45-modda. Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalarining boshqaruv organlari
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-721-son) · Sana: 12.10.2021 · Amalda
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va bu yigʻilish besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Ijro etuvchi organ baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasining yuqori organi tomonidan uning aʼzolari orasidan saylanadi va jamoat birlashmasining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi”;
5) 13-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shartnomaga baholovchi malaka sertifikatining, shuningdek baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi haqidagi maʼlumotlar kiritilishi shart”;
6) 15-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“baholash faoliyatiga qoʻyiladigan qonunchilik talablariga rioya etish”;
uchinchi xatboshisidagi “baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlishi”;
7) 17-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “va unga berilgan, baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari aʼzosi boʻlgan baholovchi tashkilotlar va baholovchilar oʻz manfaatlarini himoya qilish hamda ifoda etish maqsadida ixtiyoriy ravishda uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmalarga qonunchilikda belgilangan tartibda birlashishi mumkin”.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi 312-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 12-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
