Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (3258-2-son)
29.09.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3258-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 8-iyundagi 122-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3258, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3258/1057-son) bilan tasdiqlangan Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi
Vazir A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-sentabr,
22-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 18-sentabrdagi 22-son buyrugʻiga ILOVA
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 351-band bilan toʻldirilsin:
“ 351. Dolutegravir + Lamivudin + Tenofovir ”.
2. Quyidagi mazmundagi 371-band bilan toʻldirilsin:
“ 371. Dolutegravir + Lamivudin + Abakavir ”.
3. Quyidagi mazmundagi 411-band bilan toʻldirilsin:
“ 411. Darunavir+ Ritonavir ”.
4. Quyidagi mazmundagi 164 — 171-bandlar bilan toʻldirilsin:
“ 164. Risdiplam Orqa miya mushak atrofiyasining proksimal turi Bolalar orqa miya mushak atrofiyasining I, II, III tiplari G12.0- G12.1 165. Nusinersen 166. Onasemnogen abeparvovek 167. Aktiv va passiv harakatlar uchun trenajer Orqa miya mushak atrofiyasining proksimal turi Bolalar orqa miya mushak atrofiyasining I, II, III tiplari G12.0- G12.1 168. Vertikalizator 169. Yoʻtal koʻchirish moslamasi 170. Burun-oshqozon zondi yoki gastroma 171. Noinvaziv oʻpkaning nafas olish apparati Orqa miya mushak atrofiyasining proksimal turi Bolalar orqa miya mushak atrofiyasining I, II, III tiplari ”.
