“2459-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-721-son) · Sana: 12.10.2021 · Amalda
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-582-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 790-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 11-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisidagi “va lombardlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 12-modda birinchi qismining:
oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“banklarning, mikrokredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatini litsenziyalaydi, shuningdek kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) boshlaganlik va tugatganlik toʻgʻrisidagi xabarnomalarni qabul qiladi, xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiruvchi xabardor qiluvchilar ustidan nazoratni amalga oshiradi, faoliyatni (harakatlarni) toʻxtatib turish, qayta tiklash va tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi”;
