Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini hamda kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (907-3-son)
06.11.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-noyabrda 907-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” Qonunga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida” Qonuni (yangi tahriri) qabul qilinishi munosabati bilan Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 2000-yil 4-martda 465-son bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini hamda kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash Tartibi”ning (roʻyxat raqami 907, 2000-yil 7-mart, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil 5-son) 1.3-bandi oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin.
“Fermer xoʻjaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir”.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-noyabr,
24/15-son
