Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0017-21-son)
22.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil hisobga olindi, hisob raqami 32]
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (keyingi oʻrinlarda — sanitariya qoidalari) Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-son “Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) oʻquvchilarning xavfsiz va sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish, yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi hamda ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish choralarini belgilaydi.
1-bob. Taʼlim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish hamda ovqatlanish xonalarining joylashishi, rejalashtirilishga oid sanitariya-epidemiologik talablar
1.1. Taʼlim muassasalarining oshxonalarini rejalashtirishda — pazandachilik mahsulotlarining xavfsiz tayyorlanishi, oziq-ovqat qiymati saqlanishi va ularning xavfsiz tarqatish imkoniyatini beradigan mahsulotlarga ishlov berish maxsus xonalari, texnologiya, uskuna va jihozlar majmuasi koʻzda tutiladi.
1.2. Bufetlarni rejalashtirishda — pazandachilik mahsulotlarining xavfsiz tarqatish, issiq ichimliklar va alohida taomlar tayyorlash (yaʼni tuxum qaynatish, salat tayyorlash, tayyor oziq-ovqat mahsulotlarni boʻlaklash) imkoniyatini beradigan maxsus xonalar, texnologiya, uskuna va jihozlar majmuasi boʻlishi shart.
1.3. Taʼlim muassasalaridagi ovqatlanish xonalarini rejalashtirish — xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar bilan tayyor mahsulotlarning, toza va ishlatilgan idishlarning, xodimlar va oʻquvchilar oqimining bir biriga toʻqnashishining oldini olishga qaratilgan sanitariya-epidemiologik talablarga muvofiq kelishi kerak.
1.4. Xoʻjalik va qoʻshimcha xonalar umumiy ovqatlanish tashkilotlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablarga rioya qilgan holda gidroizolatsiya bilan taʼminlanib, yertoʻla, yarim yertoʻla (tsokol) va pastki qavatlarda joylashtirilishi mumkin.
1.5. Yertoʻla, yarim yertoʻla (tsokol) va pastki qavatlarda joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan omborxonalar oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlariga qoʻyiladigan talablariga rioya qilgan holda va gidroizolatsiya bilan taʼminlangan holda faoliyat koʻrsatishi mumkin.
1.6. Xoʻjalik hududida maishiy va oziq-ovqat chiqindilarini yigʻish uchun qattiq qoplamali maydon tashkil etiladi. Mazkur maydonda qopqoqli alohida konteynerlar joylashtirilib, konteyner tagining maydoni hamma tomondan 1 m dan ortiq oʻlchamda boʻladi. Maydoncha bilan oshxonaga, shuningdek, boshqa binolar, inshoatlar, sport maydonchalariga kirish joyi va derazalarigacha boʻlgan oraliq masofa 25 metrdan kam boʻlmaydi.
1.7. Chiqindilar konteynerini 2/3 hajmidan ortiq qismi toʻlmagan holatda markazlashtirilgan tartibda olib ketiladi xamda bu konteynerlar yuvilib, zararsizlantiriladi. Chiqindilarni yoqib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-bob. Taʼlim muassasalari ovqatlanish xonalarining sanitariya-texnik taʼminotiga qoʻyiladigan talablar
2.1. Ichimlik suvi, issiq suv, kanalizatsiya, ventilatsiya va isitish tizimlari umumiy ovqatlanish korxonlariga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablarga muvofiq taʼminlanadi.
2.2. Oziq-ovqat mahsulotlarini yuvish va tayyorlash texnologik jarayonlarida, oshxona va ovqat tayyorlash idishlarini, uskunalar, asbob-anjomlar, xonalarni sanitariya tozalash va shaxsiy gigiyena uchun sarflanadigan issiq va sovuq suvning sifati ichimlik suviga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartiga (OʼzDSt 950:2011) muvofiq kelishi kerak.
2.3. Barcha ishlab chiqarish sexlariga sovuq va issiq suv oʻtkazilgan chigʻanoq va vannalar oʻrnatiladi. Issiq suv taʼminoti qozonxonalari, uzatish tizimlarida profilaktik va taʼmirlash ishlari ketayotgan vaqtda ishlab chiqarish sexlari va yuvish boʻlimlari uzluksiz issiq suv bilan taʼminlanishi uchun qoʻshimcha mahalliy issiq suv moslamalari oʻrnatiladi.
2.4. Ovqatlanish zaliga kirishda 20 ta oʻrin uchun 1 ta qoʻl yuvish chigʻanogʻi oʻrnatilishi, ularni oʻquvchilarning yosh va boʻy koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda, 1 — 4-sinf oʻquvchilari uchun poldan chigʻanoq chekkasigacha 0,7 m, 5 — 11-sinflar uchun 0,8 — 1,0 m balandlikda oʻrnatish tavsiya etiladi. Qoʻl yuvish chigʻanoqlari yonida elektr quritgich (kamida 2 ta) yoki bir martalik sochiqlar oʻrnatilishi nazarda tutiladi.
2.5. Markazlashgan suv taʼminoti yoʻq boʻlib, buloq suvidan foydalanilganda sigʻim (kaptaj) bilan jihozlanadi. Ichimlik suvi tashib kelinadigan taʼlim muassasalarida suvni saqlash uchun har bir oʻquvchiga kuniga 5 litr suv sarfi inobatga olingan holda QMQ 2.04.01-98 “Bino ichidagi vodoprovod va kanalizatsiya” asosida maxsus sigʻim quriladi.
3-bob. Jihozlar, uskunalar, inventarlar, idish-tovoq va sigʻimlarga qoʻyiladigan talablar
3.1. Foydalaniladigan texnologik uskuna, jihozlar, idish-tovoq, yashik-qoplar va sigʻimlar umumiy ovqatlanishning sanitariya-gigiyenik talablariga mos boʻlishi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Ishlab chiqarish, mahsulot saqlash va maʼmuriy-maishiy xonalarni 1-ilovaga muvofiq jihozlash tavsiya etiladi.
3.2. Ishlab chiqarish xonalarini jihozlashda zamonaviy sovutkich va texnologik uskunalarning afzalligiga ahamiyat beriladi.
3.3. Ishlab chiqarish xonalariga oʻrnatilgan barcha texnologik uskunalar va sovutkich soz holatda boʻlishi kerak.
Biror texnologik uskuna ishdan chiqqan taqdirda taomnomaga oʻzgartish kiritish hamda tayyor taomlar ishlab chiqarishda mazkur sanitariya qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash zarur.
Har oʻquv yili boshlanishidan oldin uskunalarning pasport tavsifnomasi mosligi boʻyicha texnik nazorat oʻtkazilishi shart.
3.4. Ovqatlanish zallari oshxona mebellari (stol, stul, oʻrindiq va boshqa mebellar) bilan jihozlanadi, ular yuvish va dezinfeksiya vositalari bilan tozalashga imkon beruvchi qoplamaga ega boʻlishi kerak.
3.5. Oziq-ovqat xomashyo va mahsulotlariga ishlov berishga moʻljallangan stollar yuvish va dezinfeksiya qilish vositalariga chidamli qoplamaga ega boʻlishi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan materiallar xavfsizligi talablariga mos kelishi lozim.
3.6. Oziq-ovqat xomashyo va mahsulotlari, idish-tovoq hamda inventarlar saqlanadigan javon, tagliklar poldan kamida 15 sm balandlikda boʻlishi kerak. Javon va tagliklar konstruksiyasi va joylashtirilishi namlab tozalash imkonini berishi lozim. Ovqatlanish xonalari omborlarida koʻp qavatli javonlar va mexanik yuk ortgichlar boʻlishi tavsiya etiladi.
3.7. Umumtaʼlim muassasalarining oshxonalari bir oʻringa kamida ikki jamlanma hisobida oshxona idish-tovoqlari bilan taʼminlanadi.
3.8. Ovqatlanishni tashkil etishda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan hamda xavfsizlik talablariga javob beradigan chinni, fayans va shisha idishlardan (taryelka, kosa, piyola, chashka, bokallar) foydalaniladi. Taomlarni pishirish va saqlash uchun oshxona uskunalari idishlari (qoshiq, vilka, pichoqlar) zanglamaydigan poʻlat yoki gigiyenik xususiyatlariga koʻra shunga oʻxshash materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak. Alyuminiydan tayyorlangan oshxona jihozlaridan foydalanish taqiqlanadi.
3.9. Xom ashyo va tayyor mahsulotlarni alohida saqlash, ularni texnologik tozalash va tarqatish uchun majburiy tartibda alohida va maxsus belgi qoʻyilgan quyidagi jihozlardan, taqsimlash inventarlari, oshxona idishlaridan foydalaniladi:
sovutgich va muzlatgichlar: “XG” — xom goʻsht; “XS” — xom sabzavotlar, “PG” — pishgan goʻsht, “PS” — pishgan sabzavotlar, “G” — gastronomiya va h.k.;
oziq-ovqat xomashyo va mahsulotlariga ishlov berishga moʻljallangan stollar: “XG” — xom goʻsht; “XS” — xom sabzavotlar, “PG” — pishgan goʻsht, “PS” — pishgan sabzavotlar, “G” — gastronomiya, “N” — non, “X” — xamir va h.k.;
oziq-ovqat xomashyo va mahsulotlariga ishlov berishga moʻljallangan taxta va pichoqlar: “XG” — xom goʻsht, “XS” — xom sabzavotlar “PG” — pishgan goʻsht, “PS” — pishgan sabzavotlar, “G” — gastronomiya, “N” — non;
oshxona anjomlari (qozonlar, tavalar, chelaklar va h.k): “I taom”, “II taom”, “III taom”, “sut”, “XG”, “XS”, “PG”, “PS”, “yorma”, “shakar”, “tvorog”, “mevalar”, “toza tuxum”, “garnirlar”, “N”, “Z”, “Salat” va h.k.
3.10. Taomlarni porsiyalash uchun litr va millilitrda oʻlchov belgilari qoʻyilgan inventarlardan foydalaniladi.
3.11. Shakli buzilgan, chetlari uchgan, singan, yoriq, emali koʻchgan oshxona idishlari, alyuminiydan tayyorlangan oshxona jihozlari, plastmassa va presslangan fanerlardan qilingan ishlov berish taxtalari, yorilgan, shikastlangan va mayda taxta jihozlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3.12. Issiq ovqat va salqin salatlarni yetkazib berishda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan hamda xavfsizlik talablariga javob beradigan materiallardan tayyorlangan maxsus izotermik idishlardan foydalaniladi.
3.13. Mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar nisbiy namlik va havo haroratini oʻlchaydigan uskunalar, sovutish uskunalari, nazorat termometrlari bilan jihozlanadi. Simobli termometrlardan foydalanilmaydi.
4-bob. Xonalarning tuzilishiga, sanitariya xolatiga va idish-tovoqlarning yuvilishiga qoʻyiladigan talablar
4.1. Taʼlim muassasalari ovqatlanish xonalarining sanitariya holati umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablarga mos kelishi kerak.
4.2. Taʼlim muassasalari ovqatlanish, ishlab chiqarish va boshqa xonalari toza va tartibli boʻlishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlarini polda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.3. Ovqatlanish zalini tozalash ishlari har bir taom qabulidan soʻng bajariladi. Stollar yuvish vositalari yordamida issiq suvda yuviladi. Tozalash tugagandan soʻng ishlatilgan lattalar aloxida idishga yigʻiladi, kamida 450S haroratdagi yuvuvchi vositalar qoʻshilgan suvda ivitiladi, dezinfeksiya qilinadi yoki qaynatiladi, chayiladi, quritiladi va toza lattaga moʻljallangan idishda aloxida joyda saqlanadi.
4.4. Oshxona ichida ishlatiladigan idishlarni taom isteʼmol qilishda foydalaniladigan idishlardan alohida yuviladi.
Yuvish xonalarida idish-tovoq va inventarlarni yuvish qoidalari haqidagi yoʻriqnoma ilib qoʻyiladi, unda qoʻllaniladigan yuvuvchi vositalar konsentratsiyasi, hajmi, yuvish vannalarida suvning harorat rejimi koʻrsatiladi.
4.5. Yuvish va zararsizlantirish vositalari ishlab chiqarilgan sigʻimida maxsus ajratilgan, oʻquvchilar kirmaydigan, oziq-ovqat mahsulotlaridan alohida joyda saqlanadi.
4.6. Idishlarni zararsizlantirish, atrofni yigʻishtirish va sanitar tozalashda belgilangan tartibda, ruxsat berilgan yuvish, tozalash va zararsizlantirish vositalaridan ularni qoʻllash yoʻriqnomasiga asosan foydalaniladi.
4.7. Oshxona idishlarini yuvish vannalari belgilangan sigʻimga ega boʻlib, polimer yoki rezina materiallardan ishlangan probka bilan taʼminlanadi. Yuvish va zararsizlantirish vositalarining miqdori belgilangan oʻlchov sigʻimlari yordamida oʻlchanadi.
4.8. Oshxona idishlarini ikki seksiyali vannada yuvishda quyidagi tartibga rioya qilinadi:
ovqat qoldiqlaridan mexanik tozalash;
yuvish vositalari qoʻshilgan holda 45 0S dan past boʻlmagan haroratdagi suvda choʻtka bilan yuvish;
oqib turgan 65 0S dan past boʻlmagan haroratdagi issiq suvda chayish;
panjarali polka va quritgichlarda toʻntarilgan holda quritish.
4.9. Oshxona idishlari maxsus idish yuvish mashinalarida yuvilganda, ulardan foydalanish yoʻriqnomasiga asoslaniladi.
4.10. Taomlarni isteʼmol kilishda foydalanilgan idishlar uch seksiyali vannada qoʻlda quyidagi tartibga yuviladi:
ovqat qoldiqlaridan mexanik tozalash;
vannaning birinchi seksiyasida 45 0Sdan past boʻlmagan haroratda yuvish vositalari qoʻshilgan suvda yogʻsizlantirib yuvish;
epidemik vaziyatdan kelib chikib, kasallikning turiga muvofik vannaning ikkinchi seksiyasida harorati 45 0S dan past boʻlmagan suvda, 0,5-1,0% xlor saqlovchi zararsizlantirish vositasi qoʻshilgan suvda 30 daqiqa ivitish;
idishlarni vannaning uchinchi seksiyasida metall setkaga qoʻyilib, egiluvchan shlangning ruchkali purkagichi yordamida 65 0Sdan past boʻlmagan haroratdagi oqar suvda chayish;
chayilgan idishlarni panjarali polka va quritgichlarda quritish.
4.11. Piyola, stakan, chashka, bokallar kabi ichimlik idishlari ularni yuvish uchun moʻljallangan birinchi vannada tozalash vositalarini qoʻllagan holda 45 0Sdan past boʻlmagan haroratdagi suvda yuviladi; ikkinchi vannada metall setkaga qoʻyilib, egiluvchan shlangning ruchkali purkagichi yordamida 65 0S dan past boʻlmagan haroratdagi oqar suvda chayish; epidemik vaziyat murakkablashgan xolatda esa, idishlarni zararsizlantirish ishlari ham oʻtkaziladi.
4.12. Oshxona jihozlari yuvish vositalarini qoʻllagan holda 45 0Sdan kam boʻlmagan haroratdagi issiq suvda yuvilib, oqar suvda chayiladi va maxsus issiq shkafda 10 daqiqa davomida qizdirilib, zararsizlantiriladi. Oshxona jihozlarini saqlash kassetalari har kuni tozalash vositalarini qoʻllagan holda tozalanib, chayiladi va maxsus shkafda issiq havo yordamida 10 daqiqa davomida qizdirilib, zararsizlantiriladi.
4.13. Toza oshxona idishlari va jihozlari poldan kamida 0,5 m balandlikdagi shkaf yoki panjaralarda saqlanadi, oshxona jihozlari (qoshiq, vilkalar) ushlagichlari yuqoriga qaratilgan holda maxsus idishlarda saqlanadi, ularni sochilgan holda patnislarda saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.14. Texnologik uskunalar kun davomida zaruratga qarab va ish tugaganidan soʻng tozalanadi. Ishlab chiqarish stollari ish yakunida yuvish va zararsizlantirish vositalardan foydalangan holda tozalanadi, 45 0S dan past boʻlmagan haroratdagi issiq suvda yuviladi hamda quruq, toza latta bilan artiladi. Stollarni tozalash uchun ishlatiladigan yuvish va zararsizlantirish vositalari uchun maxsus belgilangan idishlar ajratiladi.
4.15. Taxtakachlar va kichik yogʻoch inventarlari oshxona idishlarini tozalash boʻlimi (sexi)da tozalash vositalari qoʻshilgan 45 0S dan past boʻlmagan haroratdagi suvda yuvilib, 65 0S dan past boʻlmagan haroratdagi suvda chayiladi hamda ustidan qaynoq suv quyiladi, soʻngra idish quritgichda quritiladi. Taxtakachlar tozalanib quritilgandan soʻng bevosita ish joyidagi belgilangan joyda saqlanadi.
4.16. Choʻtkalar idishlarni tozalash uchun ishlatilgandan soʻng tozalanadi, tozalash vositalari qoʻshilgan 45 0S dan past boʻlmagan haroratdagi issiq suvda ivitilib, dezinfeksiyalanadi (yoki 15 daqiqa mobaynida qaynatiladi), oqar suvda yuvilib, quritiladi va maxsus qutida saqlanadi. Mogʻor bosgan va kirlangan choʻtkalardan foydalanilmaydi.
Idishlarni yuvishda mochalkadan, shuningdek, sifatli tozalash imkonini bermaydigan gʻovak materialdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.17. Idishlar va jihozlar epidemiologik koʻrsatmalarga asosan zararsizlantirish vositalarini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq zararsizlantiriladi.
4.18. Oyda bir marta barcha xonalar, uskuna va jihozlar yalpi tozalanib, zararsizlantiriladi. Viruslarni yoʻq yiluvchi (virulitsid) taʼsirga ega boʻlgan dezinfeksiya vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
4.19. Non saqlanadigan shkafni tozalashda non ushoqlarini polkadan maxsus choʻtkalar bilan toʻplab tozalanadi va 1% li sirka kislotasi eritmasidan foydalangan holda sinchiklab artiladi.
4.20. Ovqat qoldiqlari qopqoqli idishlarda maxsus ajratilgan joyda saqlanadi. Idishlar kamida 2/3 qismi toʻlgach boʻshatilib, tozalash vositasi eritmasi yordamida yuviladi.
Ovqat qoldiqlari oshxona blokining taom tarqatish va ishlab chiqarish xonalari orqali olib chiqilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.21. Har bir guruh xonalarini (xomashyo sexlari; issiq va sovuq sexlar, sovutilmaydigan omborxonalar; muzlatgich kameralari, qoʻshimcha xonalar, sanitariya uzellari) tozalash uchun maxsus belgi qoʻyilgan tozalash anjomlari ajratiladi. Hojatxonalarni tozalash anjomlari maxsus (qizil) belgiga ega boʻlishi lozim.
Yigʻishtirish ishlari tugallanib, ish vaqti yoki smenasi nihoyasiga yetgach, barcha tozalash anjomlari yuvish va zararsizlantirish vositalari bilan tozalanadi hamda toza holatda saqlanadi.
4.22. Tozalash anjomlarini saqlash uchun issiq va sovuq suv tizimi oʻtkazilgan va chigʻanoq bilan jihozlangan alohida xona ajratiladi. Bunday xonalar mavjud boʻlmaganda tozalash anjomlari alohida ajratilgan joyda saqlanadi. Ishlab chiqarish xonalarida tozalash anjomlarni saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Hojatxonalarni tozalash uchun moʻljallangan tozalash anjomlari alohida saqlanadi.
4.23. Hasharot va kemiruvchilarga qarshi kurash tadbirlari gigiyenik talablar asosida deratizatsiya va dezinseksiya ishlari maxsus tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladi.
Hasharotlarning kirishidan himoyalash uchun oshxona xonalarining eshik va deraza romlariga setka tutiladi.
4.24. Deratizatsiya va dezinseksiya ishlarini bevosita taʼlim muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4.25. Taʼlim muassasasi oshxonasida oʻquvchilarga xizmat koʻrsatish davrida taʼmirlash ishlarini (xonalarni kosmetik taʼmirlash, sanitar-texnik va texnologik uskunalarni sozlash) oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-bob. Toʻgʻri ovqatlanishni tashkil etish va namunaviy taomnomani tuzish boʻyicha talablar
5.1. Oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash uchun, ovqatlanishning optimal sifatli va miqdoriy tuzilishi, xavfsizligining kafolati, mahsulotlar va taomlarga texnologik va kulinar ishlov berish, ovqatlanish tartibining fiziologik asoslanganligi ovqatlanishning tarkibiy qismi hisoblanib, ovqatlanish ratsionini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
5.2. Oʻquvchilarning ovqatlanish ratsioni sutka davomida yoki sutkaning maʼlum bir vaqtida bolalar ovqatlanishiga moʻljallangan mahsulotlar tarkibini shakllantirishni koʻzda tutadi.
5.3. Tuzilgan ovqatlanish ratsioni asosida taomlar roʻyxatini taqsimlash, pazandachilik, un, qandolat va non mahsulotlari bilan alohida taomlanishni (nonushta, tushlik, ikkinchi tushlik, kechki ovqat) oʻz ichiga olgan taomnoma tuziladi.
5.4. Taʼlim muassasasining barcha oʻquvchilarini sogʻlom ovqatlanish bilan taʼminlash uchun mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasiga muvofiq 10 kundan kam boʻlmagan muddatga ishlab chiqilgan namunaviy taomnoma shaklida, shuningdek, taomlar retsepturasi boʻyicha mahsulotlarning roʻyxati koʻrsatilgan menyu-tartibiga (menyu-raskladka) koʻra mazkur sanitariya qoidalarining 12-ilovasiga muvofiq namunaviy taomnoma tuziladi.
5.5. Namunaviy taomnoma yil mavsumini, oʻquvchilarning yoshi, talab qilinadigan kunlik taom quvvati, asosiy ozuqa moddalarining zaruriy miqdorini hisobga olib tuziladi.
Namunaviy taomnomani tuzishda oʻquvchilarning ovqatlanishidagi milliy oʻziga xosliklari hisobga olinadi.
5.6. Namunaviy taomnomani tuzishda oʻquvchilarining taʼlim muassasasida boʻlish vaqti, ularning yoshi va jismoniy yuklamasi eʼtiborga olinadi.
5.7. Taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun ikki mahal (nonushta va tushlik) issiq ovqat tashkil etiladi. Kuni uzaytirilgan guruhlarda tahsil oluvchi bolalar uchun qoʻshimcha ikkinchi tushlik tashkil etiladi.
5.8. Umumtaʼlim muassasasi oʻquvchilarining turli guruhlari uchun namunaviy taomnoma tuzishda oʻquvchilarning yoshi hisobga olinib, taomning porsiya vazni mazkur sanitariya qoidalarining 3-ilovasiga muvofiq, uning ozuqaviy va energetik qiymati, asosiy vitaminlar va mikroelementlarning sutkalik ehtiyoji mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasining 1-jadvaliga va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari uchun mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasining 2-jadvaliga muvofiq hisobga olinadi.
5.9. Namunaviy taomnomaga har bir taomning miqdoriy tarkibi, energetik va ozuqaviy qiymati, vitamin va mineral moddalarning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot kiritiladi. Taomlar va pazandachilik mahsulotlari mavjud taom tayyorlash retsepturalar toʻplamiga muvofiq tayyorlanadi. Namunaviy taomnomada ovqat va pazandalik mahsulotlarining nomi taom tayyorlash retsepturalar toʻplamidagi nomi bilan mos kelishi kerak.
5.10. Taomlarni tayyorlash texnologik xarita asosida amalga oshiriladi, unda taom va pazandalik mahsulotlarini retsepturasi va tayyorlash texnologiyasi oʻz aksini topadi. Texnologik xarita mazkur sanitariya qoidalarining 5-ilovasidagi shakl asosida rasmiylashtiriladi.
Taom tayyorlashning texnologik jarayoni uning xavfsizligini va retsepturaga muvofiq ozuqaviy qiymatini taʼminlaydi.
5.11. Oʻquvchilar uchun taomnoma ishlab chiqishda taomlarni yangi tayyorlanishi, sovugan taomga qayta termik ishlov berilmasligi eʼtiborga olinadi.
5.12. Namunaviy taomnomaga bir taom yoki pishiriq mahsulotlari bir kunning oʻzida takroran hamda ketma-ket 2 kun kiritilmaydi.
5.13. Namunaviy taomnomada energetik qiymatining mutanosib taqsimlanishi hisobga olinib, alohida bir, ikki, uch, toʻrt marotaba ovqatlanishda kaloriyalar mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasi 3 va 4-jadvallariga muvofiq foiz koʻrinishida beriladi.
Kaloriya miqdori har bir ovqat uchun belgilangan normadan +- 5 foiz oraliq farqqa yoʻl qoʻyiladi va hafta davomida oʻrtacha ozuqaviy qiymati mos kelishi kerak.
5.14. Kunlik ovqatlanish ratsionining oqsil, yogʻ, uglevodlarning optimal ozuqaviy nisbati 1:1:4 yoki kaloriyaning foizlik koʻrinishida oqsillar hisobiga 10 — 15 %, yogʻlar hisobiga 30 — 32 %, uglevodlar hisobiga 55 — 60 %, kalsiyning fosforga nisbati 1:1,5 tarzda boʻladi.
5.15. Oʻquvchilarning ovqatlanishida parhez tamoyiliga rioya qilinadi. Bunda ovqat tayyorlashda qaynatish, bugʻlash, dimlash, qovurish va toblash xususiyatlariga eʼtibor beriladi.
5.16. Kunlik ovqatlanish ratsioni tarkibiga goʻsht, sut, sariyogʻ va oʻsimlik yogʻi, bugʻdoy noni (har bir ovqatlanishda) kiritiladi. Baliq, tuxum, pishloq, tvorog, sut mahsulotlarini ikki-uch kunda bir marta berish tavsiya etiladi.
5.17. Nonushta salat, issiq ovqat va issiq ichimlikdan iborat boʻladi. Sabzavot va mevalar berilishi tavsiya etiladi.
5.18. Tushlik tarkibiga salat, birinchi va ikkinchi taom (asosan goʻsht, baliq yoki parranda goʻshtidan tayyorlangan issiq ovqat) va ichimlik kiradi. Salat yangi uzilgan yoki tuzlangan bodring, pomidor, karam, qizil lavlagi, sabzi, qovoq va boshqalar, yangi koʻkatlar qoʻshilgan holda tayyorlanadi. Porsiyalangan sabzavotlar (qoʻshimcha garnir)dan ham foydalanish mumkin. Taʼmni yaxshilash maqsadida salatga sarxil yoki quritilgan mevalar: olma, olxoʻri, mayiz va yongʻoq qoʻshish mumkin.
5.19. Ikkinchi tushlikda ichimlik (sut, sut mahsulotlari, kisel, sharbat) bilan birga bulochka yoki kremsiz (tvorogli) qandolatchilik mahsulotlari tavsiya etiladi.
5.20. Kechki ovqat sabzavotli (sutli) taom yoki boʻtqa: ikkinchi asosiy ovqat (goʻsht, baliq yoki parranda goʻshti), ichimlik (choy, sharbat, kisel)ni oʻz ichiga oladi. Qoʻshimcha ravishda mevalar yoki sut mahsulotlari, bulochka yoki kremsiz qandolatchilik mahsulotlari tavsiya etiladi.
5.21. Kunlik ovqatlanish ratsioni namunaviy taomnomaga mos kelishi shart. Istisno holatlarda bir mahsulot, taom va pishiriq mahsulotlari mazkur sanitariya qoidalarining 6-ilovasiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarining almashtirish jadvaliga mos kelgan hollarda, ikkinchi mahsulot bilan almashtirilishi mumkin.
5.22. Har kuni ovqatlanish zaliga taʼlim mussasasi rahbari bilan kelishilgan va oshxona rahbari tomonidan tasdiqlangan taomning nomi, miqdori koʻrsatilgan taomnoma ilib qoʻyiladi.
5.23. Infeksion va ommaviy noinfeksion kasalliklar (zaharlanish) paydo boʻlishi va tarqalishini oldini olish uchun hamda sogʻlom ovqatlanish prinsiplariga muvofiq taʼlim muassasalari oʻquvchilarining ovqatlanishi mazkur sanitariya qoidalarining 7-ilovasiga muvofiq tavsiya etilgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxatiga asosan tashkil etilishi, shuningdek mazkur sanitariya qoidalarining 8-ilovasida koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan taomlar, pishiriqlar tayyorlash va isteʼmol uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5.24. Taʼlim muassasalari oshxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini qabul qilish ularning sifati xamda xavfsizligini, shuningdek, tegishli hujjatlari (oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi guvohnomasi, veterinariya-sanitariya ekspertizasi hujjatlari, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlovchi, yetkazib beruvchi, ularning manbasini tasdiqlovchi hujjatlar, gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlari, deklaratsiya) mavjud boʻlgan holdagina amalga oshiriladi. Mahsulot sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining laboratoriya tekshiruv natijalari taʼlim muassasasi ovqatlanish xonalarida oziq-ovqat mahsulotlari tugaguniga qadar saqlanadi (16-ilova).
5.25. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, issiq ishlov berish talab qilmaydigan xomashyo va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini alohida ajratilgan mahsus transportda amalga oshiriladi.
Har xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun bitta transport vositasidan foydalanganda, reyslar orasida transportni dezinfeksiya vositalarini qoʻllagan holda, sanitariya tozalash ishlari oʻtkaziladi.
5.26. Taʼlim muassasasining oʻquv tajriba tomorqasida va bogʻ uchastkalarida, issiqxonalarida, yetishtirilgan oʻsimlik mahsulotlaridan sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi laboratoriya-instrumental tekshiruv natijalari mavjud boʻlgandagina ovqatlanishni tashkil etishda foydalaniladi.
5.27. Oʻtgan yili yetishtirilgan sabzavotlar (karam, piyoz, ildizmeva va boshqalar) 1-martdan keyin faqat termik ishlov berilgan holatda ishlatiladi.
5.28. Taʼlim muassasalari oʻquvchilarining turli guruhlaridagi bir nafar oʻquvchiga sutkalik toʻplamda koʻzda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlarining meʼyoriy toʻliq miqdori 10 kun mobaynida taʼminlab beriladi (9-ilovaning 1, 2-jadvallari).
5.29. Buyrak, jigar, oʻt yoʻllari yoki oshqozon-ichak oʻtkir kasalliklarini boshidan kechirgan hamda surunkali xastaliklari boʻlgan oʻquvchilarga parxez ovqatlanish tashkil etiladi. Bunday ovqatlanish tartibiga muhtoj bolalar nonushta va tushliklari ularni zarur asosiy ingrediyentlar bilan taʼminlash asosida tayyorlanib, mahsulotlarga maxsus ishlov beriladi. Baliq va goʻsht qaynatiladi yoki maydalangan holda bugʻda tayyorlanadi, yorma va sabzavotlar yumshoq holga kelgunicha pishiriladi yoki boʻtqa qilinadi. Duxovkada taomlar yengil toblanishi mumkin. Mahsulotlar qovurilmaydi. Shoʻrvalar qaynatma holda tayyorlanadi.
5.30. Taʼlim muassasalari oshxonalarida kislorodli kokteyllari bilan savdo qilinmaydi.
5.31. Oʻquvchilarni qoʻshimcha ovqatlantirishni tashkillashtirish uchun tavsiya etilayotgan mahsulotlar roʻyxati mazkur sanitariya qoidalarining 10-ilovasida keltirilgan.
5.32. Tez buziladigan mahsulotlarni saqlash va ularni isteʼmolga berish muddatlari 11-ilovada koʻrsatilgan.
6-bob. Oʻquvchilarni issiq ovqat bilan taʼminlanishini tashkil etish
6.1. Issiq ovqat bilan taʼminlash pishishi maromiga yetkazilgan, porsiyalarga ajratilgan, isteʼmol uchun tayyor holatga keltirilgan issiq suyuq va (yoki) quyuq taomlarning tarqatilishi koʻzda tutiladi.
6.2. Oʻquvchilarga sinflarga (guruhlar) qarab oʻquv tartibiga koʻra davomiyligi 20 daqiqalik katta tanaffuslarda issiq ovqat bilan taʼminlanishi amalga oshiriladi.
Internat tipidagi muassasalarda oʻquvchilarning ovqatlanishi kun tartibiga muvofiq tashkil etiladi. Har bir sinf (guruh) uchun oshxonada alohida stollar biriktiriladi.
6.3. Oʻquvchilarga issiq ovqat xizmatini tashkil etishda stollarni avvaldan bezatib tayyorlanadi yoki tarqatish lentasi orqali amalga oshiriladi.
6.4. Oʻquvchilarni oshxonaning ishlab chiqarish xonalariga kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻquvchilarni ovqat pishirish, sabzavotlarni archish, tayyor taomni suzish, non kesish, idish tovoq yuvish, binoni yigʻishtirish bilan bogʻliq ishlarga jalb etilmaydi.
6.5. Lavozim majburiyatlariga kirmaydigan xodimlarni pazandachilik mahsulotlarini tayyorlash, porsiyalash va tarqatishga, uskuna va idishlarni tozalash va zararsizlantirishga jalb etilmaydi.
6.6. Oshxonaga begonalar kiritilmaydi.
7-bob. Pazandachilik mahsulotlarini tayyorlash sharoitlari va texnologiyalariga qoʻyilgan talablar
7.1. Ovqatlanish muassasalarida oziq-ovqat xomashyosiga ishlov berish va pazandachilik mahsulotlarini tayyorlash boʻyicha ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish umumiy ovqatlanish korxonlariga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari talablariga muvofiq hamda mazkur sanitariya qoidalari asosida bajariladi.
7.2. Taomlar, pazandachilik mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlashda tayyor taomlarning ozuqa qiymati va xavfsizligini taʼminlovchi usullaridan foydalaniladi.
7.3. Yarim tayyor mahsulotlar bilan ishlaydigan taʼlim muassasasi oshxonasi yuqori sifatli yarim tayyor mahsulotlar bilan taʼminlanadi. Buning natijasida minimal texnologik operatsiyalar orqali taomlar yoki pazandachilik mahsulotlari tayyorlanadi.
7.4. Xom ashyo mahsulotlari va texnologik ishlov beriladigan mahsulotlar uchun turli mexanik uskuna va inventarlarga vazifasiga koʻra belgi qoʻyiladi. Turli mahsulotlarni qayta ishlash uchun mexanik uskunalardan (goʻsht qiymalagich, archadigan mashina va hokazo), tozalash jihozlaridan, ishlab chiqarish vannalaridan va shunga oʻxshash inventarlardan boshqa maqsadda foydalanilmaydi.
7.5. Qoʻl yuvish chigʻanoqlaridan, oshxona va taom uchun idishlarni yuvishga moʻljallangan vannalardan xomashyo (tozalanmagan sabzavotlar, xomgoʻsht, baliq va hokazo) va yarim tayyor mahsulotlarni yuvish uchun foydalanilmaydi.
7.6. Goʻsht va tovuq goʻshtini muzdan tushirish (eritish) va dastlabki ishlov berish umumiy ovqatlanish korxonlarining sanitariya qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.
7.7. Xom goʻsht va parrandaga ishlov berish uchun alohida stol va ishlab chiqarish uskunalari ajratiladi.
7.8. Muzlagan baliqlar ishlov berish stollarida yoki +12ºS dan yuqori boʻlmagan haroratdagi bir litriga 7 — 10 gramm tuz qoʻshilgan suvda eritiladi. Baliq va filesi oqar suvda eritilmaydi.
7.9. Muzdan tushirilgan goʻsht, baliq, parranda va yarim tayyor mahsulotlar qayta muzlatilmaydi, birlamchi ishlov berilgandan soʻng termik ishlovi beriladi. Eritilgan (defrostatsiya) mahsulotlar saqlanmaydi.
7.10. Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish saralash, yuvish va tozalashni oʻz ichiga oladi. Tozalangan sabzavotlar oqar ichimlik suvida 5 daqiqadan kam boʻlmagan vaqtda, kichik partiyalarda teshikli idishdan foydalanib, qayta yuviladi. Karamni tozalashda 3-4 qavat ustki barglarini olib tashlanadi.
7.11. Mevalar, jumladan sitrus mevalar sabzavot sexida birlamchi yuviladi, soʻngra sovuq sexdagi vannada qayta chayiladi.
7.12. Tuxumlarga ishlov berish alohida xonada yoki goʻsht-baliq sexining maxsus ajratilgan joyida amalga oshiriladi. Bu maqsadda belgi qoʻyilgan vanna va idishlardan foydalaniladi; Teshikli (perforirovanniy) idishlardan foydalaniladi. Tuxumlarga ishlov berish ularni quyidagicha tayyorlangan eritmada toʻliq boʻktirish sharoitida oʻtkaziladi:
I — 1-2% kalsiyli sodaning issiq suvdagi eritmasida ishlov beriladi;
II — 0,5% xloramin yoki belgilangan tartibda ruxsat etilgan dezinfeksiya vositalari eritmasida ishlov beriladi;
III — kamida 5 daqiqa davomida oqar suvda chayib, soʻngra belgi qoʻyilgan toza idishga olinadi.
7.13. Yormalar tarkibida begona aralashmalar boʻlmasligi shart. Foydalanishidan oldin yormalar oqar suvda yuviladi.
7.14. Yakka oʻramdagi konservalangan mahsulotlarning idishi oqar suv bilan yuvilib, latta bilan artiladi.
7.15. Oziq-ovqatlar, mevalardagi vitaminlarni saqlab kolish maksadida sabzavotlar tozalanib, tuzli suvda qaynatiladi (lavlagidan tashqari). Archilgan holatdagi kartoshka va boshqa sabzavotlarni 2 soatdan ortiq vaqt mobaynida saqlanmaydi. Salat uchun qaynatilgan sabzavotlar sovutkichda +2 +4 0S haroratda 6 soatgacha saqlanadi.
7.16. Archilgan kartoshka va boshqa sabzavotlar qorayib, qurib qolmasligi uchun sovuq suvda 2 soatgacha vaqt mobaynida saqlanadi.
7.17. Salat uchun moʻljallagan xom sabzavotlar va koʻkatlar 3% li sirka kislotasi yoki 10% li osh tuzi eritmasida 10 daqiqa davomida saqlanib, oqar suvda chayiladi.
7.18. Taomlar va pishiriqlarni frityurda qovurishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yarim tayyor mahsulotlarni qovurishda materiallar xavfsizligi talablariga mos, yogʻ (moy) lashni talab etmaydigan maxsus qoplamali idishlardan foydalaniladi.
7.19. Oziq-ovqat mahsuloti yoki mahsulotlar aralashmasidan pazandachilik mahsulotini maromiga yetkazib tayyorlashda quyidagilarga amal qilinadi:
qaynatilgan goʻsht, parranda yoki baliqdan ikkinchi taomni tayyorlashda yoki birinchi taomlarga qoʻshib berilganda boʻlaklangan goʻshtga shoʻrvada 5 — 7 daqiqa davomida qayta termik ishlov beriladi;
birinchi ovqatlar uchun boʻlaklarga ajratilgan goʻsht dasturxonga tortish oldidan marmitda yoki issiq gaz plitasida 1 soatgacha saqlanadi;
taom tarkibiga kiruvchi masalliqlar qoʻl bilan aralashtirilmaydi, buning uchun oshxona jihozlaridan foydalaniladi;
kartoshka (sabzavot)li pyure tayyorlashda elektr mexanik uskunalardan foydalaniladi;
garnir va boshqa taomlarga qoʻshiladigan sariyogʻ qaynash darajasigacha eritiladi;
tuxum suv qaynagach 10 daqiqa davomida pishiriladi;
tuxum alohida taom sifatida va taomlar tarkibida qoʻshimcha mahsulot sifatida tayyorlanadi;
tarkibida tuxum boʻlgan omlet va zapekankalar duxovkada tayyorlanadi, qalinligi 2,5 — 3 smdan ortiq boʻlmagan omletlar 180 — 200 darajali haroratda, 8 — 10 daqiqa davomida, qalinligi 3-4 smdan oshmaydigan zapekankalar esa 20-30 daqiqa davomida, 220 — 280 darajali haroratda pishiriladi;
tuxumli masalliq (massa)ning +2 +4 0S haroratda 30 daqiqagacha saqlanadi;
guruch va makaron mahsulotlaridan tayyorlanadigan garnirlar katta hajmdagi suvda (1:6 dan kam boʻlmagan nisbatda) qaynatiladi, qaynatilgan mahsulotlar chayilmaydi.
7.20. Tayyor birinchi va ikkinchi taomlar marmit yoki qaynoq plitada yoxud izotermik idishlar (termoslar)da tayyorlanish vaqtidan boshlab 2 soatgacha saqlanadi. Sovib qolgan tayyor taomlar isitilmaydi.
7.21. Issiq taomlar (shoʻrva, sous, ichimliklar) tarqatilish vaqtida xarorati 75 0S dan past boʻlmasligi, ikkinchi taom va garnirlarning harorati 65 0S kam boʻlmasligi, sovuq shoʻrva va ichimliklarning harorati esa 14 0Sdan oshmasligi belgilangan.
7.22. Yaxna salatlar porsiyalangan holda +2 +4 0S haroratdagi sovutiladigan peshtaxta yoki rastaga joylashtiriladi va bir soat ichida tarqatiladi.
7.23. Yangi koʻkatlar taomga tarqatish oldidan solinadi va 5 daqiqa qaynatiladi.
7.24. Salatlarni tayyorlash va tuzlash bevosita dasturxonga tortish oldidan amalga oshiriladi. Salatlarga smetana, mayonez va sirka kislotasi qoʻshilmaydi.
7.25. Taʼlim muassasalarining ovqatlanish xonalarida oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilab qoʻyilgan va mahsulotlarning zararsizligi, sifati hamda kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlarda qayd etilgan yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlariga amal qilinadi.
8-bob. Vitamin va mikroelementlar tanqisligini oldini olish talablari
8.1. Namunaviy taomnomani tuzishda ovqatlanish ratsioni orqali mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasida belgilangan vitamin va mineral tuzlarning kirib kelishini hisobga olish zarur.
8.2. Vitaminlarga boʻlgan tabiiy ehtiyojni qondirish uchun ovkatlanish ratsionini qoʻshimcha ravishda tarkibida vitamin va mineral tuzlar boʻlgan mikronutriyentlar bilan boyitishga ruxsat beriladi.
8.3. Ratsionni qoʻshimcha ravishda mikronutriyentlar bilan boyitish uchun taomnoma tarkibida mikronutriyentlarni saqlovchi maxsus oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, vitaminlashtirilgan instant ichimliklarni kiritish va uchinchi taomlarni maxsus vitaminli-mineral aralashmalar bilan vitaminlashtirish tavsiya etiladi.
8.4. Taomlarni vitaminlashtirish jarayoni tibbiyot xodimi (u yoʻq boʻlgan holda boshqa masʼul shaxs) nazorati ostida amalga oshiriladi. Vitaminlashtirilgan taomni isitish tavsiya qilinmaydi. Uchinchi taomni vitaminlashtirish koʻrsatmalarda belgilangan aralashma (premiks) lardan foydalanish tartibiga koʻra amalga oshiriladi. Instant vitaminli ichimliklar belgilangan foydalanish tartibi asosida, bevosita isteʼmol qilishdan oldin tayyorlanadi.
8.5. Ratsionni qoʻshimcha ravishda mikronutriyentlar bilan boyitish jarayonida mikronutriyentlarning aniq miqdori hisobga olinishi shart.
8.6. Taomlarni vitaminlashtirish oʻrniga draje, tabletka, pastilka yoki boshqa koʻrinishdagi polivitamin preparatlarni qoʻllash mumkin emas.
8.7. Taʼlim muassasasi rahbariyati muassasada vitamin va mikroelementlar tanqisligi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ota-onalarni xabardor qilishi shart.
9-bob. Ichimlik rejimini taʼminlovchi tashkilotlarga talablar
9.1. Taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning markazlashgan suv taʼminoti tizimlaridagi suv sifatini belgilovchi gigiyenik talablarga mos toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishi koʻzda tutilishi kerak.
9.2. Taʼlim muassasidagi ichimlik rejimi quyidagi shakllarda tashkil etilishi kerak: statsionar suv ichish favvorachalari, idishlardagi kaynatilgan suv va qadoqlangan suv holatida.
9.3. Oʻquvchilar taʼlim muassasasida qoladigan vaqt mobaynida ular suvdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
9.4. Stansionar ichimlik favvorachalari 10 sm dan kam boʻlmagan vertikal suv oqimi atrofida chegaralab turuvchi doiraning boʻlishini ham koʻzda tutishi kerak.
9.5. Agar tashkilot idishdagi suv orqali ichimlik rejimini tashkil etsa, u yetarli miqdordagi toza idishlar (oshxonada — chinni, fayans, oʻquv va yotoq xonalarida — bir martalik stakanlar), shuningdek, toza va ishlatilgan chinni yoki fayans idishlar uchun alohida patnislar bilan taʼminlangan boʻlishi shart. Bir martalik idishlarni toʻplash uchun maxsus konteynerlar boʻlishi kerak.
9.6. Taʼlim muassasasiga keltiriladigan qadoqlangan suvning sifati va xavfsizligi haqidagi hujjati boʻlishi shart.
10-bob. Kichik komplektli taʼlim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish talablari
10.1. Kichik (50 nafargacha oʻquvchisi mavjud boʻlgan) taʼlim muassasalarida ovqatlanishni tashkillashtirish uchun xona sonini bittagacha qisqartirilishi mumkin.
10.2. Oziq-ovqat isteʼmol qilish xonalari ikki zonali boʻlishi maqsadga muvofiq:
1) texnologik jihozlar joylashtiriladigan xona — yuvish, muzlatkich kabilar;
2) ovqat isteʼmol qilinadigan xona.
Minimal tarzda quyidagi jihozlar joylashtirilishi mumkin: duxovkali elektr plitasi, uni ustida tortma shkaf oʻrnatilgan holda, muzlatgich, elektr suvisitgich, 2 ta seksiyali idish yuvish chanogʻi, taom isteʼmol qilish xonasida qoʻl yuvish chigʻanogʻi, issiq va sovuq suv, qoʻl yuvish chanogʻining quvuri kanalizatsiyaga ulangan boʻlishi shart. Qoʻlni yuvish uchun sovun, elektr qoʻl quritgich yoki bir martalik sochiq bilan taʼminlanadi.
11-bob. Oshxona xodimlari faoliyatini tashkil etish talablari
11.1. Taʼlim muassasasidagi oʻquvchilarning ovqatlanishini taʼminlovchi ishchilar oʻz faoliyatida gigiyena qoidalariga amal qilishlari shart.
Oshxona xodimlarining maishiy xonalari amaldagi umumiy ovqatlanish korxonlarining maishiy va maʼmuriy xonalari uchun sanitariya qoidalari va normalari asosida tashkil etiladi.
11.2. Taʼlim muassasalarining ovqatlanish xonasini tashkil etishda uning mikroiqlim koʻrsatkichlari, konditsioner ishlatilishi va ventilyator ishlatilishi kabi holatlar inobatga olinishi kerak.
11.3. Taʼlim muassasalarining ovqatlanish joylarida ish zonasi havosidagi zararli moddalarning konsentratsiyasi belgilangan normadan oshmasligi shart.
11.4. Xonalarning tabiiy va sunʼiy yoritilishi gigiyenik talablarga mos boʻlishi kerak.
11.5. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinning darajasi jamoat ovqatlanish tashkilotlari uchun belgilangan gigiyenik normalardan oshib ketmasligi lozim.
12-bob. Taʼlim muassasalari ovqatlanish oshxonalari xodimlari tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtish va kasbiy gigiyenik tayyorgarlikka qoʻyiladigan talablar
12.1. Taʼlim muassasalarida oʻquvchilar oʻrtasida yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish maqsadida xodimlar tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi uchun oshxonada sharoitlar yaratilishi kerak.
12.2. Qoʻl yuvish uchun barcha ishlab chiqarish sexlarida issiq va sovuq suvlar oʻtkazilishi, ularni aralashtirish moslamasi boʻlgan chanoqlari oʻrnatilishi kerak. Alohida sovun va shaxsiy yoki bir martalik sochiqlarni qoʻyadigan joy boʻlish kerak. Ishlab chiqarish vannalarida qoʻllarni yuvish mumkin emas.
12.3. Oshxonaning har bir ishchisi uch komplektdan kam boʻlmagan miqdorda (muntazam almashtirish maqsadida) maxsus ish kiyimi (xalat yoki kurtka, fartuk, shim, bosh kiyim, yengil sirpanchiq boʻlmagan oyoq kiyim) bilan taʼminlanishi kerak.
12.4. Ovqatlanish oshxonalarida xodimlar uchun moʻljallangan maxsus ish kiyimlarni markazlashgan holda yuvishni tashkil qilish kerak.
12.5. Oshxona ishchilarining majburiyatlari:
ish joyiga toza va ozoda kiyim va oyoq kiyimda kelish;
maishiy xonada ustki kiyim-bosh, shaxsiy narsalarni qoldirish;
ish boshlashdan oldin, hojatxonaga borib kelgandan soʻng, shuningdek har safar ish faoliyatini almashtirganda qoʻlni sovun bilan tozalab yuvish;
tirnoqlarni taqab olib tashlash;
ovqat, pazandalik va qandolat mahsulotlarini tayyorlash jarayonida barcha taqinchoqlar, soat va boshqa sinuvchan narsalarni yechib qoʻyish, tirnoqlarni lak bilan boʻyamaslik, maxsus kiyimni toʻgʻnogʻich (bulavka)lar bilan qadamaslik kerak;
maxsus toza ish kiyimida ishlash, uni kir boʻlishi bilan almashtirish;
sochlarni shapkacha yoki roʻmol tagiga olish;
maxsus ish kiyimida koʻchaga chiqish va xojatxonaga borish taʼqiqlanadi;
ish joyida ovqatlanish va chekish qatʼiyan maʼn etiladi.
12.6. Garderoblarda personalning shaxsiy buyumlari va oyoq kiyimi maxsus kiyimdan alohida saqlanishi kerak (shaxsiy shkafda).
12.7. Tuxumlarni qayta ishlab boʻlgandan soʻng, ularni boʻlishdan avval, bu ishni bajaradigan ishchilar toza ish kiyim kiyishlari shart, qoʻlni sovun bilan yuvib, ruxsat etilgan dezinfeksiya vositasi bilan tozalash kerak.
12.8. Shamollash yoki oshqozon-ichak kasalliklari bezovta qilganda, oʻz oilasida ichak infeksiyalari bilan kasallangan barcha holatlarda, shuningdek, yiringli yaralar, kesilishlar, kuyishlar haqida ishchi maʼmuriyatni ogohlantirishi kerak va tibbiy yordam uchun murojat qilishi lozim.
Ichak infeksiyalari, terining yiringlashi, yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanish kasalliklari boʻlsa, biror joyi kuygan yoki kesib olgan boʻlsa, vaqtincha ishga qoʻyilmaydi. Faqat tuzalganidan soʻng, tibbiy koʻrik va shifokor xulosasiga qarab ishlashiga ruxsat beriladi.
12.9. Har bir xodim belgilangan namunadagi shaxsiy tibbiy kitobchasiga ega boʻlishi kerak, unga tibbiy koʻriklar va laboratoriya tahlillari natijalari, yuqumli kasalliklar haqida maʼlumotlar, kasbiy gigiyenik tayyorgarlik toʻgʻrisidagi belgilar kiritiladi.
12.10. Oshxona birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun aptechka bilan taʼminlanishi zarur.
13-bob. Sanitariya qoidalariga rioya qilishga qoʻyiladigan talablar
13.1. Faoliyati issiq ovqatlanishni tashkil etish va (yoki) taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan yuridik shaxslar taʼlim oluvchilarning sogʻligʻini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan profilaktik chora-tadbirlarni joriy qilish maqsadida quyidagilarni taʼminlaydi:
har bir tashkilotda mazkur sanitariya qoidalarining mavjudligi;
korxonaning har bir xodimi tomonidan sanitariya qoidalari talablarining bajarilishi;
markazlashmagan suv taʼminoti boʻlganda uning xavfsizligiga;
ovqat va mahsulotlarni tayyorlash hamda tarqatish jarayonining barcha bosqichlarida sanitariya qoidalariga rioya qilinishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
ishga sogʻligi boʻyicha ruxsatga ega, kasbiy, gigiyenik tayyorgarlik va attestatsiyadan oʻtgan shaxslarni qabul qilish;
har bir xodimda shaxsiy tibbiy kitobchaning mavjudligi;
barcha xodimlarning ishga kirishdan oldin va keyinchalik muntazam ravishda belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi;
gigiyenik oʻqishlar dasturi (sanminimum) boʻyicha xodimlarning gigiyenik tayyorgarlik va qayta tayyorlashni tashkil etish;
sanitariya-epidemiologiya xizmati boʻlimlari koʻrsatmalarini bajarish;
kundalik kerakli hujjatlar nazorati (mahsulotni sifatli-sifatsizga ajratuvchi jurnallar, oʻtkir ichak xastaligi va yiring toʻplangani toʻgʻrisida ishchilarni tekshiruv jurnali va boshqalar mazkur sanitariya qoidalariga muvofiq boʻlishi shart);
ish kiyim-kechagi kiyimni yuvish va soz holatga keltirishni muntazam markazlashtirilgan holda tashkillashtirish;
korxonaning ishga yaroqli texnologiyalari, muzlatgichi va boshqa jihozlari;
ishlab chiqarish inventarlari, idish-tovoq, yuvish jihozlari, dezinfeksiya vositalari va boshqa material-texnik moslamalar, asbob-uskunalari;
xonani dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilish bilan bogʻliq tadbirlar oʻtkazish;
birinchi tibbiy yordam aptechkasining mavjudligi va uning uzluksiz ravishda toʻldirib borilishi;
ishchilar oʻrtasida maʼruza, suhbat va turli anjumanlar oʻtkazish yoʻli bilan sanitariya-maʼrifiy ishlarni tashkillashtirish.
13.2. Taʼlim muassasasida oʻquvchilarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi uchun ovqatlanishni tashkil etuvchi masʼuldir.
13.3. Tibbiyot xodimlari taʼlim muassasida ovqatlanishni tashkil etishda oziq-ovqat maxsulotining xavfsizligi va sifatini nazorat qilib boradi.
13.4. Taʼlim muassasalarining ovqatlanish xonasiga olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi, ishlab chiqarilgan sanasi, saqlash muddati shartlarni kafolatlovchi hujjatlarga muvofiq kelishi shart. Ilova qilingan hujjatlarni mahsulot tugaguncha saqlash lozim.
Etkazilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilish jurnalga yozib boriladi (13-ilovaning 1-shakli). Oziq-ovqatlar sifatini tekshiradigan (brakeraj) komissiya aʼzolari uch kishidan kam boʻlmasigi lozim: tibbiy xodim, oshxona xizmatchisi va taʼlim muassasasining vakili.
13.5. Tayyor taomlar faqatgina organoleptik baholanib koʻrilgandan keyingina tarkatiladi.
Xar kuni taomlardan 1 porsiyasi sutkali namuna sifatida maxsus idishlarga olinib muzlatkichda saklanadi (13-ilovaning 2-shakli).
Porsiyali taomlarning vazni taomnomada koʻrsatilganidek boʻlishi kerak. Ovqat tayyorlash texnologiyasi buzilgan holda, shuningdek, tayyor boʻlmagan holda yoki aniqlangan pazandachilik muammolar bartaraf etilmaguncha ovqat dasturxonga taqdim etilmaydi.
13.6. Har kuni ishga kirishishdan oldin tibbiyot xodimi tomonidan taʼlim muassasasining oshxona xodimlarining yara-yiring, qoʻl terisi kasalliklari va tananing ochiq joylari xastaliklari, shungingdek, angina, nafas olish yoʻllarining kataral holatlarini tekshirishi lozim. Kundalik tekshiruv natijalarini “Salomatlik jurnali”ga yoziladi (13-ilovaning 3-shakli).
13.7. Ovqatni vitaminlar bilan boyitish tibbiyot xodimining, u yoʻq boʻlgan paytda biriktirilgan boshqa masʼul shaxsning nazoratidan oʻtkaziladi. Ovqatni vitaminlashtirish sanasi va vaqti, porsiya sifati, oʻquvchilar soni va sutkalik dozalar hisobiga qarab beriladigan preparat miqdori, shuningdek, sunʼiy vitaminlashtirilgan taomlar orqali beriladigan vitaminlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Shirinliklar va shirin taomlar jurnali”da tavsiya etilayotgan shaklga muvofiq qayd etiladi (13-ilovaning 4-shakli).
13.8. Ovqatlanish ratsioni tarkibi, miqdori va sifatini foydalanilayotgan oziq-ovqat va xomashyo assortimentlarini nazorat qilish uchun tibbiy xodim tomonidan tavsiya etilgan shaklga koʻra “Ovqatlanishni nazorat qilish hisoboti” yuritiladi (13-ilovaning 6-shakli).
Har hafta yoki 10 kunlik oxirida bir marotabadan oʻrtacha sutkalik ovqatlanish normalarini hisoblash va qiyoslash (1 kishi uchun kundalik hisob-kitob) oʻtkaziladi.
13.9. Tez aynib qoladigan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi termometrdan foydalanilgan holda (simobli termometr taʼkiqlanadi) nazoratdan oʻtkaziladi. Olingan maʼlumotlar “Harorat oʻlchovi va muzlatgich jihozlari jurnali”ga qayd etib boriladi (13-ilovaning 5-shakli).
13.10. Texnologik jarayonga amal qilishni nazorat qilish maqsadida har bir tayyor taom partiyasidan sutkalik namunani olish. Oshxona xodimi (oshpaz) mazkur sanitariya qoidalarining 14-ilovasida koʻzda tutilgan taomlardan sutkalik namunani oladi. Uning toʻgʻri amalga oshirilgani va toʻgʻri saqlanayotganini esa tibbiyot xodimi nazorat qiladi.
13.11. Oziq-ovqatlarga qoʻyiladigan tegishli gigiyenik talablarga binoan tayyor taomlar xavfsizligini tasdiqlash va oziq-ovqat mahsulotlaridagi oziq-ovqat qiymatini (oqsil, yogʻ, uglevod, kaloriyasi, mineral moddalar va vitaminlar) aniqlash, sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Tekshiruvlar tartibi va hajmi, nomenklaturasi, laboratoriya va instrumental tadqiqotlar oʻtkazish hajmi va davriyligi mazkur sanitariya qoidalarining 15-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
13.12. Taʼlim muassasasida toʻgʻri ovqatlanish koʻnikmalari va madaniyati, etikasi, turli kasalliklar, ovqatdan zaharlanish va infeksion xastaliklar profilaktikasiga oid ishlar (maʼruza, seminar, oʻyin, viktorinalar va salomatlik kunlari) ni tashkillashtirish tavsiya etiladi.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 1-ILOVA
Taʼlim muassasalarining ovqatlanish xonalari, ishlab chiqarish xonalarini jihozlarning
MINIMAL ROʻYXATI
Ishlab chiqarish xonasining nomi Jihozlar Omborxonalar Stellaj, taglik va muzlatkichlar Sabzavotlarga ishlov berish sexi (sabza-votlarni dastlabki ishlovi uchun) Ishlab chiqarish stollari (kamida ikkita), kartoshka tozalovchi va sabzavot maydalovchi mashinalar, yuvish vannalari (kamida ikkita), qoʻl yuvish rakovinasi Sabzavotlarga ishlov berish sexi (sabzavotlarning ikkilamchi ishlovi uchun) Ishlab chiqarish stollari (kamida ikkita), yuvish vannasi, universal mexanik uzatma va (yoki) sabzavot maydalovchi mashina, muzlatkich, qoʻl yuvish rakovinasi Sovuq ishlov berish sexi Ishlab chiqarish stollari (kamida ikkita), nazorat tarozisi, oʻrtacha haroratdagi shkaflar (“mahsulot qoʻshnichiligi”ga amal qilish va oziq-ovqat mahsulotlarining zarur hajmda saqlash imkonini beradigan miqdorda), universal mexanik uzatma yoki (va) sabzavot maydalovchi mashina, havoni mikroblardan tozalash uchun bakteriotsid lampa, termik ishlanmaydigan sabzavotlar, koʻkatlar va mevalarning qayta ishlovi uchun yuvish vannasi, nazorat tarozisi, qoʻl yuvish rakovinasi Goʻsht-baliq maxsulotlariga ishlov berish sexi Ishlab chiqarish stollari (mol goʻshti, baliq va parranda goʻshtini maydalash uchun) — kamida uchta, nazorat tarozisi, oʻrtacha va zarur hollarda past haroratli muzlatkichlar (“mahsulot qoʻshnichiligi”gaamalqilish va oziq-ovqat mahsulotlarining zarur hajmda saqlash imkonini beradigan miqdorda), elektr goʻshtqiymalagich, goʻsht maydalash uchun kunda, yuvish vannalari (kamida ikkita), qoʻl yuvish rakovinasi. Tayanch oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarida qiyma aralashtirish va kotlet tayyorlovchi avtomatik mashinalarning boʻlishi ham koʻzda tutiladi. Tuxumlarga ishlov berish uchun xona Ishlab chiqarish stoli, uchta yuvish vannasi (idish), ishlov berilgan tuxumlar uchun idish, qoʻl yuvish rakovinasi Un sexi Ishlab chiqarish stollari (kamida ikkita), xamir qoruvchi mashinalar, nazorat tarozisi, novvoy shkafi, stellaj, yuvish vannasi, qoʻl yuvish rakovinasi. Bu ishlab chiqarish xonasida unni elakdan oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozim. Tayyorlov sexi Ishlab chiqarish stollari (kamida uchta), nazorat tarozisi, oʻrta va past haroratdagi shkaflar (“mahsulot qoʻshnichiligi”ga amal qilish va yarim tayyor mahsulotlarning zarur hajmda saqlash imkonini beradigan miqdorda), sabzavot maydalagich, yuvish vannalari (kamida uchta), qoʻl yuvish rakovinasi Non kesish uchun xona Ishlab chiqarish stoli, non kesadigan mashina, non saqlash uchun shkaf, qoʻl yuvish rakovinasi Issiq ishlov berish sexi (taomlarni pishirish sexi) Ishlab chiqarish stollari (kamida ikkita — xom va tayyor mahsulot uchun), elektr plitasi, elektr tova, duxovkali (pishirish) shkafi, tayyor mahsulot uchun elektr uzatma, elektr qozon, nazorat tarozisi, qoʻl yuvish rakovinasi. Tarqatish xonasi Birinchi, ikkinchi va uchinchi taomlar uchun marmitlar hamda muzlatkich prilavkalari (vitrina, seksiya) Ovkatlanish xonasi idish-tovoqlarini yuvish xonasi Ishlab chiqarish stoli, idish-tovoq yuvish mashinasi, oshxona idishlarini yuvish uchun uch seksiyali chanok, shisha idish va oshxona jihozlari uchun ikki seksiyali chanok, idishlarni quritish uchun stellaj (shkaf), qoʻl yuvish rakovinasi Oshxona idishlarini yuvish xonasi Ishlab chiqarish stoli, ikkita yuvish vannasi, stellaj, qoʻl yuvish rakovinasi Taralarini yuvish xonasi Ikki seksiyali yuvish vannasi, quritish uchun stellaj Oziq-ovqat tarqatiladigan bufetning ishlab chiqarish xonasi Ishlab chiqarish stollari (kamida ikkita), elektr plitasi, muzlatkichlar (kamida ikkita), marmitlar bilan jihozlangan taqsimlovchi, idish yuvadigan, qoʻl yuvish rakovinasi Oziq-ovqat tarqatiladigan bufetning idish yuvish xonasi Oshxona idishlarini yuvish uchun uch boʻlimli (seksiya)li chanok, ikki boʻlimli (seksiyali) chanok — shisha idish va oshxona jihozlari uchun, quritish stelaji (shkafi), qoʻl yuvish uchun rakovina Oziq-ovqatlarni qabul qilish xonasi Tushlik stoli, elektrplitasi, muzlatkich, shkaf, yuvish vannasi, qoʻl yuvish uchun rakovina
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 2-ILOVA
Taklif qilinayotgan taomnomalarning namunaviy tuzilish shakli va tayyorlanadigan ovqatlarning ozuqaviy qiymati
Kun: Dushanba Hafta: birinchi Mavsum: Kuzgi-qishki Yosh kategoriyasi: 12 yosh va undan katta Rets. taomnoma Porsiya massasi Ozuqa moddalari Ozuqaviy quvvati (kkal) Vitaminlar (mg) Mineral moddalar (mg) O Yo U V1 S A E Sa R Mg Fe 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 3-ILOVA
7 — 11, 11 va undan katta yoshdagi oʻquvchilar uchun tavsiya etilayotgan bir kishiga moʻljallangan ovqat miqdori (grammda)
Ovqat nomi Porsiyaning massasi (grammda) 7 yoshdan 11 yoshgacha 11 yosh va undan katta Boʻtqa, sabzavotli, tuxumli, tvorogli,goʻshtli ovqatlar 150 — 200 200 — 250 Ichimliklar (choy, kakao, sharbat, kompot, sut, qatiq va boshqalar) 200 200 Salat 60 — 100 100 — 150 Shoʻrva 200 — 250 250 — 300 Goʻsht, kotlet 80 — 120 100 — 120 Garnir 150 — 200 180 — 230 Mevalar 100 100
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 4-ILOVA
1-jadval Umumtaʼlim maktablarining 7 — 11 yosh va yuqori yoshdagi oʻquvchilar uchun ozuqa moddalari va energiyaga boʻlgan sutkalik ehtiyoji Ozuqa moddalarining nomi Oʻquvchilarni ozuqa moddalariga boʻlgan extiyoji 7 — 11 yosh 11-yosh va kattalar uchun Oqsillar (g) 77 90 Yogʻlar (g) 79 92 Uglevodlar (g) 335 383 Energetik qiymati (kkal) 2 350 2 713 Vitamin V1 (mg) 1,2 1,4 Vitamin V2 (mg) 1,4 1,6 Vitamin S (mg) 60 70 Vitamin A (mg ret. ekv) 0,7 0,9 Vitamin E (mg tok.ekv) 10 12 Kalsiy (mg) 1 100 1 200 Fosfor (mg) 150 1 800 Magniy (mg) 250 300 Temir (mg) 12 17 Rux (mg) 10 14 Yod (mg) 0,1 0,12 2-jadval Oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining oziq moddalariga boʻlgan kundalik ehtiyoji Oziq moddalarning nomi Oʻsmirlarning oziq moddalariga boʻlgan oʻrtacha ehtiyoji yigitlar qizlar Oqsillar (g) 98 — 113 90 — 104 shu jumladan jonivorlar mahsulotlari 59 — 68 54 — 62 Yogʻlar (g) 100 — 115 90 — 104 shu jumladan oʻsimlik mahsulotlari 30 — 35 27 — 31 Uglevodlar (g) 425 — 489 360 — 414 Energetik quvvati (kkal) 3 000 — 3 450 2 600 — 2 990 Vitaminlar: S vitamini (mg) 70 70 A vitamin� (mg ret. Ekv) 1,0 0,8 E vitamini (mg tok.ekv) 15 12 Tiamin (mg) 1,5 1,3 Riboflavin (mg) 1,8 1,5 Piridoksin (mg) 2,0 1,6 RR (mg niats.ekv) 20 17 Folat (mkg) 200 200 Mineral moddalar: Kalsiy (mg) 1 200 1 200 Fosfor (mg) 1 800 1 800 Magniy (mg) 300 300 Temir (mg) 15 18 Yod (mg) 0,13 0,13 3-jadval Taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni ovqatlanishiga koʻra energiya va oziq-ovqatlarni isteʼmol qilishning foiz koʻrsatkichlarini taqsimlash Ovqatlanish Ozuqa moddalar va energiyaga boʻlgan bir kunlik talab miqdori Maktabdagi nonushta (birinchi smena) 20 — 25% Maktabda tushlik 30— 35% Maktabda ikkinchi tushlik 10 — 15% Jami 60 — 70% 4-jadval Toʻliq kunlik taʼlim muassasada (maktab-internatlar) oʻquvchilarni ovqatlanishiga koʻra energiya va oziq-ovqatlarni isteʼmol qilishning foiz koʻrsatkichlarini taqsimlash boʻyicha tavsiya Ovqatlanish Ozuqa moddalar va energiyaga boʻlgan bir kunlik talab miqdori Nonushta 20 — 25% Ikkinchi nonushta 10% Tushlik 30 — 35% Ikkinchi tushlik 10% Kechki ovqat 25 — 30%
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 5-ILOVA
Pazandachilik maxsulotning ishlab chikarish (texnologik) xaritasi (ovqat) №________ Oshxona mahsuloti (ovqat)ning texnologik xaritasi1______ Oshxona mahsuloti (ovqat)ning nomi: Tarkib raqami: Tarkib jamlamasining nomlanishi: Xom ashyoning nomi Xom ashyo va yarim fabrikatni chiqishi 1 kishilik 100 kishilik Brutto, g Netto, g Brutto, g Netto, g Chiqish: 1 kishilik taomning kimyoviy tarkibi, vitaminlar, mikroelementlar Oqsillar (g): Ca (mg): Yogʻlar (g): Mg (mg): Ugevodlar (g): Fe (mg): Energetik quvvati (kkal): C (mg):
Tayyorlash texnologiyasi: tayyorlash jarayonlari va texnologik rejimlar koʻrsatilgan holda.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 6-ILOVA
Oqsil va uglevodlar boʻyicha mahsulotlarning oʻrnini almashtirish jadvali (100 gramm mahsulotga)
Mahsulotlar nomlanishi Miqdori Kimyoviy tarkibi Kunlik ratsionga qoʻshimcha yoki kamaytirish Oqsillar, g Yogʻlar, g Uglevodlar, g Non almashinuvi (oqsil va uglevodlar boʻyicha) Bugʻdoy noni 100 7,6 0,9 49,7 Oddiy javdar noni 150 8,3 1,5 48,1 Bugʻdoy uni 1-nav 70 7,4 0,8 48,2 Makaron, vermishel 70 7,5 0,9 48,7 Manna yormasi 70 7,9 0,5 50,1 Kartoshka almashinuvi (uglevodlar boʻyicha) Kartoshka 100 2,0 0,4 17,3 Lavlagi 190 2,9 - 17,3 Sabzi 240 3,1 0,2 17,0 Oq bosh karam 370 6,7 0,4 17,4 Makaronlar, vermishel 25 2,7 0,3 17,4 Manna yormasi 25 2,8 0,2 17,9 Bugʻdoy noni 35 2,7 0,3 17,4 Oddiy javdar noni 55 3,1 0,6 17,6 Yangi olma almashinuvi (uglevodlar boʻyicha) Yangi olma 100 0,4 - 9,8 quruq olma 15 0,5 - 9,7 Bargak (turshak) 15 0.8 - 8,3 Olxoʻri qoqi 15 0.3 - 8,7 Sut almashinuvi (oqsil boʻyicha) Sut 100 2,8 3,2 4,7 Yarim yogʻli tvorog 20 3,3 1,8 0,3 Yogʻli tvorog 20 2,8 3,6 0,6 Pishloq 10 2,7 2,7 - Mol goʻshti (1-kat.) 15 2,8 2,1 - Baliq (file) 20 3,2 0,1 - Goʻsht almashinuvi (oqsil boʻyicha) Mol goʻshti (1-kat.) 100 18,6 14,0 Yarim yogʻli tvorog 110 18,3 9,9 Yogʻ+4 g Yogʻli tvorog 130 18,2 23,4 3,7 Yogʻ-9 g Baliq (file) 120 19,2 0,7 - Yogʻ+13 g tuxum 145 18,4 16,7 1,0 Baliq almashinuvi (oqsil boʻyicha) Baliq (file) 100 16,0 0,6 1,3 Mol goʻshti (1-kat.) 85 15,8 11,9 - Yogʻ-11 g Mol goʻshti (2-kat.) 80 16,0 6,6 - Yogʻ-8 g Yarim yogʻli tvorog 100 16,7 9,0 1,3 Yogʻ-8 g Yogʻli tvorog 115 16,1 20,7 3,3 Yogʻ-13 g tuxum 125 15,9 14,4 0,9 Yoq-13 g Tvorog almashinuvi Yarim yogʻli tvorog 100 16,7 9,0 1,3 Mol goʻshti (1-kat.) 90 16,7 12,6 - Yogʻ-3 g Baliq (file) 100 16,0 0,6 - Yogʻ+9 g tuxum 130 16,5 15,0 0,9 Yogʻ-5 g Tuxum almashinuvi (oqsil boʻyicha) Tuxum 1 dona 40 5,1 4,6 0,3 Yarim yogʻli tvorog 30 5,0 2,7 0,4 Yogʻli tvorog 35 4,9 6,3 1,0 Pishloq 20 5,4 5,5 - Mol goʻshti (1-kat.) 30 5,6 4,2 - Baliq (file) 35 5,6 0,7 -
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 7-ILOVA
Umumtataʼlim muassasalaridagi bolalar va oʻsmirlar uchun isteʼmolga tavsiya etiladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti
Goʻsht va goʻsht mahsulotlari:
I kategoriyali mol goʻshti,
buzoq goʻshti,
yogʻsiz qoʻy goʻshti (haftada 1-2-martadan koʻp emas),
parranda goʻshti,
kurka, quyon goʻshti;
baliq;
tovuq tuxumlari omlet yoki qaynatilgan holda.
Sut va sut mahsulotlari:
sut (2,5%, 3,2%, 3,5% yogʻlilik darajasi), pasterizatsiyalangan, sterillangan, quruq;
quyultirilgan sut (toza va shakar aralashtirilgan holda), quyultirilib-pishirilgan sut;
tvorog (yogʻlilik darajasi 9% va 18%li; agar yogʻlilik darajasi unchalik baland boʻlmasa — 0,5% li);
oʻtkir boʻlmagan turdagi pishloq (qattiq, yumshoq, eritilgan, ziravorlarsiz kolbasa turdagi);
termik qayta ishlanganidan soʻng qaymoq (10%, 15%, 30% yogʻlilik darajasi);
kefir (qattiq);
yogurtlar (termik ishlov berilmagan — tabiiy, sutli va qaymoqli turlari maʼqul);
qizaribroq ivigan qatiq (ryajenka), qatiq, bifidok va boshqa sut mahsulotlari;
qaymoq (yogʻlilik darajasi 10%, 20% va 30%).
Oziq-ovqat yogʻlari:
saryogʻ;
oʻsimlik yogʻi (kungaboqar, faqat dogʻlangan paxta yogʻi);
salatlarga, vinegretlar, seld baligʻi, ikkinchi taomlar salat yogʻi;
margarin pishiriqlar uchun; qovirish uchun cheklangan (faqat oliy navlar);
Qandolatchilik mahsulotlar:
konfetlar (zefir, qiyom, marmelad maʼqul), shokolad haftasiga bir martadan oshmasligi kerak;
qotirilgan kulcha non (galeta), pishiriq, kreker, vafli, keks (taʼm beruvchi moddalarsiz);
pishiriqlar, tortlar (uvalanadigan xamirli va biskvitli, kremsiz);
qiyom, murabbo, povidlo, korxonada qadoqlangan asal;
Sabzavotlar:
kartoshka, karam, gulkaram, sabzi, lavlagi, bodringlar, pomidorlar, qovoqcha (kabachki), kulchaqovoq (patisson), piyoz, chesnok (kichik maktab yoshidagi bolalar uchun cheklangan miqdorda), petrushka (kashnichsimon koʻkat), shivit, selderey (kashnichsimon oshkoʻk), tomat pastasi, tomat-pyure.
Mevalar:
olma, nok, olxoʻri, uzum, va bananlar;
har kimning isteʼmol qila olish qobiliyatiga qarab sitrusli (apelsin, mandarin, limon);
quritilgan mevalar;
Dukkaklilar:
noʻhat, loviya, soya, mosh.
Sharbat va ichimliklar:
mahalliy tabiiy va import sharbatlar, ishlab chiqarilgan ichimliklar (oqartirilgan va quyqali), imkon qadar kichik qadoqda;
konservantlarsiz va qoʻshimcha moddalarsiz ishlab chiqarish turidagi vitaminli ichimliklar;
kakao, choy;
ichimlik suv.
Konservalar:
goʻshtli konserva;
konserva ovqatlari (goʻshtli suyuq ovqat (rassolnik), mol goʻshtli karam shoʻrva, mol goʻshtli grechka kabi tabiiy mahsulotlar boʻlmaganda istisno tarzida);
losos (qizil goʻshtli baliq), sayra yogʻda, qovurilgan skumbriya baligʻi;
sharbatlar, meva boʻlaklari, baqlajon va qovoqcha ikrasi;
sterillangan pomidor va bodringlar.
non, yorma, makaron mahsulotlari — barcha turlari cheklanmagan miqdorda.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 8-ILOVA
Umumtaʼlim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlari roʻyxati
1. Goʻsht qoʻshilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar).
2. Sunʼiy taʼm, hid beruvchi moddalar, boʻyoqlar, aromatizatorlar qoʻshilgan qandolatchilik mahsulotlari.
3. Sunʼiy konservantlari bor mahsulotlar (kiriyeshki, xrustyashki).
4. Chipslar.
5. Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar.
6. Yaroqlilik muddati tugagan va sifatsiz boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari.
7. Bir kun oldin tayyorlangan va qolib ketgan ovqatlar.
8. Eskirgan, sifati buzilgan sabzavotlar.
9. Veterinariya nazoratidan oʻtmagan goʻsht, baliq, parrandalar.
10. Jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla poychalar.
11. Ichak-chavoqdan tozalanmagan parranda.
12. Tashqi qavati toza boʻlmagan, singan, shuningdek, salmonellezga nohush vaziyat deb topilgan xoʻjaliklardan olingan tuxumlar.
13. Bankalarni germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli oʻzgargan, yorligʻi boʻlmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan konservalar.
14. Turli aralashmalar bilan yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar.
15. Uy sharoitida tayyorlangan (ishlab chiqarish turidagi boʻlmagan) barcha oziq-ovqat mahsulotlari.
16. Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar).
17. Xolodets, parranda va tuyoqli xayvonlar oyogʻidan tayyorlangan hamda kalla goʻshti ruletlari, oʻpka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar.
18. Pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq.
19. Qoʻlbola qatiq.
20. Qoʻziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar.
21. Kvas.
22. Epizootik nohush xoʻjaliklardan olingan, shuningdek, dastlabki ishlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari.
23. Xom dudlangan goʻshtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan kaynatilgan kolbasa.
24. Issiqlik bilan ishlov berilmagan goʻsht, parranda, baliqdan tayyorlangan taomlar.
25. Sirka, xantal, xren, oʻtkir qalampir (qizil, qora) va boshqa oʻtkir ziravorlar.
26. Oʻtkir taʼmli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar.
27. Tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik ichimliklar, alkogol.
28. Pazandalik moylari, choʻchqa yogʻi, margarin va boshqa gidrogen yogʻlar.
29. Danakli mevalarning magʻzi.
30. Saqich.
31. Qimiz va tarkibida etanol boʻlgan (0,5%dan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar.
32. Ustiga sardak solinadigan (goʻshtli va baliqli) taomlar, qiyma yoki ezilgan seld baligʻidan kartoshka qoʻshib tayyorlangan ovqat.
33. Meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz).
34. Okroshka va sovuq shoʻrvalar.
35. Qiymali makaron, toʻgʻralgan tuxumli makaron (makaroni po flotski).
36. Yogʻda qovurilgan tuxum.
37. Pashtet, goʻsht va tvorogli quymoqlar.
38. Tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlar asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 9-ILOVA
1-jadval Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun taom va ichimliklar tayyorlashda foydalaniladigan va tavsiya etilgan kunlik oʻrtacha oziq-ovqatlar normalari Mahsulotlar nomi Oʻquvchilarning yoshiga qarab mahsulotlar miqdori g, ml, bruttoda 7 — 11 yosh 12 — 16 yosh Bugʻdoy noni 150 200 Bugʻdoy uni 15 20 Yorma, dukkaklilar 45 50 Makaron mahsulotlari 15 20 Kartoshka 250 250 Sabzavotlar, koʻkat 350 400 Hoʻl mevalar 200 200 Quruq mevalar, naʼmatak 15 20 Mevali sharbatlar, vitaminli ichimliklar, instant turdagilar 200 200 Suyakli goʻsht 1 kat. 95 105 Tozalangan joʻja goʻshti (1 kat.) 40(51) 60 (76) Lahm baliq goʻshti 60 80 Sut (yogʻlilik miqdori 2,5%, 3,2%) 300 300 Achitilgan sutli mahsulotlar (yogʻlilik miqdori 2,5%, 3,2%) 150 180 Tvorog (yogʻlilik miqdori 9%dan oshmasligi shart) 50 60 Pishloq 10 12 Qaymoq (yogʻlilik miqdori 15%dan oshmasligi shart) 10 10 Sariyogʻ 30 35 Oʻsimlik yogʻimoyi 15 18 Tuxum 1 dona 1 dona Shakar 30 35 Steviya 0,1 0,1 Qandolatchilik mahsulotlari 10 15 Choy 0,4 0,4 Kakao 1,2 1,2 Xamirturush 1 2 Tuz 5 7 2-jadval Ikki yoki toʻrt martalik ovqatlanish tartibi joriy etilgan oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari (17-18 yosh) uchun oziq-ovqat mahsulotlarining tavsiya etiladigan toʻplami Mahsulot nomi Oʻlchov birligi Oʻlchov kattaligi, bruttoda 4-martalik ovqatlanish tartibida 2-martalik ovqatlanish tartibida Goʻsht gramm 160 130 Jigar, til, yurak gramm 30 15 Baliq gramm 70 60 Seld gramm 5 5 Tuxum dona 1 1 Sut va sut mahsulotlari gramm 300 100 Yarim quyuq tvorog gramm 60 35 Qaymoq yogʻlilik darajasi 30% gramm 15 10 Pishloq gramm 15 10 Sariyogʻ gramm 25 25 sh.j. porsiyalangan sariyog gramm 20 20 Margarin (pishiriqlar uchun) gramm 30 20 Oʻsimlik yogʻi gramm 15 10 Makaron mahsulotlari gramm 20 10 Yorma gramm 60 40 Dukkakli don gramm 8 5 Bugʻdoy uni gramm 50 15 Bugʻdoy unidan suxari gramm 10 15 Kraxmal gramm 3 2 Shakar, qandolatchilik mahsulotlari gramm 60 30 Steviya gramm 0,1 0,1 Kartoshka gramm 300 210 Sabzavotlar gramm 350 250 Pomidor pyuresi gramm 10 10 Quritilgan mevalar gramm 15 10 Kofe Gramm 2 2 Choy Gramm 2 1 Kakao Gramm 0,5 0,5 Jelatin Gramm 0,3 0,3 Hoʻl mevalar yoki sharbat Gramm 85 60 Ziravorlar Gramm 2 1,5 Tuz Gramm 10 7 Xamirturush Gramm 1 - Bugʻdoy unidan non Gramm 280 180 Javdar unidan non Gramm 170 120
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 10-ILOVA
Oʻquvchilarni qoʻshimcha ovqatlantirishni tashkillashtirish uchun tavsiya etilayotgan mahsulotlar roʻyxati
T/r Oziq-ovqat mahsuloti Massa (porsiya, qadoq hajmi) Izoh 1. Mevalar (olma, nok, mandarin, apelsin, banan va boshqalar) - oldindan yuviladi, bittadan assortimentda, shu jumladan polimer materiallar qadogʻida foydalaniladi 2. Idishga solingan, gazlanmagan ichimlik suvi 500 ml. gacha ishlab chiqarish turidagi qadoqda tarkatiladi 3. Meva va sabzavot sharbatlari, ichimliklar, instant, vitaminli ichimliklar 250 — 300 ml assortimentda, ishlab chiqarish turidagi qadoqda tarkatiladi 4. Sterillangan sut va sut mahsulotlari (yogʻlilik darajasi 2,5 va 3,2%) 250 — 300 ml assortimentda, ishlab chiqarish turidagi qadoqda foydalaniladi 5. Achitilgan sutdan tayyorlangan mahsulotlar (yogʻlilik darajasi 2,5 va 3,2%) 200 g. gacha sovutish uskunasi borligida assortimentda, ishlab chiqarish turidagi qadoqda foydalaniladi 6. Tvorogli mahsulotlar (yogʻlilik darajasi 9%dan oshmasligi zarur) 125 g. gacha sovutish uskunasi borligida assortimentda, ishlab chiqarish turidagi qadoqda foydalaniladi 7. Non mahsulotlari 100 g. gacha assortimentda, ishlab chiqarish turidagi qadoqda foydalaniladi 8. Ishlab chiqarish va uyda pishirilgan, mikronutriyentlar bilan boyitilgan (vitaminli) xamirli qandolatchilik mahsulotlari (pishiriq, vafli, kichik kekslar) 50 g. gacha assortimentda, ishlab chiqarish turidagi qadoqda foydalaniladi 9. Qandolatchilik mahsulotlari (iris, zefir, batonchik, konfetlar) shu jumladan-mikronutriyentlar bilan boyitilgan (vitaminli), shokolad 25 g. gacha assortimentda, ishlab chiqarish turidagi qadoqda foydalaniladi
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 11-ILOVA
Tez buziladigan mahsulotlarni saqlash va foydalanish muddatlari
Mahsulot nomi 2 — 6 0S dan oshmaydigan haroratda saqlash va foydalanish, soat Yirik boʻlakli goʻshtli, yarim tayyor mahsulotlar 48 Muzlatilgan jigar 48 Sovutilgan jigar 24 Parranda goʻshti 48 Muzlatilgan parranda goʻshti 72 Pasterizatsiya qilingan sut, qaymoq, atsidofilin 36 Qatiq (kefir) 32 Qatiq (prostokvasha) 24 Yogʻli, yogʻsiz, parxez turidagi tvorog 36 Qaymoq (smetana) 72 Sirok, tvorogli mahsulotlar 0 — +2 haroratda 36 Yogʻli pishloqlar qutida: polistirol va boshqa polimer oʻramlarda shirin va mevali 48 Barcha turdagi muzlatilgan baliq 0 — -2 haroratda 24 Qaynatilgan tozalanmagan sabzavotlar 6
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 12-ILOVA
Maktab oʻquvchilari ovqatlanishini tashkil etish uchun 10 kunlik taomlar roʻyxati
1-kun.
Ertalabki nonushta: sutli guruchli boʻtqasi, non sariyogʻ bilan, shirin choy;
Tushlik: pomidor salati, mastava. goʻshtli jarkop, non, quruq meva kompoti.
Ikkinchi tushlik: tvorogli kulcha, sutli kakao.
2-kun:
Ertalabki nonushta: omlet, pishloq, non. qaynatilgan sut.
Tushlik: karam salati, noʻhotli shoʻrva, kotlet (mol goʻshtidan) kartoshka boʻtqasi bilan, non, kisel.
Ikkinchi tushlik: povidloli kulcha, vitamin bilan boyitilgan ichimlik.
3-kun:
Ertalabki nonushta: sutli boʻtqa, sutli kakao, non sariyogʻ bilan.
Tushlik: Bodring salati, karam shoʻrva, oʻzbekcha palov, non, shirin choy.
Ikkinchi tushlik: bulochka pishloq bilan, qatiq.
4-kun:
Ertalabki nonushta: sutli makaron shoʻrva, qaynatilgan tuxum, non sariyogʻ bilan, shirin choy.
Tushlik: pomidor salati, perlovkali shoʻrva, baliqli kotlet kartoshka boʻtqasi bilan, non, namatak ichimligi.
Ikkinchi tushlik: povidloli blinchik, sutli kakao.
5-kun:
Ertalabki nonushta: shiringuruch, sutli kakao, non.
Tushlik: bodring salati, shoʻrva, qaynatilgan tovuq goʻshti, grechka boʻtqasi bilan, non, quruq meva kompoti.
Ikkinchi tushlik: tvorogli balish, pechenye, qatiq.
6-kun:
Ertalabki nonushta: sutli grechka boʻtqasi, qaynatilgan tuxum, sutli kakao, non sariyogʻ bilan.
Tushlik: pomidor salati, moshhoʻrda, goʻshtli jarkop, non, kisel.
Ikkinchi tushlik: bulochka pishloq bilan, konfet, choy.
7-kun:
Ertalabki nonushta: omlet, pishloq, non, qaynatilgan sut.
Tushlik: bodring salati, vermishel shoʻrva, karam doʻlma, non, qatiq.
Ikkinchi tushlik: tvorogli kulcha, kisel, non.
8-kun:
Ertalabki nonushta: sutli manniy boʻtqasi, non sariyogʻ bilan, sutli kakao.
Tushlik: pomidor salati, karam shoʻrva, moshkichiri, non, namatak ichimligi.
Ikkinchi tushlik: sabzavotli balish, pechenye, qatiq.
9-kun:
Ertalabki nonushta: qaynatilgan tuxum, non sariyogʻ va pishloq bilan, shirin choy.
Tushlik: sabzi salati, qaynatma shoʻrva, tovuq goʻshtidan kotlet qaynatilgan guruch bilan, non, kompot.
Ikkinchi tushlik: povidloli balish, qaynatilgan sut.
10-kun:
Ertalabki nonushta: kartoshka boʻtqasi bilan blinchik, sutli kakao, pishloq, non.
Tushlik: lavlagi salati, mastava, teftel dimlangan karam bilan, non, kisel.
Ikkinchi tushlik: bulochka pishloq bilan, qatiq.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 13-ILOVA (tavsiya etilayotgan)
Taʼlim muassasasi Ovqatlanish muasasasining hisob-kitob hujjatlari shakli
1-shakl. “Oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosini sifatiga koʻra brakeraj jurnali” Oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyo olib kelingan sana va soati Oziq-ovqat mahsulotlari nomi Olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyosi miqdori (killogramm, litr va donada) Qabul qilingan oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini tasdiqlovchi hujjat raqami Olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlarining xomashyosi organoleptik bahosi natijalari Oziq-ovqat mahsulotri xomashyosidan foydalanishning soʻnggi muddati Oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosining ishlatilishi sanasi va soati Masʼul shaxs imzosi Izoh* 1 2 3 4 5 6 7 8 9
Izoh:
* Hisobdan chiqarilgan, qaytarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar koʻrsatiladi.
2-shakl. “Tayyor taomning brakeraj jurnali” Taomning tayyorlanishi vaqti va soati Namuna olingan vaqti Taomning nomi Tayyor mahsulotning organoleptik baholash natijalari Taom, pazandachilik mahsulotini isteʼmolga ruxsat etish Sifatiga baho berish komissiyasi aʼzolarining imzosi Izoh* 1 2 3 4 5 6 7
Izoh:
* Tayyor mahsulotni isteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmaganligi sabablari koʻrsatiladi.
3-shakl. “Salomatlik jurnali” T/r Ishchi-xodimning F.I.Sh. Lavozimi Oy/kunlar: _________ 1 2 3 4 5 6 ... 30 1. XXX Yordamchi ishchi Sogʻ* Chetlashtirildi K/v D/k T T Sogʻ.
Izoh:
Sogʻ. — sogʻlom;
Chetlatlashtirilgan — ishdan chetlashtirilgan;
T — taʼtil;
D/k — dam olish kunlari;
K/v — kasallik varaqasi.
4-shakl. “Shirinliklar va shirin taomlar jurnali” Sana Modda nomi Taom nomi Ovqatlanayotganlar soni Qoʻshilgan vitamin moddasining umumiy miqdori (gr) Modda kiritilishi yoki vitaminli taomning tayyorlanishi vaqti Taomni isteʼmol qilish muddati Izoh 5-shakl. “Harorat oʻlchovi va muzlatgich jihozlari jurnali” Ishlab chiqarish xonasi nomi Muzlatkich nomi Harorati graduslarda Sº Oy/kunlar; ________ 1 2 3 6 ... 30 6-shakl. “Ovqatlanishni nazorat qilish hisoboti” T/r Mahsulotlar guruhi nomi Mahsulot normasi* grammda (netto) Bir kishi/oʻquvchilar soniga ajratilgan issiq nonushtalar uchun gramm hisobida kunlab berilgan mahsulotlar nettosi Oʻrtacha 10 kun ichida Normadan farqi % (+/-) 1 2 3 ... 10
Izoh:
* Mazkur sanitariya qoidalarining 8-ilovasiga muvofiq oʻrtacha tavsiya etiladigan, jumladan, taom va ichimliklar uchun ishlatiladigan oziq-ovqat mahsulotlari yigʻindisi.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 14-ILOVA
Kundalik namunani belgilash boʻyicha tavsiyalar
Porsiyali taomlar toʻliq hajmda: salat, birinchi va uchinchi taomlar, garnirlar — 100 grammdan kam boʻlmagan miqdorda olinadi.
Namunalar qozondan sterillangan (qaynatilgan) qoshiqlar bilan qattiq yopiladigan shisha yoki metal qopqoqlari bor belgilangan steril (yoki qaynatilgan) shisha idishga olinadi.
Olingan namunalar kamida 24 soat davomida (dam olish kunlari va taʼtillar hisobga olinmagan holda) +2 — 6 haroratda maxsus muzlatkich yoki muzlatkichda ajratilgan maxsus joyda saqlanadi.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 15-ILOVA
Taʼlim muassasalarida ovqatlanishni tashkillashtirish, laboratoriya va instrumental tadqiqotlarini oʻtkazish uchun tavsiya etiladigan nomlar, hajm va davriylik
Tekshirishlar Tadqiqot (izlanish) obyekti Miqdori, kamida Karralilik, kam boʻlmagan holda Tayyor taomlar namunalarining sanitariya talablariga muvofiq mikrobiologik tahlili Salatlar, shirin taomlar, ichimliklar, quyuq ovqatlar, garnirlar, qaylalar, tvorogli, tuxumli va sabzavotli taomlar Oʻrganilayotgan ovqatdan 2-3ta taom Har chorakda 1-marta Energetik quvvati, taomlarning chiqishi va retseptga kimyoviy tarkibining mos kelishi Ovqatlanishning kunlik ratsioni 1 Yiliga 1-marta Taomlarni vitaminlar bilan boyitish Uchinchi taomlar 1 taom Yiliga 2-marta Sanitariya mikroflora (BGKP) koʻrsatkichini tekshirish maqsadida surtmalarning mikrobiologik tahlili Ishlab chiqarish obyektlaridagi anjomlardan, atrofidan, ishchilarning qoʻllari va maxsus kiyimidan 10 surtma namunasi Yiliga 1-marta Iyersiniozlar qoʻzgʻatuvchisi borligini tekshirish uchun surtmalarni mikrobiologik oʻrganish Sabzavot saqlanadigan om�orlar, sabzavotlarga ishlov berish sexidagi jihozlar 5 — 10 ta surtma namunalari Yiliga 1-marta Ichimlik suvning sanitariya qoidalariga mosligini kimyoviy va mikrobiologik koʻrsatkichlari asosida Ichimlik suvi keltirilgan xonalari tizimidan oshxona, idish tovoq yuviladigan joylardan, sabzavot, sovuq va issiq sexlardan. 2 namuna tanlab Kimyoviy koʻrsatkichlarga yiliga 1-marta, mikrobiologik koʻrsatkichlarga yiliga 2-marta Gelmint tuxumlarining boriligini oʻrganish uchun surtmalar tahlili Ishchilarning jihozlari, inventar, tara, qoʻllari va maxsus kiyimi, xom oziq-ovqat mahsulotlari (baliq, goʻsht, koʻkat) 2 ta namuna Yiliga 1-marta Ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlim koʻrsatkichlarini oʻrganish Ish joyi 2 Yiliga 2-marta (issiq va sovuq faslda) Ishlab chiqarish xonalaridan sunʼiy yoritilish darajasini oʻrgatish Ish joyi 2 Sutkaning qorongʻi paytida yiliga 1-marta Ishlab chiqarish xonalarida shovqin darajasini oʻrganish Ish joyi 2 Yiliga 1-marta, shuningdek, ventilatsiya tizimini qayta taʼmirlagandan; shovqin tugʻdiruvchi jihozni taʼmirlagandan soʻng
* Sanitariya-ekologiya darajasi past boʻlgan obyektlar uchun belgilangan namunalar soni mavjud holatga qarab oshirilishi mumkin.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 16-ILOVA
Taʼlim muassasalari oshxonalariga mahsulotlarni sotib olish va qabul qilish tartibi
Goʻsht epizootik xotirjam boʻlgan hududdan veterinariya xizmatining xulosasiga ega boʻlgan, kategoriyasi koʻrsatilgan tamgʻa va tegishli sertifikatlarga ega boʻlgan ishlab chiqarish korxonalari va fermer xoʻjaliklari bilan avvaldan tuzilgan shartnomaga muvofiq yetkazib beriladi.
Tuxumlar faqat parrandachilik fabrikasidan yetkazib beriladi.
Sut va sut mahsulotlari ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish korxonalaridan shartnomaga koʻra yetkaziladi. Shuningdek, sut hududiy veterinariya xizmatidan maʼlumotnomaga ega boʻlgan epizootik xotirjam boʻlgan xoʻjaliklardan ham olib kelinishi mumkin.
Sabzavotlar, meva va poliz ekinlari avvaldan belgilangan shartnomaga asosan ishlab chiqarish korxonalari va xoʻjaliklardan pestitsid va mineral oʻgʻitlar tarkibi tekshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan birgalikda yetkaziladi.
Taʼlim muassasasi oshxonasiga yetkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari normativ-texnik hujjatlar talablariga mos kelishi va ularning sifatini belgilovchi (tegishli setifikat va gigiyena xulosasi) hujjatlar bilan birgalikda yetkazilishi zarur. Ilova qilinadigan hujjatlari boʻlmagan, saqlash muddati tugagan, buzilish holatlari kuzatilyotgan mahsulotlarni qabul qilish taqiqlanadi.
Tez buziladigan mahsulotlarni sifati toʻgʻrisidagi ilova qilingan hujjatda mahsulot ishlab chiqilgan sana, navi, undan foydalanish mumkin boʻlgan muddatning oxirgi sanasi, soati koʻrsatilishi lozim.
2-3 kategoriyali goʻshtlar, ichak-chavoqlari tozalanmagan tovuqlar, sifatsiz mahsulotlar, yumshoq tarada nam tekkan mahsulotlar (un, yorma, shakar va b.); germetiklik holati buzilgan konservalar, buzilish holatlari kuzatilyotgan meva, sabzavot, rezavorlar, kemiruvchilar bilan zararlangan hamda ularning axlatlari bilan ifloslangan mahsulotlar qabul qilinmaydi.
Epidemik vaziyatdan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boʻlinmalari qaroriga muvofiq oʻquvchilar ovqatlanishida ruxsat berilmaydigan mahsulotlar va tayyor taomlar roʻyxati kengaytirilishi mumkin.
