52-modda. Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining boshqaruv organlari — “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-721-son)
52-modda. Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining boshqaruv organlari
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-721-son) · Sana: 12.10.2021 · Amalda
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va ushbu yigʻilish kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
Ijro etuvchi organ rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasining yuqori organi tomonidan uning aʼzolari orasidan saylanadi va jamoat birlashmasining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi”;
5) 6-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi:
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda malaka imtihonini oʻtkazadi;
malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilishni amalga oshiradi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarini koʻrib chiqadi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda rieltorlar uchun malaka oshirishning yagona dasturini tasdiqlaydi va uning bajarilishini nazorat qiladi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan rieltorlik tashkilotlari xodimlarining roʻyxatini shakllantiradi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining reyestrini yuritadi”;
6) 15-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “litsenziyani va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlishi”;
7) 16-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya, shuningdek” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 20-modda ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“rieltorning malaka sertifikati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”;
9) 24-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining aʼzosi boʻlgan rieltorlik tashkilotlari va rieltorlar umumiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida boshqa rieltorlarning birlashmalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etish huquqiga ega”.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-301-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 12-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilikda belgilangan tartibda kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turadi yoki tugatadi, shuningdek litsenziyani bekor qiladi yoki qayta rasmiylashtiradi”.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 25-avgustda qabul qilingan “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-392-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 313-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 13-moddaning:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oʻn birinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-501-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 677-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 489-modda, № 10, 595-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 7, 661-modda) 20-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziyani beradi, qayta rasmiylashtiradi, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turadi, qayta tiklaydi, litsenziyani bekor qiladi yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda uni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi”.
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi OʻRQ-549-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 387-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 21-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
birinchi qismidagi “Turoperator xizmati” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “Turoperator xizmatlarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Turoperator xizmatlarini sertifikatlashtirish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi”.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyulda qabul qilingan “Qurol toʻgʻrisida”gi OʻRQ-550-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 388-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 40-moddasi ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziyalar va ruxsatnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, litsenziyalar va ruxsatnomalarni bekor qilish yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega”.
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrda qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-576-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 10, 675-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 28-moddasining ikkinchi qismidagi “baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan” degan soʻzlar “baholash faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 1-noyabrda qabul qilingan “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-578-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 786-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 17-modda sakkizinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Toʻlov xizmatlari” degan soʻzlar “Toʻlov tizimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“pochta aloqasi xizmatlari”;
yettinchi xatboshisi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
3) 21-moddaning ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“toʻlov tizimlari operatorlarining va toʻlov tashkilotlarining litsenziyalarini chaqirib oladi;
toʻlov tizimlari operatorlarining va toʻlov tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilish va kuzatuvni amalga oshirish tartibini belgilaydi”;
uchinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 52-modda. Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining boshqaruv organlari “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-721-son). neolex.uz/uz/laws/law-5674703/52 (lex.uz/docs/-5674701)