Notariat toʻgʻrisida (343-I-son) · Sana: 26.12.1996 · Amalda
Toʻlovchining turar joyidagi notarius toʻlovga taqdim etilgan chekni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chekning toʻlanmaganligini unga yozib qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank toʻlamaganligi va bu xususda chekka yozib qoʻyilganligi haqida bildirish xati yuboriladi.
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga koʻra ijro xatini yozadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-54458
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 82-modda. Chekni toʻlovga taqdim etish va chekning toʻlanmaganligini tasdiqlash Notariat toʻgʻrisida (343-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-57043/82x2 (lex.uz/docs/-54458)