39-modda. Taʼlim muassasalarining huquqiy maqomi
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Taʼlim muassasasi mustaqil yuridik shaxs boʻlib, qonunlarda belgilangan tartibda barpo etiladi.
Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqini qoʻlga kiritadi.
Taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlanadigan qoidalar asosida va shu qoidalarga muvofiq ishlab chiqiladigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadilar.
Taʼlim muassasalariga muayyan maqom (gimnaziya, litsey, dorilfunun akademiya va shu kabilar maqomi) berilishi taʼlimni boshqarish tegishli idoralari tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Taʼlim muassasalari oʻzaro bitim tuzishga, oʻquv-tarbiya komplekslar va oʻquv ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari (uyushmalari) tashkil etishga, hududiy oʻquv-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalari tarkibiga kirishga haqlidirlar. Bunday kompleks va birlashmalar tarkibiga kiruvchi muassasalarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari oʻz ustavlarida belgilanadi.
