Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (SQ-423-IV-son)
21.10.2021
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 21-oktabr,
SQ-423-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 21-oktabrdagi SQ-423-IV-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining
roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 8-oktabrdagi “M.B. Kilichevni Oʻzbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-269-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 12-oktabrdagi “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish hamda yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirib borish toʻgʻrisida”gi KQ-272-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 19-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan uning Kotibiyati faoliyatini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 1444-IV/KQ-274-IV-sonli Qoʻshma qarori.
