36-modda. Jismoniy va ruhiy jihatdan nuqsonlari boʻlgan, shuningdek uzoq vaqtda davolanishga muhtoj bolalar hamda oʻsmirlarning tarbiyasi va taʼlim olishi
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Jismoniy yoki ruhiy jihatdan rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan, shuningdek uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar va oʻsmirlarga taʼlim berish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun maxsus taʼlim muassasalari barpo etiladi va ish olib boradi. Bunday taʼlim muassasalariga bolalar va oʻsmirlarni yoʻllash hamda ularni bu muassasalardan chiqarib yuborish bolaning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar fikri hisobga olingan holda ruhiyat, tibbiyot va pedagogika mutaxassislaridan iborat komissiyaning xulosasiga asosangina amalga oshiriladi. Maxsus taʼlim muassasaining tarbiyalanuvchilari qisman yoki toʻliq davlat taʼminotida boʻladi, ular bepul davolanadilar, ovqatlanadilar va ularga yasama ortopediya vositalari, nogironlar aravachalari tekin beriladi.
