Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-5260-son)
16.10.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Soʻnggi yillarda Toshkent metropoliteni infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida qoʻshimcha yer osti va yer usti metro yoʻnalishlari hamda metropoliten bekatlari barpo etib kelinmoqda.
Metropoliten harakat tarkibini yangilash maqsadida toʻqqizta yangi toʻrt vagonli metro poyezdlari xarid qilindi hamda 23 ta toʻrt vagondan iborat metro poyezdlari kapital taʼmirlandi.
Yunusobod yoʻnalishida uzunligi 2,9 km boʻlgan yer osti metropoliten liniyasi hamda “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari barpo etildi, yer usti halqa metropoliten liniyasining I-bosqich — 11,7 km uzunlikdagi 7 ta bekatdan iborat boʻlgan qismi hamda 6,2 km uzunlikdagi Sergeli yer usti metropoliten liniyasining 5 ta bekati foydalanishga topshirildi.
2016 — 2021-yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida metropoliten liniyasining umumiy uzunligi 38 km dan 59 km ga, bekatlar soni 29 tadan 43 taga yetkazildi, Toshkent metropolitenida yoʻlovchilar tashish quvvati 2016-yilga nisbatan 2 barobarga oshib, kunlik yoʻlovchi tashish 160 ming yoʻlovchidan 360 ming yoʻlovchiga yetkazildi.
Toshkent shahrida yer usti halqa metropoliten liniyasining II-bosqich — 13 km uzunlikdagi 7 ta bekatdan iborat “Qoʻyliq — Qipchoq” uchastkasida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Toshkent metropolitenida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, yoʻlovchilar tashishni boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, metropoliten infratuzilmasini saqlash va undan foydalanish ishlarini samarali tashkil etish hamda Toshkent metropoliteni faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
1. Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Toshkent metropoliteni” UKni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidan 2021-yil 1-oktabr holatiga boʻlgan davlat ulushini kamaytirish hisobiga balans qiymatida Transport vazirligi tizimiga oʻtkazish hamda “Toshkent metropoliteni” UK tashkiliy-huquqiy shaklini davlat unitar korxonasiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Metropoliten faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
ilgʻor xorijiy tajriba asosida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish;
infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda harakat tarkibini bosqichma-bosqich yangilash;
zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda jarayonlarni raqamli boshqarish tizimini joriy etish;
metropolitenda xavfsizlik tizimini takomillashtirish orqali yoʻlovchilar va harakat xavfsizligi darajasini oshirish;
metropoliten ommabopligini oshirish maqsadida yer usti yoʻlovchilar tashish transporti yoʻnalishlari tarmogʻini metropoliten tarmogʻi bilan integratsiya qilish;
xavfsizlik, shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablari doirasida metropoliten hududida xizmat koʻrsatish, savdo va reklama faoliyati tizimini joriy etish;
zamonaviy bilimga ega professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish orqali sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash.
3. Quyidagilar:
2021 — 2023-yillarda Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent metropoliteni faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
2023 — 2025-yillarda Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada takomillashtirish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
“Toshkent metropoliteni” DUK boshligʻi va boshligʻi oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tarkibiy boʻlinmalari hamda “Toshkent metropoliteni” DUK oʻrtasida begʻaraz tarzda koʻrsatiladigan mol-mulk va homiylik koʻrinishidagi yordamlar soliq solish obyekti sifatida hisobga olinmaydi;
qayta tashkil etilayotgan “Toshkent metropoliteni” DUK “Toshkent metropoliteni” UKning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Toshkent shahrida yer usti metropoliteni qurilishi ishlarining yakunlangan qismlari davlat qabul komissiyasining dalolatnomasiga asosan “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan qabul qilib olinadi.
5. “Toshkent metropoliteni” DUKga 2024-yil 1-yanvarga qadar metro vagonlari, metropoliten ekspluatatsiya ehtiyojlari uchun zarur boʻladigan asbob-uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlarni yetkazib berish haqidagi import shartnomalarini “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkazgan hamda kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda, ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish yoʻli bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzishga ruxsat berilsin.
6. “Toshkent metropoliteni” DUK 2024-yil 1-yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha import tovarlarni olib kirishda bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
7. Transport vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUKning mavjud asosiy vositalarini xatlovdan oʻtkazsin.
8. Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev) Transport vazirligi (Maxkamov) bilan birgalikda metropoliten ommabopligini oshirish maqsadida:
2022-yil 1-iyulga qadar 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qoʻyliq bozori, Chilonzor) transport oʻtish bogʻlamalarini;
2022-yil 1-oktabrga qadar Toshkent shahriga kirib keluvchi yoʻlovchi transport vositalari uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa liniyasining 3, 4 va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etilishini taʼminlasin.
9. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi” AJ da zamonaviy metro vagonlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Transport vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda:
metro vagonlarini xarid qilish uchun jalb qilingan kreditlarni oʻrnatilgan tartibda “Toshkent metropoliteni” DUKga qarz oluvchi sifatida qayta rasmiylashtirsin. Bunda, Moliya vazirligi kredit majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin;
Toshkent metropoliteni yer usti va yer osti liniyalari qurilishi loyihalarini amalga oshirish uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb etilgan kreditlarning va ular boʻyicha berilgan davlat kafolatlarining “Toshkent metropoliteni” DUKga qarz oluvchi sifatida qayta rasmiylashtirilishi boʻyicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Transport vazirligi “Toshkent metropoliteni” DUK bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar metropoliten yoʻnalishlarida differensial toʻlov tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Transport vazirligi:
a) quyidagilar boʻyicha:
bir oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUK boshligʻining raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga yuqori malakali xorijiy mutaxassisni jalb qilish;
uch oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUK faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish uchun ilgʻor xorijiy tajribaga ega konsultantlarni jalb qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
b) ikki oy muddatda:
“Toshkent metropoliteni” DUKning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Toshkent metropoliteni faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
metropolitendan foydalanishda yoʻlovchilar va metropoliten xodimlarining huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Toshkent metropolitenidan foydalanish qoidalarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
13. Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvardan boshlab metropoliten yoʻnalishlari (ularning qurilishi boʻyicha maʼlumotlar), bekatlar (ular atrofida joylashgan obyektlar va jamoat transporti yoʻnalishlari), poyezdlar harakati jadvali, elektron toʻlov hamda boshqa maʼlumot va xizmatlarni oʻz ichiga oluvchi mobil ilovani ishga tushirsin.
14. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2022-yil 1-aprelga qadar yer usti halqa metro bekati yoʻnalishida yoʻlovchilar uchun bepul WI-FI tizimi bilan bogʻlash va yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratsin.
15. Transport vazirligi Qurilish vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar metropoliten bekatlari arxitektura qiyofasi holatini saqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.
Qaror ijrosini har oy muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-oktabr,
PQ-5260-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktabrdagi PQ-5260-son qaroriga 1-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan birinchi navbatdagi
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Chora-tadbirlar nomi Oʻlchov birligi Miqdori Umumiy qiymati, (ming doll.)* Moliyalashtirish manbalari Ijro muddatlari Masʼul ijrochilar I. 2021-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar 1. Metro vagonlarining aravachalari ramalarini almashtirish. dona 60 3400,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2021-yil 15-noyabr Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 2. Birlashgan nimstansiyalar uchun akkumulyator batareyalarini nisbatan tejamkor turiga almashtirish. komplekt 15 842,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2021-yil 20-dekabr Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 3. Ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan foydalanish muddati (24 yil) tugaganligi sababli DTM-0,17 — 1000 rusumidagi drossel-transformatorni almashtirish. dona 104 520,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2021-yil 15-noyabr Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 4. Poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida yangi gʻildirak juftliklarini sotib olish. dona 300 300,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2021-yil 20-dekabr Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 5. Metro vagonlarimotor-kompressorlarining DK-410 rusumli elektrodvigatellarini almashtirish. dona 15 1 500,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2021-yil 1-dekabr Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 6. Metro vagonlarining EK-4B rusumli motor-kompressorini almashtirish. dona 50 200,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2021-yil 1-noyabr Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK Jami 6 762,0 II. 2022-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar 7. Metro vagonlarining aravachalari ramalarini almashtirish. dona 60 3400,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2022-yil 15-noyabr Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 8. Metro vagonlarining DK-410 rusumli elektrodvigatel motor-kompressorini almashtirish. dona 15 1 500,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2022-yil 1-dekabr Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 9. Harakat tarkibidagi radioaloqa vositasini (dispetcher-mashinist) almashtirish. dona 15 340,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2022-yil 20-dekabr Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 10. Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda poyezdlar harakati oraliq vaqtini qisqartirish uchun yangi harakat tarkiblarini (56 ta vagon) xarid qilish. toʻrt vagondan iborat harakat tarkib 14 88 200,0 Xorijiy moliya institutlari mablagʻlari 2022-yil 1-dekabr Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 11. Tungi vaqtdagi texnologik ishlarni bajarish uchun zamonaviy motodrezinalar xarid qilish. dona 2 800,0 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari 2022-yil 1-avgust “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 12. Poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida Chilonzor yoʻnalishida releli dispetcherlik markazlashtirish tizimini modernizatsiya qilish orqali 5 ta punktda mikroprotsessorlik markazlashtirish tizimini (MPS) tashkil etish. dona 5 8 200,0 Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari 2022-yil 1-sentabr Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 13. Xizmat muddatini oʻtab boʻlgan SP-6 BM, SP-6M rusumli strelkali elektr oʻtkazgichlarini almashtirish dona 44 44,0 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari 2022-yil 1-iyul “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 14. Metro vagoni gʻildiraklarini charxlash uchun TS912F3 rusumli tokarlik dastgohini xarid qilish. dona 1 650,0 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari 2022-yil 1-aprel “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK Jami 103 134,0 III. 2023-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar 15. Xizmat muddatini oʻtab boʻlgan eskalatorlarni almashtirish dona 6 900,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2023-yil 1-avgust Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 16. Xizmat muddatini oʻtab boʻlgan 1/9 rusumli R-50 tipidagi strelka oʻtkazgichlarni almashtirish. komplekt 16 280,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2023-yil 1-iyul Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 17. Yunusobod yoʻnalishining nimstansiyalarida teleboshqaruv tizimini oʻrnatish va ishga tushirish. dona 6 297,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2023-yil 1-iyul Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK 18. Ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan foydalanish muddati (24 yil) tugaganligi sababli DTM-0,17 — 1000 rusumidagidrossel-transformatorini almashtirish. dona 96 480,0 Davlat budjeti mablagʻlari 2023-yil 10-fevral Moliya vazirligi, Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK Jami 1 957,0 Hammasi 111 853,0
* Ushbu koʻrsatkichlarga loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktabrdagi PQ-5260-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent metropoliteni faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddati Masʼullar I. Metropoliten harakat tarkibini yangilash 1. Xizmat muddatini oʻtab boʻlgan 10 ta harakat tarkibini (40 ta vagon) modernizatsiya qilish. 1. “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” AJ bilan muzokaralar oʻtkazish. 2021-yil oktabr “Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov), Transport vazirligi (Maxkamov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Moliya vazirligi (Ishmetov) 2. Oʻrnatilgan tartibda shartnomalarni imzolash. 2021-yil noyabr 3. Respublika investitsiya dasturiga kiritish. 2021-yil dekabr 4. Moliyalashtirib borish. 2022-yil fevral 5. Metro vagonlarini modernizatsiya qilish va foydalanishga topshirish. 2022-yil noyabr 2. Harakat tarkibi uchun 10 ta yangi oraliq vagonlarni ishlab chiqarish. 1. “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” AJ bilan muzokaralar oʻtkazish. 2021-yil oktabr “Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov), Transport vazirligi (Maxkamov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Moliya vazirligi (Ishmetov) 2. Oʻrnatilgan tartibda shartnomalarni imzolash. 2021-yil noyabr 3. Respublika Investitsiya dasturiga kiritish. 2021-yil dekabr 4. Moliyalashtirib borish. 2022-yil fevral 5. Yangi metro vagonlarini ishlab chiqarish va foydalanishga topshirish. 2022-yil davomida bosqichma-bosqich II. Metropoliten infratuzilmasini yangilash 3. Toshkent metropolitenining 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qoʻyliq bozori, Chilonzor) transport oʻtish bogʻlamalarini tashkil etish. 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Qurish ishlarini olib borish. 3. Foydalanishga topshirish. 2021-2022 yy. Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), “Toshshahartransxizmat” AJ (Djurayev) 4. Toshkent viloyatidan kirib keluvchi yoʻlovchi transport vositalari uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa metropoliten liniyasining 3, 4 va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etish. 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Qurish ishlarini olib borish. 3. Foydalanishga topshirish. 2021-2022 yy. Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), “Toshshahartransxizmat” AJ (Djurayev) 5. Metropoliten bekatlarida yoʻlovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida qoʻshimcha yangi 80 ta turniket oʻrnatish. 1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kelishish. 2. Oʻrnatilgan tartibda shartnomalarni imzolash. 3. Yangi turniketlarni xarid qilish va oʻrnatish. 2021-yil dekabr “Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov) 6. Metro bekatlariga yoʻl koʻrsatkichlarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich almashtirish. 1. Metro bekatlariga yoʻl koʻrsatkichlarni almashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2. Tegishli ishlarni amalga oshirish va moliyalashtirish. 2021-yil dekabr “Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov) 7. Metropolitenda xizmatlar sifatini takomillashtirish. 1. Yangi qurilgan 12 ta yer usti bekatida Wi-Fi tizimini ishga tushirish. 2. Yer osti bekatlarida boshqa mobil operatorlar xizmatlarini tashkil etish. 2021yil dekabr “Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov) III. “Toshkent metropoliteni” DUK xavfsizlik tizimlarini yangilash 8. Yer usti halqa metropoliten liniyasining II-bosqichi estakada osti va bekatlarini videokuzatuv kameralari bilan jihozlash. 1. Videokuzatuv kameralari oʻrnatish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash. 2021-yil oktabr “Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov), “Boshtransloyiha” AJ (Ruziyev), pudrat tashkilotlari, Moliya vazirligi (Ishmetov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov) 2. Videokuzatuv jihozlarini oʻrnatilgan tartibda xarid qilish. 2022-yil fevral 3. Videokuzatuv kameralari oʻrnatish. 2022-yil noyabr 9. Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida tashkil etilayotgan “Situatsion markaz”ga yangi qurilgan metropoliten liniyalaridan (yer usti halqa liniyasi, Sergeli, Yunusobod yoʻli II-bosqich) optik tolali aloqani oʻtkazish. 1. Optik tolali aloqani oʻtkazish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash. 2021-yil oktabr “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov), “Boshtransloyiha” AJ (Ruziyev), pudrat tashkilotlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Moliya vazirligi (Ishmetov) 2. Optik tolali aloqa jihozlarini oʻrnatilgan tartibda xarid qilish. 2022-yil fevral 3. Optik tolali aloqani oʻtkazish. 2022-yil noyabr 10. Yer usti halqa va Sergeli metropoliten liniyalari oraliqlarini maxsus evakuatsion narvonlar bilan jihozlash. 1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish. 2021-yiloktabr “Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov), “Boshtransloyiha” AJ (Ruziyev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Kuldashev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov) 2. Evakuatsion narvonlarni oʻrnatilgan tartibda xarid qilish. 2022-yilfevral 3. Yer usti halqa va Sergeli metropoliten liniyalari oraliqlarini evakuatsion narvonlar bilan jihozlash. 2022-yil noyabr 11. Metropolitenning kirish-chiqish va oʻtish yoʻllarida zamonaviy videokuzatuv moslamalarini oʻrnatish. 1. Videokuzatuv moslamalarini oʻrnatilgan tartibda xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzish hamda ishlarni tashkillashtirish. 2021-yil noyabr Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), “Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov) 2. Toshkent shahar hokimligi tomonidan videokuzatuv moslamalari xarid qilinishini oʻrnatilgan tartibda moliyalashtirish. 2022-yil aprel 3. Videokuzatuv moslamalarini bosqichma-bosqich oʻrnatish. 2022-yil noyabr IV. Metropoliten xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash 12. “Toshkent metropoliteni” DUK hisobidan doimiy ravishda ishchi xodimlarning Toshkent davlat transport universitetida sirtqi taʼlim shaklida tahsil olishlarini tashkil etish. 1. “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan ijobiy tavsifnoma asosida ishchi xodimlarning roʻyxatini shakllantirish. 2. Toshkent davlat transport universiteti bilan oʻrnatilgan tartibda shartnoma tuzish. Doimiy ravishda Transport vazirligi (Maxkamov), Transport universiteti (Abduraxmonov), “Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov) V. “Toshkent metropoliteni” DUK moliyaviy holatini yaxshilash 13. Toshkent metropoliteni daromadlarini yoʻlovchi tashish, reklama, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyati orqali oshirib borish. 1. Yoʻlovchi tashish xizmatlari hajmini oshirib borish choralarini koʻrish. 2. Reklama, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil etish. 2021-2022 yy. “Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov) VI. “Toshkent metropoliteni” DUK faoliyatini raqamlashtirish 14. Metropoliten bekatlarida transport kartalari va bir martalik QR kodli chiptalarni sotishga moʻljallangan 40 ta infokiosklarni oʻrnatish. 1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kelishish. 2021-yil noyabr “Toshkent metropoliteni” DUK (Usmonov) 2. Oʻrnatilgan tartibda shartnomalarni imzolash. 2022-yil yanvar 3. Infokiosklarni metro bekatlarida oʻrnatish. 2022-yil mart
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktabrdagi PQ-5260-son qaroriga 3-ILOVA
2023 — 2025-yillarda Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada takomillashtirish
DASTURI
T/r Nomi Oʻlchov birligi soni Qiymati, ming doll shu jumladan, yillar kesimida (ta) har birining narxi jami 2023-yil 2024-yil 2025-yil I. Asosiy uzellar, agregatlar, ehtiyot qismlar va materiallar, metropoliten vagonlarini kapital hamda joriy taʼmirlash uchun jihozlarni xarid qilish 1.1. Metropolitenda tungi vaqtda xoʻjalik ishlarini bajaruvchi va yuk tortuvchi AGM rusumidagi drezina dona 4 550,0 2 200,0 2 2 1.2. Metro vagoniga oʻrnatiladigan DK-410 rusumli motor-kompressor elektrodvigatelining yakori dona 30 0,07 2,1 10 10 10 1.3. Metro vagonidagi eshik havo taqsimlagichi (085 rusumli) dona 48 0,02 1,0 16 16 16 1.4. Metro vagonidagi toʻxtatuvchi yigʻma havo taqsimlash qurilmasi (337 rusumli) dona 36 0,30 10,8 12 12 12 1.5. Metro vagonini oʻzaro bogʻlaydigan mexani?m dona 75 0,02 1,5 25 25 25 1.6. Metro vagonini yoritish tizimi uchun 52NK80 rusumidagi akkumulyator batareyalari dona 12 000 0,15 1 800,0 4 000 4 000 4 000 1.7. Mashinist tomonidan poyezdni toʻxtatadigan 013 rusumli moslama dona 12 0,25 3,0 4 4 4 Jami 4 018,4 II. Signallashtirish, aloqa xizmati qurilmalarini rivojlantirish hamda barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish 2.1. Metro vagoni gʻildiraklarining nuqsonini aniqlovchi nazorat tizimidagi (Ponab disk rusumli) qurilma komplekt 4 51,67 206,7 2 2 2.2. Harakat tarkibining xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydigan DTM-0,17-1000 rusumli drossel-transformator dona 300 4,25 1 275,0 100 100 100 Jami 1 481,7 III. Elektr taʼminoti xizmati qurilmalarini rivojlantirish hamda barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish 3.1. Chilonzor yoʻnalishidagi nimstansiyalar uchun yuqori tokni oʻchirib-yoqadigan VEM-10E rusumli qurilma dona 70 7,28 509,6 28 28 14 3.2. Chilonzor yoʻnalishidagi akkumulyator batareyalari uchun ZPU-2 rusumidagi zaryadlovchi qurilma dona 10 20,0 200,0 4 3 3 3.3. Chilonzor yoʻnalishidagi oʻzgarmas tokli tezkor avtomatik oʻchirib yoquvchi VAB-42 6300/10 rusumli qurilma dona 5 18,0 90,0 2 2 1 3.4. Chilonzor yoʻnalishidagi tezkor avtomatik tarzda oʻchirib-yoquvchi VAB-43 rusumli qurilma dona 10 18,0 180,0 4 3 3 3.5. Metro bekatidagi avariya holatlarida vaqtinchalik energiya taʼminoti uchun akkumulyator batareyalari (OPZs-530 rusumli) dona 32 0,938 30,016 32 Jami 1 009,6 IV. Eskalatorlarning barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish 4.1. Eskalatorlarni kapital taʼmirlash dona 5 210,0 1 050,0 2 3 Jami 1 050,0 V. Yoʻl xizmati qurilmalarini rivojlantirish hamda barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish 5.1. R-50 rusumli relslar tn 2 500 0,95 2 375,0 1 000 1 000 500 5.2. R-50 rusumli relslarni oʻzaro bogʻlaydigan moslama dona 1 800 0,04 72,0 600 600 600 5.3. Relslarni shpallarga mahkamlash uchun burab qotiradigan asbob dona 3 1,8 5,4 2 1 5.4. 1/9 markali R-50 rusumdagi krestovina dona 30 2,6 78,0 10 10 10 5.5. 1/9 markali R-50 rusumdagi relslar (oʻng egri ostryak) dona 30 1,39 41,6 10 10 10 5.6. 1/9 markali R-50 rusumdagi relslar (chap egri ostryak) dona 30 1,39 41,6 10 10 10 5.7. Shpallar tagidagi toshlarni joylashtiradigan ESHP-9 rusumli elektr qurilmani xarid qilish dona 40 0,52 20,8 15 15 10 Jami 2 634,4 VI. Harakat tarkibini yangilash va muddati oʻtgan vagonlarni modernizatsiya qilish 6.1. Harakat tarkibini (vagon) xarid qilish dona 104 1 575,0 163 800,0 56 48 6.2. Metro vagonini modernizatsiya qilish dona 24 450,0 10 800,0 24 Jami 174 600,0 Metropoliten boʻyicha jami 184 794,0
* Ushbu koʻrsatkichlarga loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijasiga koʻra oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
