“1751-modda. Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-726-son) · Sana: 29.10.2021 · Amalda
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni buxgalteriya hisobi subyektining va (yoki) buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari tomonidan bajarmaganlik, shu jumladan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar maʼlumotlarining toʻgʻriligi hamda ishonchliligini taʼminlamaganlik, shuningdek aktivlar va majburiyatlarning inventarizatsiyasini oʻtkazmaganlik”;
5) 247-moddaning matnidagi:
“194-moddasida” degan soʻzlar “194 va 1941-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“185” raqamidan keyin “1851” raqami bilan toʻldirilsin;
6) 2481-modda birinchi qismining oʻzbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 61, 1851 (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklardan tashqari), 1941, 1951, 196 (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga tegishli qismi boʻyicha) va 2101-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi”;
7) 258-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “tibbiyot boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 287-moddaning 1-bandi “185” raqamidan keyin “1851” raqami bilan toʻldirilsin;
9) 288-moddaning uchinchi qismidagi “194, 195” raqamlari “194, 1941, 195, 1951” raqamlari bilan almashtirilsin;
10) 305-moddaning ikkinchi qismidagi “194” raqami “194, 1941” raqamlari bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 677-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda, № 2, 47-modda, № 5, 261, 267-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda, № 10, 593, 595-moddalar, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 68-moddasining toʻrtinchi qismi “Davlat xavfsizlik xizmati” degan soʻzlardan keyin “Milliy gvardiyasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
