Valyuta va eksport-import operatsiyalari boʻyicha hisob va hisobot tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida (171-son)
28.04.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Valyuta bozorini erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, eksport-import operatsiyalari boʻyicha bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqish va hisob-kitob tartibini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
banklararo valyuta bozorida belgilanadigan birjadan tashqari valyuta kursini qayd etish va eʼlon qilish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, koʻrsatib oʻtilgan tartib 2000-yil 1-maydan joriy qilinishini taʼminlasinlar;
xorijiy valyutadagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlar va xizmatlar narxlarining asossiz, sunʼiy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik va bunday urinishlarning oldini olish boʻyicha zarur kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasinlar, bunda ijtimoiy ahamiyatli tovarlar narxlariga alohida eʼtiborni qaratsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 28-aprel,
171-son
