“Pistali” konida tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida (569-son)
10.09.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-son qaroriga muvofiq hamda “Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyatining qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini oshirish evaziga qimmatbaho metallar ishlab chiqarishning barqaror oʻsishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Pistali” konida tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) doirasida:
a) umumiy qiymati 274 668,9 ming AQSh dollariga teng investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilib, ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi;
b) obyektni 2024-yil dekabr oyida foydalanishga topshirish orqali yiliga tarkibida oltin boʻlgan 4,0 mln tonna hajmdagi maʼdanlarni qazib olish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlar tashkil etilishi;
v) investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishi natijasida:
“Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyatining 29 598,9 ming AQSh dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari;
xorijiy banklarning 245 070,0 ming AQSh dollar miqdoridagi kreditlari hisobidan mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Pistali” konida tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga;
“Pistali” konida tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasi boʻyicha xorijiy banklar kreditlarini qaytarish reja-jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
“Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyati qarz oluvchi boʻlib, investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, xorijiy banklarning kreditlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi uchun masʼul hisoblanadi;
jalb etiladigan kreditni qoplash va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi ushbu qarorga muvofiq yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlariga rioya etilishi tizimli asosda nazorat qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentiga va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-sentabr,
569-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentabrdagi 569-son qaroriga 1-ILOVA
“Pistali” konida tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: NKMK mablagʻlari xorijiy banklar kreditlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh dollari (ekv 274 668,9 29 598,9 245 070,0 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati ming AQSh dollari (ekv) 274 668,9 29 598,9 245 070,0 shu jumladan: 2.1. mashina va uskunalar ming AQSh dollari (ekv) 126 416,5 - 126 416,5 EAVda ming AQSh dollari (ekv) 93 215,8 - 93 215,8 milliy valyutada ming AQSh dollari (ekv) 33 200,7 - 33 200,7 2.2. qurilish-montaj ishlari ming AQSh dollari (ekv) 111 609,6 - 111 609,6 milliy valyutada ming AQTTT dollari (ekv) 111 609,6 - 111 609,6 2.3. investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar ming AQSh dollari (ekv) 26 559,4 26 559,4 - EAVda ming AQTTT dollari (ekv) 26 559,4 26 559,4 - 2.4. dastlabki aylanma mablagʻlar ming AQSh dollari (ekv) 2 004,0 2 004,0 - EAVda ming AQSh dollari (ekv) 382,1 382,1 - milliy valyutada ming AQSh dollari (ekv) 1 621,9 1 621,9 - 2.5. boshqa xarajatlar ming AQSh dollari (ekv) 8 079,4 1 035,5 7 043,9 milliy valyutada ming AQSh dollari (ekv) 8 079,4 1 035,5 7 043,9 3. Korxonaning quvvati 4 mln tonna maʼdan 4. Moʻljallanayotgan ishga joylashtiriluvchilar soni 2 110 nafar 5. Loyihaning moʻljallanayotgan oʻzini qoplash muddati 7,9 yil 6. Investitsiya davrining davomiyligi 41 oy 7. Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati 226 915,2 ming AQSh dollari (ekv.) 8. Xorijiy kreditni soʻndirish muddati 5 yil, shundan 3 yil — imtiyozli davr
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentabrdagi 569-son qaroriga 2-ILOVA
“Pistali” konida tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasi boʻyicha xorijiy banklar kreditlarini qaytarish reja-jadvali
Kredit miqdori 245 070,0 ming AQSh dollar Kredit muddati 5 yil Jumladan, imtiyozli davr 3,0 yil Yillik foiz stavkasi 4,55 % Zaxiraga olish uchun toʻlov 0,8 % ming AQSh dollari Toʻlov davri Tanlov summasi Toʻlovlar summasi Jami toʻlanadigan summa asosiy qarz boʻyicha kredit boʻyicha foiz zaxiraga olish uchun toʻlov 2021-y. III-chorak 30 367,1 - - 1 960,6 1 960,6 IV-chorak - - 336,9 - 336,9 2022-y. I-chorak 69 211,4 - 615,7 - 615,7 II-chorak - - 1 142,0 - 1 142,0 III-chorak 40 071,5 - 1 296,9 - 1 296,9 IV-chorak 60 107,3 - 1 549,3 - 1 549,3 2023-y. I-chorak - - 2 290,9 - 2 290,9 II-chorak - - 2 290,9 - 2 290,9 III-chorak 28 237,7 - 2 290,9 - 2 290,9 IV-chorak - - 2 430,9 - 2 430,9 2024-y. I-chorak - - 2 614,8 - 2 614,8 II-chorak - - 2 614,8 - 2 614,8 III-chorak 17 075,0 27 230,0 2 680,8 - 29 910,8 IV-chorak - 27 230,0 2 444,0 - 29 674,0 2025-y. I-chorak - 27 230,0 2 186,0 - 29 416,0 II-chorak - 27 230,0 1 873,7 - 29 103,7 III-chorak - 27 230,0 1 561,4 - 28 791,4 IV-chorak - 27 230,0 1 208,4 - 28 438,4 2026-y. I-chorak - 27 230,0 936,9 - 28 166,9 II-chorak - 27 230,0 624,6 - 27 854,6 III-chorak - 27 230,0 312,3 - 27 542,3 Jami 245 070,0 245 070,0 33 302,1 1 960,6 280 332,7
