7-modda. Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim tizimi
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasida taʼlimning yagona tizimiga amal qilib, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
maktabgacha tarbiya;
umumiy taʼlim;
maktabdan tashqari taʼlim;
hunar-texnika taʼlimi;
oʻrta maxsus taʼlim;
oliy taʼlim;
ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash;
kadrlarning kasbkor malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
oiladagi taʼlim;
mustaqil taʼlim.
Taʼlim tizimi oʻquv rejalari va dasturlari muvofiqlashtirilganligi, taʼlim bosqichlari va shakllarining izchilligi, taʼlimning davlat standartlariga mos kelishi bilan taʼminlanadi.
