Samarqand viloyatida keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda turizm salohiyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida (PQ-5249-son)
22.09.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Samarqand viloyatining turizm salohiyatini oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro darajadagi tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha belgilangan vazifalarni bajarish uchun manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3608-son qarori bilan Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) 10 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, foiz stavkasi yiliga 3 foizni tashkil qiladigan 30 million AQSH dollari miqdoridagi kredit (keyingi oʻrinlarda — kredit) ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash prognoz jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Samarqand viloyati hokimligi kreditdan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
kreditni qoplash va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qaroriga asosan Samarqand viloyatining mahalliy budjeti qoʻshimcha manbalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
5. Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov:
bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning manzilli roʻyxatlarini tasdiqlasin;
Jamgʻarmaga ajratilgan kreditning maqsadli sarflanishi va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgar etib belgilab qoʻyilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3608-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Samarqand viloyati hokimligiga ajratilgan kreditning 2021-yilda soʻndiriladigan asosiy qismi 2022-yilga oʻtkazilsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va Samarqand viloyati hokimligi oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3608-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-sentabr,
PQ-5249-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5249-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash
PROGNOZ JADVALI
Kredit summasi30 million AQSH dollariKredit muddati10 yil, shu jumladan, imtiyozli davr — 2 yilFoiz stavkasiyillik 3,0 %ming AQSH dollariQoplash davrlariOʻzlashtirish miqdori*Toʻlov summasiJami toʻlov miqdori*asosiy qarzfoizlar*2021-yil II yarim yilligi30 000,00---2025-yil II yarim yilligi-12 795,843 572,3016 368,142027-yil I yarim yilligi-1 720,42748,382 468,802027-yil II yarim yilligi-1 720,42232,261 952,672028-yil I yarim yilligi-1 720,42206,451 926,872028-yil II yarim yilligi-1 720,42180,641 901,062029-yil I yarim yilligi-1 720,42154,841 875,252029-yil II yarim yilligi-1 720,42129,031 849,452030-yil I yarim yilligi-1 720,42103,221 823,642030-yil II yarim yilligi-1 720,4277,421 797,842031-yil I yarim yilligi-1 720,4251,611 772,032031-yil II yarim yilligi-1 720,4225,811 746,22Jami30 000,0030 000,005 481,9635 481,96
* Kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5249-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3608-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Belgilansinki, Samarqand viloyati hokimligining Jamgʻarmaga dastlabki badali Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining Samarqand viloyati hokimligiga 5 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, foiz stavkasi yiliga 2,25 foizni, 2019-yil 27-dekabrdan — yillik 2 foizni tashkil qiladigan, vositachilik yigʻimlari undirilmagan holda 50 million AQSH dollari miqdorida ajratilgan krediti hisobidan shakllantiriladi”.
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
3. 8-banddan “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. 9-banddan “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash
PROGNOZ JADVALI
Kredit summasi 50 million AQSH dollari Kredit muddati 5 yil, shu jumladan, imtiyozli davr — 2 yil Foiz stavkasi 2019-yil 27-dekabrgacha — yillik 2,25 foiz (shu jumladan, bank marjasi — 0,25 foiz) 2019-yil 27-dekabrdan — yillik 2,0 foiz ming AQSH dollari Qoplash davrlari Oʻzlashtirish miqdori* Toʻlov summasi Jami toʻlov miqdori* asosiy qarz foizlar* 2018-yilning II yarim yilligi 40 000,00 - 238,90** 238,90** 2019-yilning I yarim yilligi - - 398,91** 398,91** 2019-yilning II yarim yilligi 10 000,00 213,30** 408,05** 621,35** 2020-yilning I yarim yilligi - 422,05** 489,44** 911,49** 2020-yilning II yarim yilligi - 525,39** 495,45** 1 020,84** 2021-yilning I yarim yilligi - 16 109,34** 695,74** 16 805,08** 2021-yilning II yarim yilligi - 2 765,05 35,37 2 800,42 2022-yilning I yarim yilligi - 7 659,49 279,94 7 939,43 2022-yilning II yarim yilligi - 7 659,49 204,36 7 863,85 2023-yilning I yarim yilligi - 7 659,49 127,17 7 786,66 2023-yilning II yarim yilligi - 6 986,40 50,75 7 037,15 Jami 50 000,00 50 000,00 3 424,08 53 424,08
*kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi;
**haqiqiy toʻlovlar”.
