Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini oldini olish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida (1104-son)
25.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida mamlakat miqyosida keng koʻlamli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
COVID-19 pandemiyasi sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish jarayonida aholi salomatligini muhofaza qilish, saylovchilar va saylov tashkilotchilari oʻrtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ni tarqalishining oldini olish boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Saylov komissiyalari va saylov tashkilotchilari xavfsiz ish sharoitini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan 2020-yil 11-mayda tasdiqlangan “COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qoʻllanishi sharoitida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik sanitariya qoida va meʼyorlari” 0372-20-son SanQvaM hamda mazkur Yoʻriqnomaga qatiy rioya etilishini taʼminlasinlar.
3. Mutasaddi davlat organlari, siyosiy partiyalar hamda boshqa tashkilotlar saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir tadbirlar ijrosini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan belgilangan karantin talablari hamda sanitariya-gigiyena va epidemiologiya qoidalariga qatʼiy rioya qilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari (X. Mamatov):
pandemiya sharoitida oʻtkaziladigan saylov jarayoniga zarur boʻladigan dezinfeksiya va himoya vositalariga boʻlgan ehtiyojlarni oʻrganishni va belgilangan tartibda saylov komissiyalariga yetkazilishini;
“Saylov komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi” asosida oʻtkazilayotgan oʻquv mashgʻulotlari doirasida saylov komissiyalari aʼzolariga pandemiya sharoitida saylovlarni oʻtkazish tartibi boʻyicha oʻquvlar tashkil qilinishini;
pandemiya sharoitida boʻlib oʻtadigan saylov jarayonlari bilan bogʻliq barcha tadbirlarni moliyalashtirish uchun budjetdan yetarli miqdorda mablagʻ ajratilishini nazoratga olsin.
5. Ushbu qaror barcha saylov komissiyalariga va siyosiy partiyalarga yetkazilsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb saytida eʼlon qilinsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Quchqarov zimmasiga yuklatilsin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-avgust,
1104-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 25-avgustdagi 1104-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini oldini olish boʻyicha
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishda saylov komissiyasi aʼzolari hamda saylov jarayoni boshqa ishtirokchilari oʻrtasida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini oldini olish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Saylov okruglari va uchastkalarida, ovoz berish xonalarida saylov komissiyasi aʼzolari, saylovchilar, kuzatuvchilar va OAV vakillari quyidagi himoya va profilaktika vositalaridan foydalanishlari talab etiladi:
haroratni oʻlchash uchun termometr, pirometr;
himoya niqobi;
bir martalik tibbiy qoʻlqop (saylov komissiyasi aʼzolari uchun);
antiseptik suyuqlik (sanitayzer).
2. Saylov jarayoni ishtirokchilari quyidagi talablarga rioya qilishi lozim:
himoya niqoblaridan foydalanishi;
qoʻl berib salomlashish yoki toʻgʻridan toʻgʻri kontaktga kirishishning boshqa shakllaridan saqlanishi;
ijtimoiy masofaga rioya qilishi.
3. Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarning kirish qismida va ovoz berish xonasida ijtimoiy masofani saqlash uchun 1,5 — 2 metr oraliq masofani belgilovchi hamda harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatuvchi chiziqlar boʻlishi lozim.
Ovoz berish binosining kirish qismida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha tavsiyalar aks etgan plakatlar joylashtiriladi.
4. Saylov komissiyalari saylov kampaniyasi uchun ajratilgan davlat budjeti mablagʻlari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mazkur Yoʻriqnoma ilovasida koʻrsatilgan miqdorda himoya va dezinfeksiya vositalari bilan taʼminlanadi.
5. Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarga kamida bir nafar tibbiyot xodimi biriktiriladi.
Tibbiyot xodimi tegishincha saylov okrugi va uchastkasi hududida sanitariya qoidalariga rioya qilinishini taʼminlaydi. Tibbiyot xodimi saylov komissiyasining ishiga aralashishi, ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlashda ishtirok etishi mumkin emas.
6. Biriktirilgan tibbiyot xodimi saylov komissiyalari binolarining kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini oʻlchaydi, antiseptik vosita bilan qoʻllarini dezinfeksiya qiladi va zaruratga koʻra himoya niqobi beradi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlarining xodimlari saylov oʻtkazilayotgan binoda Oʻzbekiston Respublikasining SanQvaMda hamda ushbu Yoʻriqnomada belgilangan COVID-19 infeksiyasi tarqalishini oldini olish va unga qarshi kurash tadbirlari amalga oshirilishini saylov komissiyalari faoliyatiga aralashmagan holda nazorat qiladi.
8. Tashrif buyuruvchilarning tana harorati 370S va undan yuqori boʻlgan taqdirda ular saylov komissiyasining binosiga kiritilmaydi.
9. Saylov okrugi hududida epidemiologik vaziyatning kunlik tahlili Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy boshqarmalari tomonidan olib boriladi. Zaruratga koʻra saylov komissiyalariga tegishli tavsiyalar berilishi mumkin.
10. Uchastka saylov komissiyalari aʼzolari ish faoliyatini amalga oshirishida shaxsiy himoya vositalari (himoya niqobi, antiseptik vositalar)dan foydalanishlari shart.
Ovoz berish kuni uchastka saylov komissiyasi aʼzolari yuzlarini himoya qilishlari uchun plastmassali niqoblardan foydalanishi tavsiya etiladi.
11. Saylovchilar va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari ovoz berish binosida ijtimoiy masofani saqlashi, himoya niqobida boʻlishi kerak.
2-bob. Saylov jarayonida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish
12. Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar va xonalarning dezinfeksiya qilinishi, shuningdek ularda epidemiyaga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taʼminlanadi.
13. Dezinfeksiya ishlari qoida tariqasida okrug va uchastka saylov komissiyalarining kundalik ish faoliyati yakunlanganidan soʻng amalga oshiriladi.
Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan kamida olti soat oldin barcha uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish binolari va xonalari dezinfeksiya qilinishi lozim.
14. Dezinfeksiya ishlari ovoz berish xonasida, binoning koridorlari, jamoatchilik foydalanadigan joylarida (hojatxona, lift, zinalar va h.k) amalga oshiriladi.
15. Dezinfeksiya ishlari Sogʻliqni saqlash vazirligining tavsiyalarini inobatga olgan holda, ular tomonidan belgilangan dezinfeksiya vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
16. Ovoz berish kuni, ovoz berish xonalarida uchastka saylov komissiyalari aʼzolari uchun yetarli miqdorda ichimlik suvi boʻlishi kerak.
Ovoz berish xonasida oziq-ovqat isteʼmol qilish taqiqlanadi.
17. Ovoz berish binosidan chiqish joyida ishlatilgan niqoblar va boshqa shaxsiy himoya vositalarini tashlash uchun idish oʻrnatilishi lozim.
18. Caylov uchastkasi “qizil” hududga toʻgʻri kelgan taqdirda komissiya aʼzolari ish faoliyati davomida majburiy foydalanishi uchun quyidagi vositalar bilan taʼminlanadi:
maxsus kombinezonlar, xalatlar;
nafas olish tizimini himoya qilish uchun — tibbiy niqob;
koʻrish aʼzolarini himoya qilish uchun — yuz uchun plastmassali niqob;
qoʻllarni himoya qilish uchun — tibbiy qoʻlqop;
qoʻl va yuz terisini dezinfeksiyalovchi vositalar, eritmalar, tarkibida xlor va spirt boʻlgan mahsulotlar.
19. Caylov uchastkasi “sariq” hududga toʻgʻri kelgan taqdirda komissiya aʼzolari ish faoliyati davomida majburiy foydalanishi uchun quyidagi vositalar bilan taʼminlanadi:
nafas olish tizimini himoya qilish uchun — tibbiy niqob;
koʻrish aʼzolarini himoya qilish uchun — yuz uchun plastmassali niqob;
qoʻllarni himoya qilish uchun — tibbiy qoʻlqop;
qoʻl va yuz terisini dezinfeksiyalovchi vositalar, eritmalar, tarkibida xlor va spirt boʻlgan mahsulotlar.
20. Shaxsiy himoya vositalari va boshqa zarur buyumlar okrug saylov komissiyalariga saylovga kamida 15 kun qolganida, uchastka saylov komissiyalariga saylovga kamida 13 kun qolganida yetkazib beriladi.
Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi qoidalariga rioya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari mutaxassislari tomonidan maxsus oʻquvlar oʻtkazilishi yoki tavsiyalar berilishi mumkin.
21. Okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolariga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishlari uchun zarur sharoit yaratiladi.
Tana harorati 370S va undan yuqori boʻlgan komissiya aʼzolari (rais, rais oʻrinbosari, kotib va boshqa aʼzolar) vaqtincha ish faoliyatidan chetlatiladi va koronavirus infeksiyasiga navbatsiz laboratoriya tekshiruvidan oʻtkaziladi. Bunda, komissiya aʼzosiga bir ish kuni ichida PZR test tahlili natijasi taqdim etilishi kerak.
Komissiya aʼzosi saylovga olti kun va undan kam vaqt qolganida koronavirus (COVID-19) infeksiyasi bilan kasallanganligi aniqlansa yoki saylov kuniga qadar koronavirus (COVID-19) infeksiyasidan tuzalmagan boʻlsa, shuningdek saylov kuni tana harorati 370S va undan yuqori boʻlgan taqdirda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasining qaroriga asosan komissiya tarkibidan chiqarilishi va yangi aʼzo (rais, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa aʼzosi) komissiya tarkibiga kiritilishi mumkin.
22. Komissiya aʼzolariga shaxsiy himoya vositalarini oʻz vaqtida va toʻliq berish uchun javobgarlik tegishli saylov komissiyasi raisiga yuklatiladi.
3-bob. Ovoz berish jarayonini tashkil qilish
23. Saylovchilarni ovoz berish joyi va vaqti haqida xabardor qilish qoʻshimcha ravishda ommaviy axborot vositalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va targʻibot materiallari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
24. Ovoz berish kuni saylov komissiyasi aʼzolari ijtimoiy masofani saqlagan holda oʻtirishi va ish faoliyati davomida himoya niqoblarini kamida 3 soatda bir marta almashtirishi kerak.
25. Saylovchi, saylov jarayonining boshqa ishtirokchisi ovoz berish binosiga kelganida uning tana harorati oʻlchanadi va qoʻliga antiseptik suyuqlik sepiladi, himoya niqobi boʻlmagan saylovchiga va saylov jarayonining boshqa ishtirokchisiga himoya niqobi beriladi, shundan soʻng u binoga kiritiladi.
26. Saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining tana harorati 370S va undan yuqori boʻlgan taqdirda ular ovoz berish xonasiga kiritilmaydi.
Bunda, tana harorati 370S va undan yuqori boʻlgan saylovchilar uchun alohida ajratilgan joylarda (binoning kirish qismi va boshqalar) ikki nafar uchastka saylov komissiyasi aʼzosi hozirligida koʻchma saylov qutilari va kabinalaridan foydalangan holda yashirin ovoz berish huquqi taʼminlanadi.
27. Saylovchi ijtimoiy masofani saqlagan holda oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatining tegishli varagʻini ochadi va komissiya aʼzosining ushbu hujjat bilan kontaktsiz tanishishiga imkon yaratadi.
Zaruratga koʻra, saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida shaxsini aniqlash maqsadida uchastka saylov komissiyasi aʼzosi saylovchiga qisqa muddatga himoya niqobini ochib yuzini koʻrsatishini soʻrashi mumkin.
Saylovchi quyidagi hollarda tibbiy qoʻlqopda boʻlishi tavsiya etiladi:
saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyishda;
saylov byulletenini olishda;
yashirin ovoz berish kabinasi (xonasi)da saylov byulletenini toʻldirishda.
28. Yashirin ovoz berish kabinalariga parda osilmaydi.
Ovoz berishni tashkil qilish uchun koʻchma ovoz berish kabinalaridan foydalanilishi mumkin.
Saylovchiga yashirin ovoz berish kabinasi (xonasi)da bir daqiqadan ortiq boʻlmasligi tavsiya etiladi.
29. Ovoz berish huquqini amalga oshirganidan keyin saylovchiga qoʻllarini antiseptik vositalar bilan zararsizlantirish tavsiya etiladi.
4-bob. Koronavirus infeksiyasidan uy sharoitida davolanayotgan saylovchining turgan (yashash) joyida ovoz berishini tashkil qilish
30. Koronavirus infeksiyasidan uy sharoitida davolanayotgan saylovchining (keyingi oʻrinlarda — saylovchi) turgan (yashash) joyida ovoz berishini tashkil etishda uchastka saylov komissiyasi saylovchi uchun alohida himoya vositalari toʻplamini tayyorlaydi.
Sellofan paketga solingan toʻplamda quyidagilar boʻlishi kerak:
tibbiy niqob;
tibbiy qoʻlqop;
uchastka saylov komissiyasining ikki aʼzosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan saylov byulleteni.
31. Uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi shaxsiy himoya vositalari bilan himoyalangan holda koʻchma saylov qutisini dezinfeksiyalab, saylovchining turgan joyiga boradi.
Saylovchi va komissiya aʼzolari oʻrtasida ijtimoiy masofa saqlangan holda saylovchining shaxsi aniqlanadi, soʻng komissiya aʼzosi saylovchiga sellofan paketga solingan toʻplamni va imzo qoʻyishi uchun saylovchilar roʻyxatidan koʻchirmani beradi.
Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida saylovchilar roʻyxatidan koʻchirmaga imzo qoʻyadi. Saylovchiga yashirin ovoz berish huquqi taʼminlanadi. Shundan soʻng, saylovchi saylov byulletenini koʻchma saylov qutisiga tashlaydi.
Ovoz berish amalga oshirilganidan soʻng komissiya aʼzosi koʻchma saylov qutisining qismlarini (yuza, yon va dastak) dezinfeksiyalaydi.
Bu vaqtda hozir boʻlgan kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari shaxsiy himoya vositalari bilan himoyalangan boʻlishi shart.
32. Koronavirus infeksiyasidan statsionar davolash muassasalarida davolanayotganlar va ushbu maskanlarning ishchi-xodimi boʻlgan saylovchilarning ovoz berishini tashkil etish uchun ushbu muassasalarda saylov uchastkalari tuzilish mumkin.
Yashirin ovoz berishni tashkil qilish uchun ushbu toifadagi binolarda koʻchma ovoz berish kabinalaridan foydalaniladi.
Ushbu muassasalarda tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish mazkur muassasalarning ichki tartib-qoidalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining SanQvaM talablariga qatʼiy amal qilgan holda oʻtkaziladi.
5-bob. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish va saylov okrugida saylov natijalarini aniqlash
33. Uchastka saylov komissiyasi himoya vositalaridan foydalangan holda qoʻllarini, saylov qutilarining qismlarini (yuza, yon va dastak) shuningdek ovozlarni sanab chiqish uchun tayyorlangan joyni dezinfeksiya qilib ovozlarni sanab chiqish jarayonini amalga oshiradi. Bunda, ijtimoiy masofaga rioya qilishga alohida eʼtibor berilishi lozim.
34. Ovozlarni sanab chiqishda va saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlashda hozir boʻlgan siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari tibbiy niqobdan foydalanishlari va ijtimoiy masofaga rioya qilishlari kerak.
35. Ovozlarni sanab chiqish natijalari boʻyicha bayonnomani toʻldirishda uchastka saylov komissiyasining aʼzolariga alohida-alohida ruchkalardan foydalanish tavsiya etiladi.
36. Okrug saylov komissiyasi tomonidan uchastka saylov komissiyasining ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarini qabul qilishda va tegishli bayonnomani toʻldirishda himoya vositalaridan foydalanish va ijtimoiy masofa saqlash boʻyicha talablarga rioya qilinishi shart.
6-bob. Yakuniy qoidalar
37. Ovoz berish natijalari chiqarilgandan soʻng saylov komissiyasi aʼzolari shaxsiy himoya vositalarini yechadi va utilizatsiya qilish uchun maxsus idishga tashlaydi.
38. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
39. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini oldini olish boʻyicha yoʻriqnomaga ILOVA
Saylov uchastkasida shaxsiy himoya qoidalariga rioya qilish uchun zarur boʻlgan himoya kiyimlari va dezinfeksiya vositalarining meʼyoriy miqdorlari
I. Himoya niqoblari
Toifa Taqsimot boʻyicha koʻrsatma Maqsad Saylov okrugi Okrug saylov komissiyasining har bir aʼzosiga 5 donadan (21 x 5 = 105 dona) Saylovni tashkil qilish uchun Saylov uchastkasi Uchastka saylov komissiyasining har bir aʼzosiga 5 donadan (13 x 5 = 65 dona) Ovoz berishni tashki� qilish uchun Ovoz berish binosi Saylovchilar soniga qarab 2000 tagacha; Kuzatuvchilar va OAV uchun 10 dona. Ovoz berishni oʻtkazish uchun
II. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga yuz uchun (plastmassali) niqoblar
(jami 12 dona)
Toifa Taqsimot boʻyicha koʻrsatma Maqsad Saylov uchastkasi Uchastka saylov komissiyasi azolari uchun jami 12 dona Saylov kampaniyasi davri uchun
Maxsus komissiya qarori bilan saylov uchastkasi qizil yoki sariq hududga kiritilgan holatda uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga quyidagi himoya vositasi qoʻshimcha tavsiya etiladi:
III. Himoyalovchi kiyim (IV tipdagi)
(jami 12 dona)
Toifa Taqsimot boʻyicha koʻrsatma Maqsad Saylov uchastkasi Har bir uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga jami 12 dona Saylov jarayonlarini tashkil qilishda foydalanish uchun
IV. Qoʻllar uchun dezinfeksiyalovchi vositalar
Toifa Taqsimot boʻyicha koʻrsatma Maqsad Saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi har bir aʼzosiga 2 dona flakon (100 ml.) Saylovni tashkil qilish uchun Saylov uchastkasi Uchastka saylov komissiyasining har bir aʼzosiga 1 dona flakon (100 ml.) Saylovchilar roʻyxatini tuzish, ovoz berishni tashkil qilish va oʻtkazish Ovoz berish binosi Saylovchi soni 2500 tagacha boʻlganda bir saylovchiga 4 ml hisobida 2500x4=12000 ml. Ovoz berishni oʻtkazish uchun
V. Dezinfeksiyalovchi salfetkalar
(jami 50 pachka, bir pachkada 75 dona)
Toifa Taqsimot boʻyicha koʻrsatma Maqsad Saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi uchun (jami 2 pachka, bir pachkada 75 dona) Saylovni oʻtkazish davri uchun Saylov uchastkasi Har bir saylov uchastkasiga (jami 2 pachka, bir pachkada 75 dona) Komissiya faoliyatini amalga oshirish davrida saylov jihozlari va buyumlarini dezinfeksiyalash uchun
VI. Bir martalik qoʻlqoplar
(bir toʻplamda 100 dona, oʻlchamlari S, M, L)
Toifa Taqsimot boʻyicha koʻrsatma Maqsad Saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi aʼzolariga 15 ish kuni uchun 1 donadan (15x11=165 dona, 2 toʻplam) Saylovni oʻtkazish davri uchun Saylov uchastkasi Uchastka saylov komissiyasining har bir aʼzosiga 15 kun ish kuni uchun 1 donadan (15x11=165 dona, 2 toʻplam) Komissiya faoliyat�ni amalga oshirish davri uchun
VII. Turgan joyida ovoz berishda foydalanish uchun bir martalik polietilin qoʻlqop va polietilent paketlar
(bir toʻplamda 100 dona)
Toifa Taqsimot boʻyicha koʻrsatma Maqsad Saylov uchastkasi Uchastka saylov komissiyasiga turgan joyida ovoz berishni hisobga olgan holda xar bir uchastkaga 10 donadan Komissiya faoliyatini amalga oshirish davri uchun
