“212-modda. Yarashilganligi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish — Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida (O‘RQ-720-son)
“212-modda. Yarashilganligi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida (O‘RQ-720-son) · Sana: 04.10.2021 · Amalda
Ushbu Kodeksning 40-moddasida (tuhmat), 41-moddasida (haqorat qilish), 45-moddasida (fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish), 46-moddasida (fuqaroga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etish), 461-moddasida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 52-moddasida (yengil tan jarohati yetkazish), 612-moddasida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 104-moddasida (ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xoʻjalik ekinlarining dalada toʻplab qoʻyilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yoʻq qilib yuborish, koʻchatlarga shikast yetkazish), 133-moddasida (transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi), 134-moddasida (haydovchilarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi), 183-moddasida (mayda bezorilik) hamda 200-moddasida (oʻzboshimchalik) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini ushbu Kodeksning 3131-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi”;
3) 22710-modda ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 22713-modda:
nomining oʻzbekcha matnidagi “qoʻyish” degan soʻz “joylashtirish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlarni saqlash uchun joylashtirishning belgilangan talablari va shartlariga, ularni saqlash tartibiga, xuddi shuningdek bojxona omborlarida hamda erkin omborlarda tovarlarga doir operatsiyalar oʻtkazish tartibiga rioya etmaslik, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida, ushbu Kodeksning 2274, 2278, 2279 va 22711-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovarlarni bojxona rejimida saqlash muddatlariga rioya etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 22716-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
6) 22722-modda ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
7) 245-moddaning birinchi qismi:
“461, 462, 47, 471, 472, 473” raqamlari “461, 462-moddalarida, 47-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 471, 472” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“188, 1881, 1882” raqamlari “1881” raqami bilan almashtirilsin;
“2251, 226-moddalarida, 2274-moddasining birinchi — toʻrtinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714, 22715, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida” degan soʻzlar “2251, 226, 2274, 2278, 2279-moddalarida, 22713-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 22714, 22715-moddalarida, 22716-moddasining ikkinchi — beshinchi qismlarida, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721-moddalarida, 22722-moddasining birinchi qismida, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 248-moddaning:
birinchi qismidagi:
“54, 561-moddalarida” degan soʻzlar “47-moddasining birinchi qismida, 473, 54, 561-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“147, 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 192, 204, 205-moddalarida” degan soʻzlar “147-moddasida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 1882, 192, 204, 205-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) ushbu Kodeksning 47-moddasi birinchi qismida, 473, 54, 561-moddalarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 122, 123-moddalarida, 127-moddasida (tovush signalini sababsiz berishga doir qismida), 1286-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratganlik, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaganlik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 188, 1882, 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 2231, 2233-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari”;
9) 262-modda:
birinchi qismidagi “227, 2271, 2272, 2273, 2275, 2276, 2277, 22710, 22711, 22712-moddalarida” degan soʻzlar “227, 2271, 2272, 2273, 2275, 2276, 2277, 22710, 22711, 22712-moddalarida, 22713-moddasining uchinchi qismida, 22716-moddasining birinchi qismida, 22722-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga bojxona organlarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bosh inspektorlari, katta inspektorlari (inspektorlari) haqlidir”;
10) 271-modda quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101) huquqbuzar ushbu Kodeksning 212-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha jabrlanuvchi bilan yarashgan boʻlsa”;
11) 283-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport vositasidan foydalangan holda yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan, shuningdek bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan taqdirda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydi”;
12) 294-moddaning ikkinchi qismidagi “3091-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar “3091-moddasining birinchi qismida va 3092-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) quyidagi mazmundagi 3092-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “212-modda. Yarashilganligi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida (O‘RQ-720-son). neolex.uz/uz/laws/law-5667141/212 (lex.uz/docs/-5667137)