Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan uning Kotibiyati faoliyatini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida (1444-IV-son)
19.10.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6312-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) institutining inson huquqlari boʻyicha mustaqil milliy institut sifatidagi ahamiyatini yanada mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash borasida hududlardagi ishtirokini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati tuzilmasida doimiy asosda ishlovchi 14 ta shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari (bundan buyon matnda Mintaqaviy vakillar deb yuritiladi) lavozimlari joriy etilsin.
2. Mintaqaviy vakillar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati xodimlari hisoblanadi hamda ularga Kotibiyat xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari tatbiq etiladi.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Kotibiyatining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Kotibiyatining shtatlar jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) (bundan buyon matnda Vakil deb yuritiladi), uning oʻrinbosari va Vakil Kotibiyatining xodimlari uchun oldingi ish joyida berilgan koʻp yillik xizmatlari uchun qoʻshimcha haq va ustamalar, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik daraja va boshqalar) saqlanib qoladi;
Vakilning, uning oʻrinbosarining va Vakil Kotibiyati xodimlarining Vakil Kotibiyatidagi ish vaqti navbatdagi harbiy hamda maxsus unvonlar berish uchun ish stajiga kiritiladi va ular boʻyicha, shu jumladan koʻp yillik xizmatlar uchun ustamalar hisoblanadi hamda toʻlanadi;
Vakilga, uning oʻrinbosariga hamda Vakil Kotibiyatining oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan maxsus unvonlar — martaba darajalari beriladi hamda martaba darajalari uchun ustama haq toʻlanadi;
Vakilga, uning oʻrinbosariga hamda Vakil Kotibiyatining oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari Vakilning va Adliya vazirligining qoʻshma qarorida belgilangan tartibda beriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vakil, uning oʻrinbosari va Vakil Kotibiyatining xodimlari uchun tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan, Mintaqaviy vakillar uchun 2022-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi olti oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 578-F-sonli farmoyishi bilan Vakil Kotibiyatiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berilgan Toshkent shahar Yashnobod tumani Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 69-uy manzilida joylashgan qurilishi tugallanmagan binoni toʻliq foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
8. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-oktabr,
1444-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 19-oktabr,
KQ-274-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 19-oktabrda qabul qilingan 1444-IV/KQ-274-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Devonining
TASHKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)Ish yurituvchi kotib1Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) oʻrinbosariOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Devonining rahbariMurojaatlar bilan ishlash boʻlimi6Qiynoqqa solish hollarining oldini olish boʻlimi5Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha Ombudsmanning maslahatchisi1Bosh hisobchi1Inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha monitoring va huquqiy tahlil sektori2Devonxona va kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis1Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sektori2Xoʻjalik xizmati4,5Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy targʻibot sektori2Kichik tipografiya1Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari28
Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 30 nafar
Texnik xodimlarning soni — 23 nafar
Yordamchi xodimlarning soni — 4,5 nafar
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 19-oktabrda qabul qilingan 1444-IV/KQ-274-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning Devonining
SHTATLAR JADVALI
Lavozimlarning nomlanishiShtat birliklari soniYagona tarif setkasi boʻyicha razryadOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)118Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) oʻrinbosari117Ombudsman DevoniOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Devonining rahbari118Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha Ombudsmanning maslahatchisi117Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi6Boʻlim boshligʻi117Bosh maslahatchi116Mutaxassis413Qiynoqqa solish hollarining oldini olish boʻlimi5Boʻlim boshligʻi117Bosh maslahatchi216Mutaxassis213Inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha monitoring va huquqiy tahlil sektori2Sektor mudiri117-3%Bosh maslahatchi116Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sektori2Sektor mudiri117-3%Yetakchi maslahatchi115Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy targʻibot sektori2Sektor mudiri117-3%Mutaxassis113Bosh hisobchi117Devonxona va kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis116Ish yurituvchi kotib110Kichik tipografiya1Mutaxassis113Xoʻjalik xizmati4,5Xoʻjalik mudiri110Xizmat xonalari farroshi34Hovli supuruvchi0,54Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari28Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari1415Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillarining mutaxassislari1413Jami57,5
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 19-oktabrdagi 1444-IV/KQ-274-IV-sonli qoʻshma qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 875-I/554-I-sonli Qoʻshma qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 531-modda; 2018-yil, № 12, 889-modda; 2020-yil, № 3, 252-modda) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat koʻrsatish va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitasi raisiga, Vakilning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati xodimlariga tatbiq etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga):
belgilangan mehnatga haq toʻlash fondidan tejab qolingan mablagʻlarni, shuningdek tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan birliklar toʻldirilmaganda boʻshab qolgan mablagʻlarni Kotibiyat xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun ishlatish;
zarur hollarda, Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasiga va shtat jadvaliga belgilangan xodimlarning cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2738-III/KQ-594-III-sonli Qoʻshma qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 9, 665-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 20-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi senatorlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 584-IV/KQ-158-IV-sonli Qoʻshma qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), uning oʻrinbosarlari va Kotibiyati xodimlariga hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
