Qandim guruhi konlari uchastkasi, xauzak va shadi uchastkalari, shuningdek, qoʻngʻirot uchastkasi boʻyicha 2004-yil 16-iyundagi mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruv qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1468-son)
14.04.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 14-aprelda 1468-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 276-sonli “Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida Oʻzbekiston Respublikasining Qandim guruhi, Xauzak, Shadi konlarini ochish va Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi, 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli “Qandim guruhi konlari uchastkasi, Xauzak va Shadi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkasi boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi qaror qiladi:
1. Qandim guruhi konlari uchastkasi, Xauzak va Shadi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkasi boʻyicha 2004-yil 16-iyundagi mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruv qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-mart,
01-02/12-7-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi N. NAJIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-mart,
NN-V-01/10-1289-son
Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 25-mart,
0-2/8-son
