriga aniqlik kiritilishi lozim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 7.9.1-band bilan toʻldirilsin:
“7.9.1. Ichki xoʻjalik yoʻllarining qoplamalarini qurishda shagʻal-qum va chaqiqtosh-shagʻal- qum aralashmalaridan foydalanishga ruxsat etiladi:
Bunda, aralashmalar tarkibida changsimon va loysimon zarrachalar miqdori koʻpi bilan 15% ni va qum miqdori kamida 30% ni tashkil etishi lozim.”.
4. 10.8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10.8. Bitumlarni qizdirilgan holatda koʻpi bilan 5 soat saqlash mumkin.”.
5. 10.12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10.12. Mineral kukun sovuq holatda toʻgʻri aralashtirgichga yuborilganda, qolgan materiallar haroratini hisobini olish lozim.”.
6. 10.14-banddan “Aralashtirish vaqti 10.2-jadvalda berilgan.” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7. 10.15-banddagi “bitum markasiga qarab 10.3-jadvalda keltirilgan koʻrsatkichlarga muvofiq kelishi kerak” degan soʻzlar “qorishmaga qoʻyilgan standart talablari asosida boʻlishi lozim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 10.46-banddan “(10.5- jadval)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. Jadval 10.5 chiqarib tashlansin.
10. 10.92-bandda:
uchinchi xatboshidagi “oddiy mashinalar qoʻllanilganda ±5% dan” degan soʻzlar “avtomatik kuzatuvchi tizimli mashinalar qoʻllanilganda ±5 mm, oddiy mashinalar qoʻllanilganda ±10 nim dan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ — qoplamalarga issiq qorishmalar yotqizilgandan 10 sutka oʻtgandan soʻng qatlamlarning zichlik koeffitsiyenti:
ostki qatlamniki — 0,98 dan;
yuqori qatlamniki — 0,99 dan;
yoʻllarning V, G va D turlari uchun — 0,98 dan;
shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari (ichki yoʻllar) qoplamalari uchun 0,96 dan kam boʻlmasligi kerak.”
11. “V ilovaning “Qurilish-montaj ishlari sifatini baholashda oʻlchamlar va ularni baholash shartlari” jadvali quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Konstruktiv boʻlak, ish turi va nazorat oʻlchamlari Baholash shartlari “yaxshi” “aʼlo” 2.8. Asfaltbeton qorishmalarini zichlanganlik koeffitsiyenti 2.8.1 I, II, III toifali avtomobil yoʻllari va aholi punktlari koʻchalarining yuqori qatlamiga yotqizilgan A, B turdagi zich va oʻta zich qorishmalar uchun Aniqlash natijalarining 20% dan koʻp boʻlmagan oʻlchovda zichlanganlik koeffitsiyenti kamida 0,98, qolganlarida 0,99 va undan ortiq boʻlishi lozim. Aniqlash natijalarining 10% dan koʻp boʻlmagan oʻlchovda zichlanganlik koeffitsiyenti kamida 0,98, qolganlarida 0,99 va undan ortiq boʻlishi lozim. 2.8.2 I, II, III toifali avtomobil yoʻllari va aholi punktlari koʻchalarining yuqori qatlamiga yotqizilgan v, g, d turdagi zich, shuningdek ostki qatlamga yotqizilgan qorishmalar uchun Aniqlash natijalarining 20% dan koʻp boʻlmagan oʻlchovda zichlanganlik koeffitsiyenti kamida 0,97, qolganlarida 0,98 va undan ortiq boʻlishi lozim. Aniqlash natijalarining 10% dan koʻp boʻlmagan oʻlchovda zichlanganlik koeffitsiyenti kamida 0,97, qolganlarida 0,98 va undan ortiq boʻlishi lozim. 2.8.3 IV toifali avtomobil yoʻllari xamda qishloq aholi punktlari koʻchalari (ichki yoʻllar)ga yotqizilgan qorishmalar uchun Aniqlash natijalarining 30% dan koʻp boʻlmagan oʻlchovda zichlanganlik koeffitsiyenti kamida 0,95, qolganlarida 0,96 va undan ortiq boʻlishi lozim. Aniqlash natijalarining 10% dan koʻp boʻlmagan oʻlchovda zichlanganlik koeffitsiyenti kamida 0,95, qolganlarida 0,96 va undan ortiq boʻlishi lozim. 2.9. Asfaltbeton qoplamalaridan olingan qirqim va kern namunalarining suv shimuvchanlik koʻrsatgichlari boʻyicha 2.9.1 I, II, III toifali avtomobil yoʻllari va koʻchalarning qoplamalari uchun Aniqlash natijalarining 20% dan koʻp boʻlmagan oʻlchovda suv shimuvchanlik koʻrsatgichi meʼyor talabidan +1% qolganlarida meʼyor talabida boʻlishi lozim. Aniqlash natijalarining 10% dan koʻp boʻlmagan oʻlchovda suv shimuvchanlik koʻrsatgichi meʼyor talabidan +1% qolganlarida meʼyor talabida boʻlishi lozim. 2.9.2 IV toifali avtomobil yoʻllari xamda qishloq aholi punktlari koʻchalari (ichki yoʻllar) qoplamalari uchun Aniqlash natijalarining 30% dan koʻp boʻlmagan oʻlchovda suv shimuvchanlik koʻrsatgichi meʼyor talabidan +3% qolganlarida meʼyor talabida boʻlishi lozim. Aniqlash natijalarining 10% dan koʻp boʻlmagan oʻlchovda suv shimuvchanlik koʻrsatgichi meʼyor talabidan +3% qolganlarida meʼyor talabida boʻlishi lozim.
