Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (392-son)
07.08.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”, “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga kiritish tartibi haqidagi qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-apreldagi va “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qoʻllanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 12-iyundagi farmonlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan ilova qilinayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishning kontrakt shakliga oʻtish toʻgʻrisida” 1992-yil 24-avgustdagi 394-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yoʻlovchi tashish transporti xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarori 10-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 7-avgust,
392-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritiladigan
OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR
8. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 i., 8-son, 24-modda) qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Savdo yoki ulgurji tarmoqdagi va aksiz markalari bilan markalanmagan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari soliq organlarining qarorlari asosida musodara qilinishi kerak”;
19 va 20-bandlar chiqarib tashlansin, 21 va 22-bandlar tegishlicha 19 va 20-bandlar deb hisoblansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “1997-yilga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti toʻgʻrisida” 1996-yil 31-dekabrdagi 469-son qarorining 8-bandi yettinchi xatboshi quyidagi soʻzlar bilan toʻldirilsin: “xususiy tijorat banklarini daromaddan olinadigan soliqdan ozod qilish qismida ularni istisno qilgan holda”.
