23-modda. Taʼlim muassasalarini boshqarish
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Davlat tasarrufidagi taʼlim muassasalarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va shu muassasalarining Ustaviga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Davlat tasarrufidagi taʼlim muassasasiga umumiy rahbarlik ishi uning belgilangan tartibda tuziladigan va amal qiladigan kengashi tomonidan olib boriladi.
Davlat tasarrufidagi taʼlim muassasasiga bevosita rahbarlik mudir, direktor, rektor yoki boshqa rahbar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tasarrufidagi oʻrta umumiy taʼlim, hunar-texnika va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining rahbarlari lavozimga davlat boshqaruvining tegishli idorasi tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadilar.
Davlat tasarrufidagi oliy oʻquv yurtlarining rektorlarini tegishli vazirliklar va idoralarning taqdimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tayinlaydi va bu rektorlar oʻquv-tarbiya jarayonining ahvoli uchun toʻliq javobgar boʻladilar.
Davlat tasarrufida boʻlmagan respublika ahamiyatiga molik taʼlim muassasalarining rahbarlari muassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib tayinlanadi.
