485-modda. Moddiy javobgarlikka tortish muddatlari
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-718-son) · Sana: 30.09.2021 · Amalda
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtayotgan shaxslar, rezervga (zaxiraga) boʻshatilganligidan yoki isteʼfoga chiqarilganligidan qatʼi nazar, yetkazilgan zarar aniqlangan kundan eʼtiboran uch yil ichida moddiy javobgarlikka tortiladi”;
12) 50-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻsmirlarni chaqiruv uchastkasida qayd etish mudofaa ishlari organlari huzuridagi chaqiruv komissiyalari va tibbiy komissiyalar” degan soʻzlar “Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari va chaqiruvni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
uch oy muddatda harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritsin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-sentabr,
OʻRQ-718-son
