“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (3056-1-son)
17.09.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3056-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 14-iyuldagi 24/5-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3056, 2018-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 34-son, 699-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-sentabr,
1/8-son
