“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-301-IV-son)
29.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 27-aprel kuni qabul qilingan “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 29-may,
SQ-301-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 29-maydagi SQ-301-IV-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochi Vazirlik va idoralardan Vazirlar Mahkamasidan I.Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish 1. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish. 1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. 1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 2. Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish. 2.1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. 2.2. Zaruratga koʻra ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati II. Qonunni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar oʻtkazish 3. Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan xomashyoni qazib olish hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar parchalari va chiqindilarini tayyorlash faoliyatini takomillashtirish. 3.1. Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan xomashyoni qazib olish hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar parchalari hamda chiqindilarini tayyorlash boʻyicha rivojlangan davlatlarning tajribasini oʻrganish. 3.2. Oʻrganish natijalari yuzasidan sohani takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti 4. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qaʼri uchastkalarining yillik roʻyxatini tasdiqlash tizimini takomillashtirish. 4.1. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qaʼri uchastkalarini inventarizatsiya qilish. 4.2. Inventarizatsiya natijasiga koʻra qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat beriladigan yer qaʼri uchastkalarining aniq roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng olti oy muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti 5. Qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni sanoat va oltin izlovchilar usulida qazib olishni litsenziyalash. 5.1. Qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni sanoat va oltin izlovchilar usulida qazib olishni litsenziyalashni takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng olti oy muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti 6. Ishlatib boʻlingan yer qaʼri uchastkalarini qayta tiklash va ularni joylardagi m�halliy hokimiyat organlarining zaxira fondiga qaytarish tizimini joriy qilish. 6.1. Zaruratga koʻra tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 6.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 6.3. Tegishli qonun loyihasini zaruratga koʻra Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti 7. Geologik tadqiqot va razvedka ishlarini oʻtkazish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishda maʼlum faoliyat turlarini litsenziyalash. 7.1. Zaruratga koʻra tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 7.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 7.3. Tegishli qonun loyihasini zaruratga koʻra Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Davlat geologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti 8. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish, yer qaʼri uchastkalarini geologik oʻrganish va razvedka qilish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish. 8.1. Zaruratga koʻra tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 8.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 8.3. Tegishli qonun loyihasini zaruratga koʻra Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti 9. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish. 9.1. Amaldagi zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash tartiblarini ushbu sohada rivojlangan davlatlar tajribasi bilan taqqoslash. 9.2. Taqqoslash natijalariga koʻra faoliyatni takomillashtirish boʻyicha tegishli taklif kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Moliya vazirligi Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati 10. Davlat daromadiga musodara qilingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan tayyorlangan zargarlik buyumlarini sotish jarayonini yoʻlga qoʻyish. 10.1. Zaruratga koʻra tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 10.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 10.3. Tegishli qonun loyihasini zaruratga koʻra Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati III. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish 11. Qonunning mazmun-mohiyati v� ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. 11.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Moliya vazirligi, OʻzA, MTRK, Davlat geologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti 11.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida 12. OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish. 12.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Moliya vazirligi, OʻzA, MTRK, Davlat geologiya qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti 12.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida
