Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish hamda yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirib borish toʻgʻrisida (KQ-272-IV-son)
12.10.2021
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish, ularni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, parlament hayotiga daxldorligini oshirish hamda yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirib borish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga Yoshlar parlamenti vakillari maktablarini tashkil qilish hamda uning aʼzolarini deputatlarga biriktirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
2. Quyidagilar:
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida tashkil etiladigan Yoshlar parlamenti vakillari maktabi toʻgʻrisidagi namunaviy Nizom 1-ilovaga;
Yoshlar parlamenti vakillari maktabi aʼzolarining namunaviy oʻquv rejasi 2-ilovaga;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan tavsiya etilgan yosh, fidoyi va shijoatli yoshlarni Oliy Majlis Senati aʼzolariga biriktirish roʻyxati 3-ilovaga;
Oliy Majlis Senati aʼzolari hamda ularga biriktirilgan yoshlarning oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib borishiga doir tavsiyalar 4-ilovaga;
faol va tashabbuskor yoshlardan shakllantirilgan yangi avlod zaxira kadrlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yoshlar parlamenti vakillari maktablarini tashkil etish jarayonlarini muvofiqlashtirib borish hamda nazorat qilish Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi va Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bir oy muddatda Yoshlar parlamenti vakillari maktabiga aʼzolikka nomzodlarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasiga kiritish choralarini koʻrsin. Bunda aʼzolikka nomzodlarni maxsus ishlab chiqilgan mezonlar asosida saralashni taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan yangi avlod zaxira kadrlari rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida tavsiya etilishini taʼminlasin va bu borada olib borilayotgan amaliy ishlar toʻgʻrisida har yili Senatga axborot kiritib borsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Yoshlar parlamenti vakillari maktabi aʼzolari uchun xona ajratilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati Yoshlar parlamenti vakillari maktablarini tashkil etish jarayonlari ommaviy axborot vositalari va Senatning rasmiy veb-saytida muntazam yoritilishini taʼminlasin.
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi B. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 12-oktabr,
KQ-272-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 12-oktabrdagi KQ-272-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida tashkil etiladigan Yoshlar parlamenti vakillari maktabi toʻgʻrisidagi namunaviy
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xalq deputatlari mahalliy Kengashlari Yoshlar parlamenti vakillari maktabining maqsad va vazifalarini, uning tashkil etilishi tartibini hamda faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
2. Yoshlar parlamenti vakillari maktabi (keyingi oʻrinlarda — vakillar maktabi) oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashining, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
3. Vakillar maktabi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori asosida tashkil etiladigan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan jamoatchilik asosida tuziladigan maslahat organi hisoblanadi.
4. Vakolat muddati tugagach vakillar maktabi aʼzolari vakillar maktabining yangi tarkibi shakllangunga qadar faoliyat yuritib turadilar. Vakillar maktabi aʼzolari jamoatchilik asosida faoliyat yuritishi belgilanganligi sababli daxlsizlik huquqidan foydalana olmaydilar.
2-bob. Yoshlar parlamenti vakillari maktabining maqsad va vazifalari
5. Vakillar maktablarining asosiy maqsadi hududlarda yoshlarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi oʻrni va taʼsirini amalda taʼminlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, jamiyatda yoshlarni siyosiy faol qatlamga aylantirish hamda ularning siyosiy-huquqiy bilim va koʻnikmalarini boyitish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb qilish va ularning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, qolaversa parlament hayotiga daxldorligini oshirishdan iborat.
6. Vakillar maktabi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari va doimiy komissiyalar majlislarida yoshlar vakillarining ishtirokini taʼminlash, ularni normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayoni, parlament nazorati bilan yaqindan tanishtirish;
hududlarda yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlar, hududiy davlat dasturlariga takliflar ishlab chiqish;
yoshlarda vakillik organi faoliyatiga oid koʻnikmalarni shakllantirish;
yoshlarga oid masalalar va muammolar yuzasidan oʻrganishlar olib borish va natijasi yuzasidan tegishli takliflarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalar bilan ishlash;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda uning samaradorligini taʼminlash boʻyicha dolzarb va aniq yoʻnalishlarni belgilash maqsadida muhokamalar oʻtkazish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va yoshlar hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan zamonaviy yoʻnalishlarni belgilash va samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
yoshlarning, ayniqsa, ish bilan band boʻlmagan yoshlarning ishbilarmonlik koʻnikmalarini rivojlantirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarishda yoshlar ishtirokini oshirish;
yoshlarning tibbiy va ekologik madaniyatini yuksaltirishga, ular oʻrtasida kitobxonlikni rivojlantirishga, ularning intellektual, maʼnaviy-axloqiy, estetik, badiiy dunyoqarashini kengaytirishga koʻmaklashish;
yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarda faol ishtirok etish;
qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotining dolzarb muammolarini yoshlar ishtirokida muhokama qilish va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash;
yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishda vakillik organlari bilan hamkorlik qilish;
yoshlarning parlament faoliyati boʻyicha xabardorligini oshirish.
3-bob. Yoshlar parlamenti vakillari maktabi tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish
7. Vakillar maktabi aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi turli yoʻnalishlarda faoliyat olib borayotgan tashabbuskor, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega 18 — 30 yoshdagilar orasidan gender tenglikni taʼminlagan holda shakllantiriladi. Bunda vakillar maktabi aʼzolari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida 30 nafar etib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida tuzilgan vakillar maktabi aʼzolari orasidan 3 nafardan saralab olgan holda shakllantiriladi.
Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasiga vakillar maktabi aʼzoligiga qabul qilinishi uchun nomzodlarni tavsiya etadi. Doimiy komissiyalar nomzodlar orasidan 30 nafarini saralab olib, tasdiqlash uchun Kengash muhokamasiga kiritadi.
8. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari bir vaqtning oʻzida vakillik maktablarining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida vakillar maktabini tashkil etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tavsiyasi asosida tegishli qaror qabul qilish bilan amalga oshiriladi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari vakillar maktabi esa ushbu Kengashlarning tegishli qarori bilan tashkil etiladi.
10. Vakillar maktabini boshqaruvchilar raislar deb yuritiladi. Vakillar maktabi raisi 30 yoshdan katta boʻlmagan, huquqiy va siyosiy bilimga ega, tashabbuskor va malakali boʻlishi talab etiladi.
Rais vakillar maktabining birinchi tashkiliy yigʻilishida aʼzolar tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Raislikka nomzodlar xalq deputatlari mahalliy Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi tomonidan koʻrsatiladi.
11. Yoshlar parlamenti vakillari maktabi faoliyatini davriy matbuot va Internet ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish uchun aʼzolardan biriga matbuot kotibi vazifasi yuklatilishi mumkin.
12. Vakillik maktablari quyidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlarda faoliyat olib boradi:
yoshlarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan doimiy hamkorligini yoʻlga qoʻyish;
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
yoshlar muammolari bilan ishlash va ularning murojaatlari yuzasidan oʻrganishlar tashkil etish;
nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish;
yoshlarni ishga joylashtirish va ularning tadbirkorligini rivojlantirish jarayonlarini nazorat qilib borish;
hududlarda beshta muhim tashabbusni amaliyotga keng joriy qilishda faol ishtirok etish;
hududlarda iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni aniqlash va ularni ragʻbatlantirib borish boʻyicha tashabbuslar koʻrsatish.
13. Vakillar maktabi aʼzolarining vakolat muddati xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakolat muddatiga teng.
14. Vakillar maktabi aʼzolarining majlisi uning rahbar organi hisoblanadi.
15. Vakillar maktabi tomonidan qabul qilingan hujjatlar tavsiyaviy xususiyatga ega boʻladi.
16. Vakillar maktabi aʼzolarining faoliyati xalq deputatlari Kengashlari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
17. Vakillar maktabi faoliyati uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyati xonasidan joy ajratiladi.
18. Vakillar maktabi majlislarini oʻtkazish uchun Yoshlar ishlari agentligi hududiy boʻlimlari binosidan foydalaniladi.
19. Vakillar maktabi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirib borishga xalq deputatlari mahalliy Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari masʼul hisoblanadi.
4-bob. Yoshlar parlamenti vakillari maktabi faoliyatini yuritish tartibi
20. Vakillar maktabi aʼzolarining majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Vakillar maktabi aʼzolarining majlislari vakillar maktabi raisi tomonidan chaqiriladi.
Zarur hollarda Vakillar maktabi majlislari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin.
21. Vakillar maktabi aʼzolarining majlisi oʻtkazilishidan kamida yetti kun avval bu haqda vakillar maktabining har bir aʼzosi xabardor qilinishi shart. Xabarnomada vakillar maktabi aʼzolarining majlisi oʻtkaziladigan vaqt va joy, shuningdek, taklif qilinayotgan kun tartibi koʻrsatilishi kerak.
22. Vakillar maktabi aʼzolari majlislarining qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
23. Vakillar maktabi tadbirlari ochiqlik va oshkoralik asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
24. Vakillar maktabi aʼzolari majlisining bayonnomasi vakillar maktabi majlisida saylanadigan Kotib tomonidan yuritiladi.
5-bob. Yoshlar parlamenti vakillar maktabi raisi va uning kotibi vazifalari
25. Vakillar maktabi raisi oʻz vazifalarini bajarishi davrida doimiy ish faoliyatidan ajratilmagan holda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
oʻz vakolatiga koʻra yoshlarga oid masalalar boʻyicha koʻrib chiqilishi uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasiga takliflar kiritadi;
vakillar maktabi aʼzolari majlisini chaqiradi, ularga raislik qiladi;
vakillar maktabiga kiritiladigan yoshlarga oid masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
vakillar maktabi aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va ularga vazifalarni taqsimlaydi;
ushbu Nizomda koʻrsatilgan, qonun bilan taqiqlanmagan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
26. Vakillar maktabi kotibi:
vakillar maktabi aʼzolarining majlisida qabul qilingan takliflar hamda majlislar bayonnomalarini yuritadi;
tuzilgan bayonnomalarni imzolash uchun raisga taqdim etadi hamda devonxona hujjat ishlarini yuritishni tashkil etadi;
majlis bayonnomalari ijrosini monitoring qilib boradi;
yoshlar tomonidan yuborilgan murojaatlarni qayd etib boradi va ular toʻgʻrisida raisga axborot kiritadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Ushbu Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoki Yoshlar parlamenti vakillar maktabi faoliyatini toʻxtatib turish yoxud tugatish xalq deputatlari Kengashlarining tegishli qarori bilan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 12-oktabrdagi KQ-272-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yoshlar parlamenti vakillari maktabi aʼzolarining namunaviy oʻquv
REJASI
T/r Maʼruza mavzusi Oʻquv vaqti Masʼul 1. Oliy Majlis Senati faoliyatining huquqiy asoslari hamda tarkibini shakllantirish tartibi bir soat Senat aʼzosi 2. Senat Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalarini tashkil etish tartibi, ularning vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishining mazmun-mohiyati bir soat Senat aʼzosi 3. Senat tomonidan qonunlarni koʻrib chiqish, maʼqullash yoki rad etish tartibi 45 daqiqa Senat aʼzosi 4. Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining maqsad va vazifasi, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda unga aʼzo boʻlish tartibi 45 daqiqa Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi 5. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining huquqiy asoslari, maqsad va vazifalari bir soat Xalq deputatlari mahalliy Kengashi kotibiyati mudiri 6. Qonun loyihalarini tayyorlash jarayonlari hamda qonunchilik tashabbusiga ega davlat boshqaruv organlari vakolatlari bir soat Senat aʼzosi 7. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarini chaqirish va kun tartibidagi masalalarni muhokama etish hamda tegishli hujjatlar qabul qilish tartibi 45 daqiqa Xalq deputatlari mahalliy Kengashi kotibiyati mudiri 8. Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting tizimining mazmun-mohiyati bir soat Xalq deputatlari mahalliy Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi 9. Oʻzbekistonda yoshlar masalalari bilan shugʻullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning vakolatlari 45 daqiqa 10. Oʻzbekistonda xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha olib borilayotgan ishlar tahlili bir soat 11. Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishning dolzarb masalalari bir soat 12. Deputatlik odobi va deputat faoliyati kafolatlarining mazmun-mohiyati bir soat Senat aʼzosi 13. Davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga takliflar tayyorlash tartibi 45 daqiqa Xalq deputatlari mahalliy Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi 14. Mahalliy budjetni shakllantirish va tasarruf etish jarayonlari 15. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish va unda loyihalarni amalga oshirish tartibi bir soat 16. Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalari bir soat 17. Qonunlarni hududlar manfaatidan kelib chiqqan holda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama etish, qonun loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlash va uni vakolatli organga taqdim etish tartibi bir soat Xalq deputatlari mahalliy Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi 18. Deputat maqomi hamda uning huquq va majburiyatlari 45 daqiqa 19. Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari bir soat 20. Taʼlim sohasida soʻngi 5 yil davomida amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati bir soat Xalq deputatlari mahalliy Kengashining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat,sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi 21. Yoshlar sogʻligʻini saqlash va ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning mazmun-mohiyati 45 minut 22. Madaniyat sohasida olib borilayotgan islohotlar va uning ijobiy natijalari bir soat 23. Yoshlarni sportga keng jalb qilishda yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar bir soat 24. Yoshlarni ijtimoiy himoyalash va yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi 45 minut 25. Nogironligi bor, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati bir soat 26. Hududlarda sanoat zonalarini tashkil etishning huquqiy asoslari 45 daqiqa Xalq deputatlari mahalliy Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi 27. Transport va qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili bir soat 28. Kommunal sohasidagi oʻzgarishlar va aholiga xizmat koʻrsatishning huquqiy asoslari bir soat 29. Ishsiz yoshlarga dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun yer maydonlari ajratish tartibi bir soat Xalq deputatlari mahalliy Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi 30. Suv xoʻjaligi faoliyati va suvdan unumli foydalanishning oʻziga xos jihatlari 45 daqiqa 31. Ekologiya sohasida olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar 45 daqiqa 32. Oʻzbekistonda soʻngi besh yilda axborot siyosatidagi oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati bir soat Xalq deputatlari mahalliy Kengashining Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi 33. Mahalliy davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar tahlili bir soat 34. Xalq deputatlari mahalliy Kengashining Reglamenti haqida bir soat Xalq deputatlari mahalliy Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi 35. Deputatlik odobi tushunchasi va uning mazmun-mohiyati 45 daqiqa 36. Parlament nazorati olib borilishining tartib-taomillari 45 daqiqa Senat aʼzosi 37. Senatorlik va deputatlik soʻrovlarini tayyorlash va yuborish tartibi hamda olingan javobni muhokama qilish tartibi bir soat Senat aʼzosi, xalq deputatlari mahalliy Kengash deputati 38. Saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, sayyor qabullar uyushtirish va ularning muammolarini oʻrganish yoʻllari 45 daqiqa Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputati 39. Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yolgʻon xabarlarga zudlik bilan munosabat bildirish usullari 45 daqiqa Xalq deputatlari mahalliy Kengashi kotibiyati mudiri, mahalliy hokimlik axborot xizmati rahbari 40. Yoshlar muammolarini hal etish va ularning murojaatlari yuzasidan choralar koʻrish samaradorligi bir soat Xalq qabulxonasi rahbari 41. Parlament va mahalliy Kengashlarning yoshlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish mexanizmi bir soat Senat aʼzosi, xalq deputatlari mahalliy Kengashi kotibiyati mudiri
* Izoh: Mazkur namunaviy oʻquv rejasining maʼruza mavzusi hamda oʻquv vaqtiga oʻrnatilgan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 12-oktabrdagi KQ-272-IV-sonli qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolariga Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolarini biriktirish
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Kamalov Murat Kallibekovich Seytekov Gʻayratdin Alimbay oʻgʻli 2. Matmuratov Botir Djoldasovich Baltamuratov Aydos Berdaxovich 3. Annaklicheva Gulistan Axmedova Alipov Baxtiyar Abdullayevich 4. Ataniyazova Oral Aminovna Roʻzimova Ozoda Rustamovna 5. Daniyarov Abatbay Saparbayevich Kutlimuratova Artiqovich 6. Jalmenov Ulibek Abilayevich Jamiyev Islam Ongarbayevich Andijon viloyati 7. Abduraxmanov Shuxratbek Kushaqbayevich Yusubjonov Abbosbek Yunusali oʻgʻli 8. Alimov Ravshanbek Azadbekovich Xakimov Davronbek Raxmonjon oʻgʻli 9. Ganiyeva Matluba Maxamajanovna Abduqahharov Avazbek Muhammadjon oʻgʻli 10. Iminov Odiljon Karimovich Abobakirov Omanillo Xusanboy oʻgʻli 11. Madumarov Tolibjon Abdumalikovich Otaxonov Sardorbek Odiljon oʻgʻli 12. Gʻaniyev Akrom Toʻlqinovich Sodiqov Navroʻzbek Mamanosir oʻgʻli Buxoro viloyati 13. Gadoyev Erkin Fayziyevich Ochilov Bobomurod Orifovich 14. Zaripov Botir Karimberdiyev Maʼruf Neʼmatillo oʻgʻli 15. Choʻlliyev Shuxrat Askarovich Ibroximov Eldor Ismoil oʻgʻli 16. Achilov Nurmuxamed Nurullayevich Abdullayeva Mohinur Ilhomjonovna 17. Raxmatov Murtaza Axmedovich Joʻrayeva Nozigul Boʻronovna 18. Xuseyinova Abira Amanovna Burxanova Sabina Faxritdinovna Jizzax viloyati 19. Saliyev Ergash Alibekovich Neʼmatov Oʻtkir Abror oʻgʻli 20. Siddiqov Riskul Ergashboyevich Qorjonov Beknazar Boynazar oʻgʻli 21. Suyarova Sanobar Zarfullayevna Boʻranova Umida Olim qizi 22. Alimova Xalida Raufovna Joʻrayev Toʻlqin Anorqul oʻgʻli, 23. Muxtorova Nazira Abudsattarovna Oʻrozaliyev Javlonbek Oʻrinboyevich 24. Pardayev Nusuratulla Otaqulov Mirafzal Mirtazaqul oʻgʻli Navoiy viloyati 25. Tursunov Kobul Beknazarovich Yuldoshev Sardor Yahyoqulovich 26. Fayziyev Ulugbek Ganiyevich Vafoyev Vohidjon Shafoyevich 27. Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich Sadriyeva Sarvinoz Botir qizi 28. Sharipov Baxodir Mavlonovich Saidov Obidjon Odil oʻgʻli 29. Orziyeva Dilbar Adizovna Gʻafforov Sardor Abdiqodirovich 30. Tulekova Ziba Tolibekovna Savurov Behzod Alijon oʻgʻli Namangan viloyati 31. Abdurazzakov Shavkat Shokirjonovich Toshmatov Azizbek Asqarali oʻgʻli 32. Abdullaxonov Nosirbek Abdurashitovich Raxmonov Sardorjon Sodiqjonovich 33. Dobrix Anna Konstantinovna Barataliyeva Jamila Obidjon qizi 34. Najmiddinov Ikromxon Xoshimxonovich Xasanova Yulduzxon Dilmurod qizi 35. Parpiyev Maxmud Mamatovich Murodillayev Sarvarbek Javlonbek oʻgʻli 36. Umarov Baxtiyor Ganiyevich Baxridinov Aʼzamjon Ziyoviddin oʻgʻli Samarkand viloyati 37. Turdimov Erkinjon Oqbutayevich Djurakulov Shoxrux Davronovich 38. Toshev Farmon Isxakovich Safarov Ilyos Ixtiyorovich 39. Xalmuradov Rustam Ibragimovich Alibekov Shoxrux Jumaniyozovich 40. Alimova Gavxar Zayirovna Nosirova Maxliyo Osrarevna 41. Djalolov Shavkat Amonovich Axmedov Shaxzod Farxod oʻgʻli 42. Vakant Kazakov Abror Ilxom oʻgʻli Sirdaryo viloyati 43. Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich Sanginov Jurabek Marufjonovich 44. Artukbayeva Xaytxon Beknazarov Istad Botur oʻgʻli 45. Boqiyev Farxod Esanovich Tashkulov Sirojiddin Akbarqul oʻgʻli 46. Uralova Dilfuza Djumanovna Xudoyberdiyeva Nargiza Ravshanbek qizi 47. Sotiboldiyev Ulugʻbek Norxojayevich Mirzaaxmedov Shaxzod Azimjon oʻgʻli 48. Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich Aliyev Akram Shodmonqulovich Surxondaryo viloyati 49. Bobolov Toʻra Abdiyevich Saidov Shoxjaxon Abdugʻaniyevich 50. Kadirov Baxadir Tuxtayevich Baratov Muxriddin Zokirovich 51. Boʻtayeva Baxtigul Abraxmatovna Kassirova Dilnoza Xusan qizi 52. Sanginov Abdugʻani Abdurahmonovich Turobova Shaxnoza Maxammadjonovna 53. Soatov Arzikul Chorshanbiyevich Voxidova Barno Primqulovna 54. Vakant Xurramov Asliddin Baxramovich Toshkent viloyati 55. Toirov Mahmudjon Oʻtkirov Mahmudbek Bahodir oʻgʻli 56. Xidoyatov Davron Abdulpattaxovich Ashurova Moxidil Ulugʻbek qizi 57. Burxanov Kutbidin Nukritdinovich Nizomitdinov Muxsiddin Muhiddin oʻgʻli 58. Xursanov Abdullo Xalmuradovich Yarbekov Sultonbek Orifjon oʻgʻli 59. Kadirxanova Malika Akbarovna Rahmonova Nodirabegim Nuʼmon qizi 60. Vakant Yoʻldashboyev Boburjon Dilshodjon oʻgʻli Fargʻona viloyati 61. Bozorov Xayrulla Xaitboyevich Mirzayev Fayzullojon Sayfullo oʻgʻli 62. Murotova Lola Neʼmatovna Tavakalov Abduvoxob Axmadjon oʻgʻli 63. Salimova Manzura Alimovna Abdurahmonov Azamat Shuhratovich 64. Sidikova Enaxon Abduraximovna Saksanova Sarvinoz Zuxriddin qizi 65. Sultanov Ibroxim Ashiraliyevich Atabayev Xusniddin Raxmidin 66. Vakant Islambekov Sherzod Anvarovich Xorazm viloyati 67. Ermanov Farxod Urazboyevich Saburov Omonboy Raximovich Axmedova Nilufar Ilhomboy qizi 68. Tajiyev Baxadir Sadullayevich Masharipov Jalilbek Ibraximovich 69. Sadullayeva Faraxat Aminovna Qoʻchqorov Kuranboy Xasanboyevich 70. Kurbanov Ravshanbek Davletovich Kuchkarov Maxsudjon Bazarbayevich 71. Durdiyeva Gavhar Salayevna Sheniyazov Zafar Sultonbayevich 72. Sharipov Umarbek Kuranbayevich Karimova Rayxon Gʻayratovna Qashqadaryo viloyati 73. Mirzayev Zoyir Toirovich Furqatova Sitora Furqatovna 74. Fozilov Xurshid Gʻayratovich Yusupov Shuxrat Komil oʻgʻli 75. Irkayev Abduraxim Pandjiyevich Qurbonov Manguberdi Odilovich 76. Kurbonov Ilxam Uzakovich Muxtorov Shoxrux Burxonjonovich Shomurodov Oybek Ikrom oʻgʻli 77. Shamsiyev Shermat Joʻraqulovich Yoʻldoshev Rustambek Akbar oʻgʻli 78. Vakant Xolmirzayev Xurshid Xolmuminovich Toshkent shahri 79. Narbayeva Tanzila Kamolovna Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilhom qizi 80. Artikxodjayev Jaxongir Abidovich Djalilov Bexzod Sherzadovich 81. Tashmuxamedova Diloram Gafurdjanovna Tuxtamurodov Bexzod Toir oʻgʻli 82. Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich Yaxiyayev Bobir Mirkodir oʻgʻli 83. Kalanov Rustam Abduxakimovich Oʻrinov Jaxongir Alisher oʻgʻli 84. Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli Fazilov Xurshidbek Ravshanovich Prezident Farmoni bilan tayinlanganlar 85. Ayupov Shavkat Abdullayevich Yariqulov Sherzod Shokirovich 86. Sanakulov Kuvondik Sharopov Shohrux Shavkatovich 87. Safoyev Sodiqjon Solixovich Ibragimov Umidali Mirzoaliyevich 88. Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich Sagdullayeva Dildora Sayfulla q�zi 89. Yuldashev Bexzod Sadikovich Kamolova Azizaxon Shaxobiddin qizi 90. Mamatov Raxmat Toshnazarovich Ortikxodjayeva Komila Jaxongirovna 91. Saidov Sirojiddin Saloxovich Mamatqulov Shoxrux Kudratjon oʻgʻli 92. Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich Xolmuratov Bekzod Dilshod oʻgʻli 93. Basitxanova Elmira Irkinovna Joʻrayeva Dilrabo Dilmurodovna 94. Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli Otaqulov Humoyun Suyundik oʻgʻli 95. Rafikov Qudratilla Mirsagatovich Abdijabbarova Nazlima Abdijabbar qizi 96. Alixonov Boriy Batirovich Rixsiboyev Ibodilla Qudratilla oʻgʻli 97. Umarov Narimon Madjitovich Majidov Sharofiddin Shamsiddin oʻgʻli 98. Turdiyev Sodiqjon Maxmudova Sevara Akromovna
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 12-oktabrdagi KQ-272-IV-sonli qaroriga 4-ILOVA
Oliy Majlis Senati aʼzolari hamda ularga biriktirilgan yoshlarning oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib borishiga doir
TAVSIYALAR
Oliy Majlis Senati aʼzolariga oʻzlariga biriktirilgan yoshlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishlari uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
I. Oliy Majlis Senati va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati yuzasidan umumiy tushunchalar berish
Senat faoliyatining huquqiy asoslari hamda tarkibini shakllantirish jarayonlarini tushuntirish, xususan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish;
Senatning vakolatlarini tushuntirish va faoliyatining tashkiliy shakllari bilan tanishtirish;
Senat majlislarini chaqirish hamda tegishli hujjatlarni qabul qilish, shuningdek ushbu hujjatlarni ijroga yoʻnaltirish jarayonlari haqida maʼlumot berish;
Senat Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalarini tashkil etish tartibi, ularning vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishi haqida maʼlumot berish;
Senat tomonidan qonunlarni koʻrib chiqish, maʼqullash yoki rad etish jarayonlari bilan tanishtirish, ushbu qonunlarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilish tartibini tushuntirish;
Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining maqsad va vazifasi, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda unga aʼzo boʻlish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berish;
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining huquqiy asoslari, maqsad va vazifalari haqida tushuntirish berish, xususan, mahalliy Kengashlar toʻgʻrisidagi qonunlar mazmun-mohiyatini tushuntirish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarini chaqirish va kun tartibidagi masalalarni muhokama etish tartibini, tegishli hujjatlar qabul qilish jarayonini hamda Kengashlarning Senat bilan oʻzaro hamkorlikdagi faoliyatini tushuntirish;
deputatlikka nomzod koʻrsatish, deputat maqomi, huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish;
deputatning saylovchilar bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan olib boradigan ishlari bilan tanishtirish;
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining mazmun-mohiyatini tushuntirish;
Hukumat tarkibi shakllanishida parlamentning oʻrnini tushuntirish;
Hukumatning parlament oldidagi hisobdorligi haqida atroflicha tushunchalar berish;
davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga takliflar tayyorlash bosqichlari bilan tanishtirish;
deputatlik odobi va deputat faoliyatining asosiy kafolatlarining mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berish.
II. Qonunlarni ishlab chiqish va muhokama etish hamda targʻib qilish yuzasidan tushunchalar berish
qonun loyihalarini tayyorlash jarayonlari hamda qonunchilik tashabbusiga ega davlat boshqaruvi organlari haqida maʼlumotlar berish;
ishlab chiqilgan qonun loyihalarini dastlabki tarzda muhokama etish tartiblarini tushuntirish;
qonunlarni hududlar manfaatidan kelib chiqqan holda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama etish, qonun loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlash va uni vakolatli organga taqdim etish tartibini oʻrgatish;
qonunosti hujjatlari qabul qilinishi hamda amalda qoʻllanilishi holatini monitoring qilish toʻgʻrisida maʼlumotlar berish.
III. Parlament nazoratining olib borilishi toʻgʻrisida tushunchalar berish
Senat tomonidan parlament nazoratining olib borilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish;
parlament nazorati obyektlari va subyektlari hamda nazorat shakllari haqida maʼlumotlar berish;
davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tegishli masalalar yuzasidan axborotini eshitib borish jarayonlarini tushuntirish;
davlat dasturlari, investitsiya dasturlari haqida tushunchalar berish va ularning ijrosi ustidan parlament nazorati olib borish tartibini tushuntirish;
parlament soʻrovi hamda senatorlik va deputatlik soʻrovlari haqida umumiy tushunchalar berish;
parlament soʻrovi uchun dolzarb mavzu tanlash, uni tayyorlash hamda davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga yuborish tartibi haqida maʼlumotlar berish;
davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan parlament soʻroviga javob berish tartibi hamda berilgan javobni muhokama qilish jarayonlarini tushuntirish;
Senat aʼzosi soʻrovi va murojaatini hamda deputat soʻrovini tayyorlash, tegishliligi boʻyicha yuborish hamda soʻrovga olingan javobni koʻrib chiqish tartibi boʻyicha maʼlumotlar berish.
IV. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularning muammolarini hal etish masalalari yuzasidan tushunchalar berish
saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, sayyor qabullar uyushtirish va ularning muammolarini oʻrganish hamda muhokama etish boʻyicha tushunchalar berish;
fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va koʻrib chiqish tartibi yuzasidan maʼlumotlar berish;
har bir fuqaro murojaati yuzasidan senatorlik va deputatlik nazoratini oʻrnatish, ularni ijobiy hal etish boʻyicha choralar koʻrish borasida tushuntirish berish;
saylovchilar bilan oʻtkaziladigan targʻibot va tashviqot tadbirlarida ishtirok etish va nutq soʻzlashning oʻziga xos jihatlarini oʻrgatish.
V. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash samaradorligi haqida tushunchalar berish
senatorlik va deputatlik faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda Internet ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritib borishni oʻrgatish;
ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yolgʻon xabarlarga faol yoshlar tomonidan zudlik bilan oʻz pozitsiyasi va shaxsiy fikr-mulohazalarini ifoda etgan holda munosabat bildirishi zarurligini tushuntirish;
yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyasiz xatti-harakatlari va salbiy koʻrinishdagi chiqishlarining oldini olishga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbirlarda faol yoshlar bilan birgalikda ishtirok etish.
