Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (906-1-son)
27.02.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 27-fevralda 906-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 3, 7 va 51-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizomga (Adliya vazirligida 2000-yil 2-martda 906-raqam bilan davlat roʻyxatiga olingan, Normativ hujjatlar byulleteni, 2000-y., 5-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Ushbu qaror, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan sanadan boshlab oʻn kun oʻtgandan soʻng amalga kiritilsin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish rais oʻrinbosari A.Q. Qodirov zimmasiga yuklansin.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 20-yanvar,
1/6-son
