2795-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori — Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi va fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-716-son)
2795-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori
Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi va fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-716-son) · Sana: 16.09.2021 · Amalda
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, mazkur bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori sud tomonidan ushbu Kodeks V boʻlimining qoidalariga koʻra beriladigan ijro varaqasi asosida ijro etilishi lozim.
Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning IV boʻlimida nazarda tutilgan qoidalarga asosan apellatsiya va kassatsiya tartibida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran, shuningdek yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin”;
11) 284-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi taraflarga ushbu qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa u elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin”;
12) 3851-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida berilishi mumkin”;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
13) 386-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatlarini chiqargan sud”;
14) 387-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
15) 395-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
16) 3994-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy”;
17) 406-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatini chiqargan sud”;
18) 407-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
19) 4074-modda birinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;
20) 4191-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy”;
21) 441-modda uchinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 155-modda birinchi qismining 5-bandidagi “soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilayotgan ishlar boʻyicha esa — javobgarga daʼvo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari topshirilganligini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 2033-moddaning ikkinchi qismidagi “shuningdek daʼvo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari javobgarga topshirilganligi haqidagi dalillar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 2034-moddaning ikkinchi qismidagi “daʼvo arizasining koʻchirma nusxasi oʻziga topshirilgan paytdan eʼtiboran” degan soʻzlar “daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 2035-moddaning:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida ushbu Kodeks V boʻlimining qoidalariga binoan majburiy ijro etilishi lozim”;
5) 329-modda uchinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;
6) 334-moddaning ikkinchi qismidagi “shuningdek soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha hal qiluv qarorlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 662-modda, 4-songa ilova) 271-moddasi uchinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-sentabr,
OʻRQ-716-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 2795-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi va fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-716-son). neolex.uz/uz/laws/law-5637428/2795 (lex.uz/docs/-5637426)