“Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-5250-son)
22.09.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Fuqarolarni budjet jarayoniga jalb qilish mexanizmining ishga tushirilishi joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarning yechimini topish va jamoatchilikni budjet jarayonining ishtirokchisiga aylantirishda alohida vosita boʻlib xizmat qilmoqda.
2021-yilda oʻtkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarda bayon etilgan oʻrinli va dolzarb muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, davlat budjetini shakllantirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etish maqsadida:
1. Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 1-ilovaga muvofiq 2021-yil 1-oktabrga qadar:
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasida (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) 1 mlrd soʻmdan kam mablagʻ shakllangan tuman va shaharlar uchun qoʻshimcha 57,9 mlrd soʻm;
“Ochiq budjet” axborot portali orqali kelib tushgan takliflar soni 100 tadan ortiq boʻlgan tuman va shaharlarga qoʻshimcha 59,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab tuman va shaharlar budjetlari parametrlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning 50 foizi “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yoʻllarni taʼmirlashga yoʻnaltiriladi.
Moliya vazirligi ikki oy muddatda hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning 50 foizini “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yoʻllarni taʼmirlashga yoʻnaltirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Belgilansinki:
tuman va shahar hokimlari Jamgʻarmaga mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi boʻyicha shaxsan javobgar hisoblanadi;
tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan har chorakda chorakdan keyingi oyning 25-sanasiga qadar jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish boʻyicha maʼlumotlar oʻzlarining rasmiy veb-saytlari va “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib boriladi;
mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan qoidani buzish budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini buzish deb baholanadi.
4. Moliya vazirligi:
uch oy muddatda “Ochiq budjet” axborot portali hamda tuman va shaharlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni joylashtirib borish tartibi va shakllarini tasdiqlasin;
xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda tashabbusli budjetlashtirish jarayonida hududlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning tahlillari asosida ushbu jarayonni takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritib borsin;
fuqarolarning tashabbusli budjetlashtirish jarayoniga jalb etilishi darajasi boʻyicha hududlar reytingini joriy etsin hamda uni “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib borsin;
tashabbusli budjetlashtirish jarayonini boshqarishda moliya organlarining vazifalarini aniq belgilagan holda mazkur jarayonni muvofiqlashtirib borsin.
5. Tashabbusli budjetlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi Yoshlar ishlari agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda:
tashabbusli budjetlashtirish jarayonini amalga oshirish mexanizmi va uning mohiyatini aholi oʻrtasida tizimli ravishda keng yoritib borilishini taʼminlasin;
har bir mahalla va ovulda “Ochiq budjet” axborot portalida taklif qoldirish va ovoz berish jarayoniga koʻmaklashuvchi “mobil” guruhlar hamda “tashabbuskorlar burchagi” ni tashkil etsin;
61. 2023-yil 1-yanvarga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi bilan birgalikda ilgʻor kompaniyalarni jalb etgan holda “Ochiq budjet” axborot portalini yanada takomillashtirish hamda uni sifatli va uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
62. Iqtisodiyot va moliya vazirligining ijtimoiy loyihalarni samarali amalga oshirish va aholining murojaatlariga tezkor javob berish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida “Axborot texnologiyalari markazi” DUK huzurida “SMS-xabar xizmati markazi” davlat muassasasini tashkil etish yuzasidan taklifiga rozilik berilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-sentabr,
PQ-5250-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5250-son qaroriga 1-ILOVA
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasida 1 mlrd soʻmdan kam mablagʻ shakllangan hamda kelib tushgan takliflar soni 100 tadan ortiq boʻlgan tuman va shaharlarga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qoʻshimcha ravishda ajratilayotgan mablagʻlar
MIQDORI
mln. soʻm T/r Hudud nomi Ajratiladigan qoʻshimcha mablagʻ miqdori shundan: 1 milliard soʻmdan kam mablagʻ shakllangan tuman va shaharlarga kelib tushgan takliflar soni 100 tadan ortiq boʻlgan tuman va shaharlarga Jami 117 416 57 916 59 500 shu jumladan: Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami 13 003 5 003 8 000 1. Nukus shahri 500 500 2. Taxiatosh tumani 500 500 3. Beruniy tumani 500 500 4. Toʻrtkoʻl tumani 500 500 5. Qoʻngʻirot tumani 507 7 500 6. Moʻynoq tumani 578 78 500 7. Ellikqalʼa tumani 654 154 500 8. Xoʻjayli tumani 728 228 500 9. Nukus tumani 734 234 500 10. Amudaryo tumani 750 250 500 11. Chimboy tumani 983 483 500 12. Qonlikoʻl tumani 1 022 522 500 13. Qoraoʻzak tumani 1 065 565 500 14. Shumanay tumani 1 197 697 500 15. Taxtakoʻpir tumani 1 350 850 500 16. Boʻzatov tumani 1 435 935 500 Andijon viloyati boʻyicha jami 17 521 12 021 5 500 17. Qoʻrgʻontepa tumani 1 216 716 500 18. Marhamat tumani 1 233 733 500 19. Shahrixon tumani 1 240 740 500 20. Andijon shahri 1 250 750 500 21. Ulugʻnor tumani 1 252 752 500 22. Baliqchi tumani 1 269 769 500 23. Andijon tumani 771 771 24. Izboskan tumani 1 280 780 500 25. Xoʻjaobod tumani 802 802 26. Boʻz tumani 1 341 841 500 27. Buloqboshi tumani 1 346 846 500 28. Paxtaobod tumani 1 365 865 500 29. Oltinkoʻl tumani 1 368 868 500 30. Jalaquduq tumani 889 889 31. Xonobod shahri 899 899 Buxoro viloyati boʻyicha jami 11 747 5 747 6 000 32. Buxoro shahri 500 500 33. Shofirkon tumani 579 79 500 34. Jondor tumani 838 338 500 35. Buxoro tumani 843 343 500 36. Romitan tumani 909 409 500 37. Vobkent tumani 883 383 500 38. Peshku tumani 962 462 500 39. Kogon tumani 1 111 611 500 40. Olot tumani 1 261 761 500 41. Kogon shahri 1 251 751 500 42. Qorakoʻl tumani 1 304 804 500 43. Qorovulbozor tumani 1 306 806 500 Jizzax viloyati boʻyicha jami 10 249 5 249 5 000 44. Jizzax shahri 500 500 45. Paxtakor tumani 833 333 500 46. Zarbdor tumani 862 362 500 47. Gʻallaorol tumani 1 015 515 500 48. Baxmal tumani 1 018 518 500 49. Arnasoy tumani 1 074 574 500 50. Forish tumani 470 470 51. Mirzachoʻl tumani 1 134 634 500 52. Sharof Rashidov tumani 1 039 539 500 53. Zomin tumani 1 101 601 500 54. Yangiobod tumani 1 203 703 500 Qashqadaryo viloyati boʻyicha jami 2 625 125 2 500 55. Shahrisabz tumani 500 500 56. Mirishkor tumani 500 500 57. Dehqonobod tumani 625 125 500 58. Nishon tumani 500 500 59. Muborak tumani 500 500 Navoiy viloyati boʻyicha jami 8 617 5 117 3 500 60. Karmana tumani 571 71 500 61. Qiziltepa tumani 1 137 637 500 62. Konimex tumani 676 676 63. Navoiy shahri 508 8 500 64. Gʻozgʻon tumani 803 803 65. Uchquduq tumani 688 188 500 66. Zarafshon shahri 1 031 531 500 67. Tomdi tumani 671 671 68. Navbahor tumani 1 213 713 500 69. Nurota tumani 1 319 819 500 Namangan viloyati boʻyicha jami 7 183 2 183 5 000 70. Pop tumani 500 500 71. Toʻraqoʻrgʻon tumani 500 500 72. Mingbuloq tumani 500 500 73. Uchqoʻrgʻon tumani 500 500 74. Kosonsoy tumani 631 131 500 75. Namangan tumani 655 155 500 76. Yangiqoʻrgʻon tumani 837 337 500 77. Norin tumani 925 425 500 78. Uychi tumani 973 473 500 79. Chortoq tumani 1 162 662 500 Samarqand viloyati boʻyicha jami 5 430 2 430 3 000 80. Samarqand tumani 500 500 81. Urgut tumani 500 500 82. Kattaqoʻrgʻon shahri 500 500 83. Paxtachi tumani 206 206 84. Toyloq tumani 500 500 85. Jomboy tumani 611 111 500 86. Qoʻshrabod tumani 119 119 87. Pastdargʻom tumani 599 599 88. Payariq tumani 545 545 89. Ishtixon tumani 1 350 850 500 Surxondaryo viloyati boʻyicha jami 5 419 4 419 1 000 90. Denov tumani 165 165 91. Boysun tumani 80 80 92. Sariosiyo tumani 457 457 93. Jarqoʻrgʻon tumani 290 290 94. Termiz shahri 500 500 95. Muzrabod tumani 546 546 96. Bandixon tumani 608 608 97. Qiziriq tumani 601 601 98. Qumqoʻrgʻon tumani 698 698 99. Uzun tumani 1 205 705 500 100. Shoʻrchi tumani 269 269 Sirdaryo viloyati boʻyicha jami 8 518 5 518 3 000 101. Sardoba tumani 500 500 102. Sirdaryo tumani 944 444 500 103. Guliston shahri 150 150 104. Guliston tumani 763 763 105. Boyovut tumani 1 198 698 500 106. Sayxunobod tumani 1 087 587 500 107. Mirzaobod tumani 1 100 600 500 108. Shirin shahri 1 420 920 500 109. Yangiyer shahri 806 806 110. Oqoltin tumani 550 550 Toshkent viloyati boʻyicha jami 5 221 1 221 4 000 111. Toshkent tumani 500 500 112. Angren shahri 500 500 113. Chirchiq shahri 500 500 114. Olmaliq shahri 550 50 500 115. Parkent tumani 83 83 116. Bekobod shahri 149 149 117. Yangiyoʻl shahri 176 176 118. Ohangaron tumani 500 500 119. Ohangaron shahri 770 270 500 120. Chinoz tumani 814 314 500 121. Yuqorichirchiq tumani 500 500 122. Piskent tumani 123 123 123. Yangiyoʻl tumani 56 56 Fargʻona viloyati boʻyicha jami 13 943 6 943 7 000 124. Yozyovon tumani 500 500 125. Oʻzbekiston tumani 500 500 126. Toshloq tumani 500 500 127. Qoʻqon shahri 500 500 128. Quva tumani 619 119 500 129. Margʻilon shahri 667 167 500 130. Quvasoy shahri 809 309 500 131. Fargʻona tumani 832 332 500 132. Rishton tumani 856 356 500 133. Uchkoʻprik tumani 371 371 134. Oltiariq tumani 392 392 135. Qoʻshtepa tumani 988 488 500 136. Buvayda tumani 548 548 137. Furqat tumani 1 079 579 500 138. Dangʻara tumani 647 647 139. Soʻx tumani 1 316 816 500 140. Beshariq tumani 1 368 868 500 141. Bagʻdod tumani 1 451 951 500 Xorazm viloyati boʻyicha jami 7 940 1 940 6 000 142. Urganch tumani 500 500 143. Tuproqqalʼa tumani 531 31 500 144. Xiva shahri 609 109 500 145. Shovot tumani 500 500 146. Xiva tumani 645 145 500 147. Gurlan tumani 567 67 500 148. Hazorasp tumani 500 500 149. Bogʻot tumani 642 142 500 150. Qoʻshkoʻpir tumani 500 500 151. Yangiariq tumani 614 114 500 152. Urganch shahri 1 007 507 500 153. Yangibozor tumani 1 325 825 500
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5250-son qaroriga 2-ILOVA
Tashabbusli budjetlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli Ijro muddatlari Masʼul ijrochilar I. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni amalga oshirish tartibini takomillashtirish 1. 2021-yilda tajriba tariqasida tanlangan tuman va shaharlarda tashabbusli budjetlashtirish natijalarini hisobga olgan holda “Ochiq budjet” axborot portalini takomillashtirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-yil I chorak Moliya vazirligi (A. Xaydarov) 2. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tashabbusli budjetlashtirishning yangi amaliyotlarini joriy etish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat 2022-yil III chorak Moliya vazirligi (A. Xaydarov), vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar (kelishuv asosida) 3. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan takliflarni ilgari surish va tadbirlarni saralash jarayonini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarga fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Normativ-huquqiy hujjat 2022-yil IV chorak Moliya vazirligi (A. Xaydarov) 4. Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar orasida “Yil tashabbusi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish. Tashkiliy chora-tadbirlar Har yili mart oyida Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 5. Fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi darajasi hamda tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi samaradorligi va natijadorligi boʻyicha davlat hokimiyati organlari faoliyatini baholash tartibini joriy etish. Normativ-huquqiy hujjat 2022-yil II chorak Moliya vazirligi (A. Xaydarov) 6. Tashabbusli budjetlashtirish jarayonining monitoringini amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma va savolnomalar ishlab chiqish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-yil yanvar Moliya vazirligi (A. Xaydarov) tuman (shahar) hokimliklari 7. Hududlarda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan takliflarni ilgari surish va tadbirlarni saralash jarayonlari ustidan monitoring oʻtkazish hamda ularni baholash. Tashkiliy chora-tadbirlar Hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay Moliya vazirligi (A. Xaydarov) 8. Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini kengaytirish boʻyicha Oliy Majlis Senatiga takliflar kiritish, shu jumladan: mahalliy davlat hokimiyati organlariga Moliya vazirligi tomonidan belgilangan umumiy tamoyillarga asoslangan tashabbusli budjetlashtirishning yangi amaliyotlarini joriy etish huquqini berish; jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni tanlab olishning umumiy mezonlarini takomillashtirish; jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni (muayyan hududning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda) tanlashning maxsus mezonlarini belgilash va qoʻllash mexanizmini ishlab chiqish; taqdim etilgan tadbirlarni tanlash va ovoz berish bosqichlarida fuqarolarga tadbirlarni muhokama qilish va ochiq munozaralarda ishtirok etish imkoniyatini yaratish. Qaror loyihasi 2022-yil III chorak Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari 9. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikriga asosan loyihalarni tanlab olish mexanizmini yaratish. Normativ-huquqiy hujjat 2023-yil I chorak Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari II. Tashabbusli budjetlashtirish jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirish, sohada ilmiy-tadqiqot va professional salohiyatni kuchaytirish 10. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, “Jalb qilingan vazirliklar, idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari mutaxassislari uchun tashabbusli budjetlashtirish” mavzusidagi ilgʻor oʻquv dasturi boʻyicha oʻquv seminarini oʻtkazish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-yil I chorak Moliya vazirligi (A. Xaydarov) 11. Tashabbusli budjetlashtirish boʻyicha oʻquv videokursini ishlab chiqish va “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-yil I chorak Moliya vazirligi (A. Xaydarov), xalqaro tashkilotlar (kelishuv asosida) 12. Takliflarni ilgari surish, axborotlarni joylashtirish, tashabbusli budjetlashtirish ishtirokchilarining oʻzaro fikr almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Ochiq budjet” axborot portalida tashabbusli budjetlashtirish tajribalarini ilgari surish boʻyicha maxsus boʻlim yaratish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-yil III chorak Moliya vazirligi (A. Xaydarov) 13. Fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlar mutaxassislari va boshqa manfaatdor tomonlar uchun tashabbusli budjetlashtirish toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi koʻrgazmali oʻquv materiallarni (sharhlar, qoʻllanmalar va boshqalar) ishlab chiqish va tarqatish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-yil II chorak Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), vazirlik va idoralar 14. Tashabbusli budjetlashtirish sohasidagi xalqaro tajriba va Oʻzbekistonda tatbiq etilayotgan amaliyotlarning tahlili yuzasidan nashrlarni tayyorlash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-yil II chorakdan boshlab Moliya vazirligi (A. Xaydarov) 15. Respublikada tashabbusli budjetlashtirishni rivojlantirishning oʻziga xosligini oʻrganish yuzasidan ilmiy seminar va konferensiyalar oʻtkazish. Tashkiliy chora-tadbirlar Har yili mart oyida Moliya vazirligi (A. Xaydarov), vazirlik va idoralar 16. Tashabbusli budjetlashtirish boʻyicha xalqaro tajribani va Oʻzbekistonda joriy etilgan amaliyotni oʻrganish maqsadida “Budjet jarayonida fuqarolar ishtiroki” mavzusida xalqaro forum tashkil etish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-yil II chorak Moliya vazirligi (A. Xaydarov) 17. Partisipator budjetlashtirishni takomillashtirish yuzasidan xalqaro ekspertlar va tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi amaliyotlarni oʻrganish va tajriba almashish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-yil III chorak Moliya vazirligi (A. Xaydarov) III. Tashabbusli budjetlashtirish jarayonining ochiqligini taʼminlash 18. Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar, yuzaga kelayotgan muammolar va sohaga oid boshqa mavzularda tele-dastur va radio eshittirishlarni tayyorlash. Tashkiliy chora-tadbirlar Reja jadvali asosida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari 19. Ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida va “Ochiq budjet” axborot portalida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan va tegishli mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan tadbirlar ijrosini keng yoritib borish. Tashkiliy chora-tadbirlar Hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay Tuman (shahar) hokimliklari, Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
