18-modda. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar
Taʼlim toʻgʻrisida (636-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim muassasalarining bitiruvchilariga, maktabgacha taʼlim muassasalari bundan mustasno, taʼlim toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi hujjat beriladi.
Taʼlim toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi hujjat mustaqil ravishda, bilim olish orqali taʼlim olgan oʻz bilim yoxud malakasi darajasini oshirgan, eksternat tartibida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga ham beriladi.
Aspirantura, doktoranturani tugatib, dissertatsiya yoqlaganidan keyin fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi va diplom beriladi.
Davlat taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar amaldagi xalqaro qoidalarga muvofiq kelishini taʼminlaydi.
