Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-5246-son)
18.09.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun Islom taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — ITB) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 20 yil muddatga 200 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi toʻgʻrisidagi qaror 2020-yil 19-dekabrda Islom taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi tomonidan va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — OPEK) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga oluvchi 20 yil muddatga 75 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi toʻgʻrisidagi qaror 2020-yil 16-dekabrda OPEK Direktorlar Kengashi tomonidan maʼqullanganligi;
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (keyingi oʻrinlarda — BMTTD)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Loyihani amalga oshirish davrida masʼul ijro etuvchi organning hamkori sifatida faoliyat koʻrsatishi va u tomonidan Loyiha uchun 3,05 mln AQSH dollari miqdorida grant mablagʻi ajratilishi;
Loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 59,95 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlardan iborat ekanligi;
Loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY (40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahalla)larda amalga oshirilishi;
Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2021 — 2025-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB va OPEK kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Loyiha doirasida subloyihalarni loyihalovchi va pudrat ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tanlab olish “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida ochiq va shaffof usulda amalga oshiriladi;
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar Loyiha boʻyicha imzolangan qarz (kredit) bitimlarida koʻrsatilgan mexanizmlar talablariga amal qiladi;
Loyihani amalga oshirish doirasida ITB hamda OPEKning kreditlarini qaytarish, shu jumladan qoʻshimcha haq (ustama) va foizlar, xizmat koʻrsatganlik uchun haq va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Quyidagilar:
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida ITB va OPEK kreditlarining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni qaytarish prognoz jadvali 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Loyihani amalga oshirish doirasida:
hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojidan ozod qilish va qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri (T.A. Ishmetov)ga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ITB va OPEK ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi boʻyicha qarz bitimlarini imzolash vakolati berilsin.
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev):
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev) bilan birgalikda Loyiha doirasida subloyihalarni loyihalovchi va pudrat ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida ochiq va shaffof usulda tanlab olish;
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R.T. Mamatov) bilan birgalikda Loyiha doirasida aholi orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqishda doimiy oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
7. Belgilansinki, Loyiha doirasida:
tanlangan qishloqlarda zaruriy subloyihalar aniqlangandan soʻng, har bir viloyat boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan belgilangan tartibda Loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqiladi va ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmachi hisoblanadi;
Loyihani amalga oshirish guruhi bilan “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik kelishuvlari imzolanadi.
8. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatga qoʻyilishi va muddati uzaytirilishini tez fursatlarda taʼminlasin.
9. Hisob palatasi (B.T. Turabov) Loyiha doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
10. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
11. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
a) Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov:
bir hafta muddatda masʼul ijrochilar ishtirokida majlis oʻtkazib, ularning aniq vazifalarini belgilab bersin;
ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Loyiha doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha hududlar kesimida “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsin hamda ularning tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Buxoro, Navoiy va Xorazm xalq deputatlari viloyat va tumanlar Kengashlarida tasdiqlanishini taʼminlasin;
tegishli vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda Loyihani amalga oshirishga masʼul boʻlgan mutaxassislar malakasini oshirish uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda oʻquv-treninglar tashkil qilsin;
amalga oshirilayotgan subloyihalar va ularning sifatli bajarilishi ustidan monitoring oʻrnatsin hamda natijasi yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borsin, ushbu maʼlumotlarni bir vaqtda jamoatchilikka eʼlon qilish orqali loyihalarning amalga oshirilishi ustidan samarali jamoatchilik nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokidagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” va ITB hamda OPEK ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihalarini amalga oshirish boʻyicha birlashtirilgan guruhning tuzilmasini tasdiqlasin va uning faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun Urganch shahrida, Buxoro hamda Navoiy viloyatlari uchun Buxoro shahrida birlashtirilgan guruhning Loyihani amalga oshirish boʻyicha hududlararo guruhlarini tashkil etsin;
Loyihani amalga oshirish davrida birlashtirilgan guruh faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha yillik xarajatlar smetasini hamda shtatlar jadvalini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Loyiha boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, oʻzlashtirilgan mablagʻlar va erishilgan natijalar yuzasidan maʼlumotlarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining rasmiy veb-saytida yoritib borsin.
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorovga ITB va OPEKning ijtimoiy va ekologik himoyalash hamda koʻchirish siyosati tamoyillarini hisobga olgan holda, Loyiha komponentlarini amalga oshirish va moliyalashtirish jadvaliga hamda mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan ilovalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R. Sariyev), Buxoro (B.K. Zaripov), Navoiy (Q.B. Tursunov) va Xorazm (F.U. Ermanov) viloyatlari hokimliklari Loyihani toʻla-toʻkis amalga oshirish uchun barcha zarur hujjatlar sifatli ishlab chiqilishini va Loyihani amalga oshirish guruhiga oʻz vaqtida yetkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R. Sariyev), Buxoro (B.K. Zaripov), Navoiy (Q.B. Tursunov), Xorazm (F.U. Ermanov) viloyatlari hokimlari:
qishloqlarni kompleks rivojlantirish uchun Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan obyektlardan tashqari amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni bosh reja, hududlarni arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalari va ular tarkibidagi batafsil rejalashtirish loyihalari asosida mahalliy budjet va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshirsin;
oʻz hududlaridagi loyihalarni muddatida amalga oshirish va muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib belgilansin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 15-aprel va 2022-yil 15-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-sentabr,
PQ-5246-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-son qaroriga 1-ILOVA
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
mln AQSH dollari T/r Xarajatlar komponenti ITB OPEK BMTning Taraqqiyot Dasturi Oʻzbekiston Respublikasi ulushi Jami 1. Asosiy infratuzilmani taʼminlash 175,25 69,0 – 49,75 294,00 2. Infratuzilma boshqaruvi 13,92 2,30 3,00 7,74 26,96 3. Loyihani amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash 2,61 0,80 – 0,44 3,85 4. Loyihaning moliyaviy auditi 0,1 --- – 0,02 0,12 5. Favqulodda vaziyatlar uchun zaxira 4,06 1,45 0,05 1,00 6,56 6. Zaxira 4,06 1,45 1,00 6,51 Jami 200,00 75,00 3,05 59,95 338,00
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-son qaroriga 1a-ILOVA
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
T/r Hudud nomi Tuman nomi Markaziy MFYlar nomi Yondosh MFYlar (soni) Aholi soni (kishi) Moliyalashtirish miqdori* (AQSH dollari) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani Taxirkul 3 12693 5254818 Samanbay 3 12762 5283378 Taxiatosh tumani Naymankul 3 20966 8679776 Keneges 4 18336 7590975 Amudaryo tumani Tosh yop 3 12365 5119023 Oʻrta qalʼa 3 16033 6637549 Toʻrtkoʻl tumani Kuna Toʻrtkoʻl 3 24163 10003312 Otayurt 3 36833 15248603 Ellikqalʼa tumani Saribiy 3 29161 12072449 Qilchinoq 2 18015 7458083 Beruniy tumani Abay 2 15245 6311323 Shimom 2 24098 9976402 2. Buxoro viloyati Buxoro tumani Yangiturmush 3 21248 8796522 Talaliyon 3 18470 7646450 Kogon tumani Sarayon 3 16707 6916580 Mustaqillik 3 17983 7444835 Vobkent tumani Shanba 3 15220 6300973 Mirvoshi 3 15444 6393707 Shofirkon tumani Mirzoqul 3 15179 6283999 Tezguzar 3 14740 6102256 Gʻijduvon tumani Jovgʻari 4 22469 9302008 Gulistonobod 3 20544 8505071 3. Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Zarmetan 4 14608 6047609 Oqmachit 3 10038 4155661 Karmana tumani Azamat 6 25436 10530325 Varq 5 26599 11011799 Navbahor tumani Paxtakor 5 19673 8144484 Navkar 5 16858 6979093 4. Xorazm viloyati Gurlan tumani Dehqon 3 13043 5399710 Doʻsimbiy 3 13478 5579797 Yangibozor tumani X. Olimjon 3 10656 4411509 Boʻston 4 13290 5501966 Urganch tumani Yuqoriovul 3 11337 4693438 Hidoyat 3 8053 3333885 Xonqa tumani Doʻstlik 3 19829 8209066 Qoramozi 3 22910 9484579 Bogʻot tumani Uzumzor 3 16149 6685572 Yangiqadam 3 13296 5504450 Hazorasp tumani Muxomon 4 22023 9117367 Boʻston 2 14207 5881598 Jami 40 130 710157 294 000 000
* Shundan 49,75 mln AQSH dollari Oʻzbekiston Respublikasi ulushi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-son qaroriga 2-ILOVA
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Islom taraqqiyot banki kreditining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni qaytarish
PROGNOZ JADVALI
Loyihani amalga oshirish muddati — 5 yil (01.11.2021-y.— 01.11.2026-y.) Jami foydalanish muddati — 20 yil, shundan: — imtiyozli davr — 5 yil Foiz stavkalari — Foydalanish davri uchun 1,35 % + 10 yil uchun oʻrtacha SWAP qiymati — moliya sotish qiymati 2,79 % AQSH dollari Yillar Imtiyozli davr foiz koʻrsatkichini inobatga olib hisoblangan qarz miqdori Mablagʻlarning ustama qiymati Mablagʻlarni* qaytarish qiymati 212 288 628,93 48 966 848,06 01.06.2026 8 708 515,90 01.12.2026 8 708 515,90 01.06.2027 8 708 515,90 01.12.2027 8 708 515,90 01.06.2028 8 708 515,90 01.12.2028 8 708 515,90 01.06.2029 8 708 515,90 01.12.2029 8 708 515,90 01.06.2030 8 708 515,90 01.12.2030 8 708 515,90 01.06.2031 8 708 515,90 01.12.2031 8 708 515,90 01.06.2032 8 708 515,90 01.12.2032 8 708 515,90 01.06.2033 8 708 515,90 01.12.2033 8 708 515,90 01.06.2034 8 708 515,90 01.12.2034 8 708 515,90 01.06.2035 8 708 515,90 01.12.2035 8 708 515,90 01.06.2036 8 708 515,90 01.12.2036 8 708 515,90 01.06.2037 8 708 515,90 01.12.2037 8 708 515,90 01.06.2038 8 708 515,90 01.12.2038 8 708 515,90 01.06.2039 8 708 515,90 01.12.2039 8 708 515,90 01.06.2040 8 708 515,90 01.12.2040 8 708 515,90 261 255 476,99
* SWAP foiz koʻrsatkichi oxirgi toʻlov amalga oshirilganda aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-son qaroriga 3-ILOVA
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi kreditining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni qaytarish
PROGNOZ JADVALI
Loyihani amalga oshirish muddati — 5 yil (01.11.2021-y.— 01.11.2026-y.) Jami foydalanish muddati — 20 yil, shundan: — imtiyozli davr — 5 yil Foiz stavkalari — Foydalanish davri uchun 1 % — moliya sotish qiymati 2,25 % AQSH dollari Yillar Imtiyozli davr foiz koʻrsatkichini inobatga olib hisoblangan qarz miqdori Mablagʻlarning ustama qiymati Mablagʻlarni* qaytarish qiymati 79 608 235,88 14 630 881,65 01.06.2026 3 141 303,92 01.12.2026 3 141 303,92 01.06.2027 3 141 303,92 01.12.2027 3 141 303,92 01.06.2028 3 141 303,92 01.12.2028 3 141 303,92 01.06.2029 3 141 303,92 01.12.2029 3 141 303,92 01.06.2030 3 141 303,92 01.12.2030 3 141 303,92 01.06.2031 3 141 303,92 01.12.2031 3 141 303,92 01.06.2032 3 141 303,92 01.12.2032 3 141 303,92 01.06.2033 3 141 303,92 01.12.2033 3 141 303,92 01.06.2034 3 141 303,92 01.12.2034 3 141 303,92 01.06.2035 3 141 303,92 01.12.2035 3 141 303,92 01.06.2036 3 141 303,92 01.12.2036 3 141 303,92 01.06.2037 3 141 303,92 01.12.2037 3 141 303,92 01.06.2038 3 141 303,92 01.12.2038 3 141 303,92 01.06.2039 3 141 303,92 01.12.2039 3 141 303,92 01.06.2040 3 141 303,92 01.12.2040 3 141 303,92 94 239 117,53
* foiz koʻrsatkichi oxirgi toʻlov amalga oshirilganda aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-son qaroriga 4-ILOVA
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomi Kredit summasi (ming AQSH doll.) Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Masʼul ijrochilar 1-KOMPONENT: Qishloqlarni rivojlantirish uchun asosiy infratuzilma va xizmatlarga qaratilgan talablarga asoslangan investitsiyalar (masʼul: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hududida loyiha doirasida: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan va jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida aniqlangan qishloq obyektlarida suv taʼminoti va sanitariya tizimi, irrigatsiya va drenaj tizimi yaxshilanadi, ijtimoiy soha obyektlari taʼmirlanadi va quriladi (taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari, MFY idoralari), elektr taʼminoti, mahalliy ichki yoʻllar va koʻpriklar quriladi va taʼmirlanadi, aloqa va axborotlashtirish, jamoat joylarida tungi koʻcha yoritish tizimi oʻrnatiladi, piyodalar yoʻlaklari quriladi va taʼmirlanadi hamda obodonlashtirish tadbirlari va boshqa ishlar amalga oshiriladi. Ushbu subkomponent, shuningdek, qishloq aholisi tomonidan ustuvor deb topilgan subloyihalarni shakllantirish uchun tanlov asosida saralab olingan va shartnoma tuzilgan loyihalashtirish institutlari va firmalar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni ham moliyalashtiradi. 294 000 1. Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda 170 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarini tanlash va qishloqlarda obyektlarni (subloyihalarni) aniqlash. 2. Aholi punktlarining bosh rejalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish. 3. Viloyat va tuman hokimliklari ishtirokida qishloqlardagi aholi fikrini oʻrgangan holda, ularni rivojlantirish dasturlarining manzilli roʻyxatini ishlab chiqish. 4. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan loyiha doirasida belgilangan ishlarni amalga oshirish jarayonida aholi xavfsizligini va atrof-muhit muhofazasini taʼminlash ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish. 5. Viloyat hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarini buyurtmachi vazifasini bajarishga jalb qilish. 6. Aniqlangan ijtimoiy soha obyektlariga (subloyihalarga) loyihalashtirish va qurilish ishlari uchun loyiha institutlarini va pudrat tashkilotlarini jalb qilish boʻyicha tanlov/tender savdolarini tashkillashtirish va gʻoliblar bilan shartnomalar tuzish. 7. Subloyihalarni moliyalashtirishdan oldin atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallariga belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olish. 8. Loyiha doirasida tanlangan qishloqlar (ovullar) topogeodeziya xaritalari, muhandislik-geologiya qidiruv ishlari, bosh rejalarini arxitektura-rejalashtirish. 9. Ular tarkibida batafsil rejalashtirish loyihalarini va yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish. 10. Qurilish-montaj ishlari tugagandan soʻng obyektlarni qabul qilish uchun Davlat qabul komissiyalarini tashkil etish. Subloyihalarning davomiyligini taʼminlash uchun jamoaviy ekspluatatsiya va texnik xizmat mexanizmlarini ishlab chiqish hamda obyektni balansda saqlovchiga topshirish va yuridik huquqlarni rasmiylashtirish. 2021 — 2025-yillar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Qurilish vazirligi (E. Iskandarov), Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari hokimliklari, “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari 2-KOMPONENT: Asosiy infratuzilma va xizmatlar boʻyicha muhandislik xizmatlari hamda mahalliy boshqaruv salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, kommunikatsiya hamda jamoatchilik bilan ishlash, fuqarolarni jalb etish (masʼul: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) 2. 1. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, har bir shartnoma boʻyicha loyihani amalga oshirish davrida qishloqlarda amalga oshiriladigan ishlar jamoatchilik fikri asosida oʻrganiladi. 2. Toza ichimlik suvi taʼminoti boʻlmagan qishloqlarda loyihani amalga oshirish davrida xorijiy va xalqaro ekspertlardan iborat guruh tomonidan xizmat koʻrsatiladi. 3. Mahalliy boshqaruv va oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari hamda loyihaga aloqador boshqa idoralar mutaxassislari uchun loyihani amalga oshirish davrida ishlab chiqiladigan grafiklarga koʻra doimiy asosda malaka oshirish treninglari olib boriladi. 26 960 1. Manzilli dasturlarni shakllantirishda ochiqlik tamoyillarini taʼminlash. 2. Jamoatchilik tashkilotlaridan iborat ekspertlar guruhi bilan har bir qishloqda soʻrovnomalar, uchrashuvlar, seminarlar va oʻquv treninglari oʻtkazish. 3. Davlat organlari, hokimliklar va loyihaga aloqador tashk?lotlar (injiniring kompaniyalari va boshqalar) salohiyatini oshirish boʻyicha doimiy oʻquv treninglarini oʻtkazish. 4. Toshkent shahrida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida loyihaga aloqador vazirliklar va tashkilotlar hamda mahalliy hokimlik vakillariga loyiha boʻyicha taqdimotlar oʻtkazish. 2021 — 2025-yillar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Z. Urakov), Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Toshpoʻlatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari hokimliklari 3-KOMPONENT: Loyihani boshqarishni qoʻllab-quvvatlash, monitoring va baholash, moliyaviy audit xizmati hamda salohiyatni oshirish (masʼul: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan ortda qolayotgan tumanlarida loyiha doirasida ishlar tashkil etiladi. Qishloqlarda ishlarning sifatli tashkil etilishi, loyihaning samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli ishlar olib boriladi. 3 970 1. Loyiha doirasida tadbirlarni muvofiqlashtirish va chora-tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlash. 2. Konsalting xizmatlari uchun shartnoma tuzish. 3. Loyiha doirasida koʻzda tutilgan hisobotlarni doimiy ravishda tayyorlash va tegishli idoralarga hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlariga taqdim etib borish. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga loyihani amalga oshirish jarayoni toʻgʻrisida axborot kiritib borish. 2021 — 2025-yillar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Z. Urakov), Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (F. Dadaxonov), Moliya vazirligi (B. Karimov) 4-KOMPONENT: Loyihani amalga oshirish jarayonida koʻzda tutilmagan va qoʻshimcha xarajatlarni boshqarish (masʼul: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Moliya vazirligi (O. Isakov) 4. 1 va 2-komponentlarni amalga oshirish jarayonida yetishmagan mablagʻlarni qoplash uchun resurslar yoʻnaltiriladi. Tejalgan mablagʻlar loyihaning 1 va 2-komponentlarida ish hajmlari qiymati va miqdorining oshishi, loyiha muddatini uzaytirish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarga ishlatiladi. 13 070 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3857-son qarori ilovasining 89-bandiga asosan amalga oshiriladi. 2021 — 2025-yillar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Moliya vazirligi (O. Isakov)
