26-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida (O‘RQ-713-son) · Sana: 13.09.2021 · Amalda
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-sentabr,
OʻRQ-713-son
“Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ILOVA
Seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan obyektlarning toifalariga koʻra
ROʻYXATI
T/r Obyektning nomi I toifa obyektlari 1. Uylarning yonidagi xoʻjalik va yordamchi imoratlar 2. Vaqtincha uy-joylar 3. Vaqtincha pavilyonlar va kioskalar 4. Kino va videofilmlarni namoyish etish uchun vaqtincha pavilyonlar 5. Saqlash uchun joylar, angarlar, omborlar 6. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini joylashtirish va saqlash uchun muzlatish kameralari II toifa obyektlari 7. Kam qavatli uylar va kottejlar (3 qavatgacha) 8. Yakka tartibda qurilgan shaxsiy uy-joylar 9. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari infratuzilmasi obyektlari 10. Garajlar (koʻp qavatli yer osti, yer usti garajlari) 11. Matbaa sanoati obyektlari 12. Kommunikatsiya tonnellari (yer osti kommunikatsiyalari kollektorlari) va issiqlik tarmoqlari 13. Chiqindilarni qayta ishlash tashkilotlari 14. Oʻrmon xoʻjaligi, yogʻochni qayta ishlash, sellyuloza-qogʻoz sanoati obyektlari 15. Kimyoviy tozalash punktlari, hammomlar 16. Texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari, jamoat transporti tashkilotlari 17. Kempinglar, motellar, turbazalar, yozgi oromgohlar, dam olish bazalari va alpinistlar kurortlari 18. Yil boʻyi ishlaydigan doʻkonlar, maishiy xizmat tashkilotlari (kafelar, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish punktlari) 19. Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklari 20. Mashq qilish zallari va fitnes zallari 21. Yil boʻyi ishlaydigan dam olish zonalari 22. Koʻrgazma zallari, madaniyat uylari 23. Maishiy texnika, sopol va chinni buyumlar, yogʻoch va mebellar, polietilen mahsulotlari ishlab chiqarish tashkilotlari 24. Qandolatchilik mahsulotlari, salqin ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tashkilotlari 25. Pilla tayyorlash tashkilotlarining obyektlari 26. Poyabzal ishlab chiqarish tashkilotlarining obyektlari III toifa obyektlari 27. Dastgohlar ishlab chiqarish obyektlari 28. Avtomobil sanoati tashkilotlarining obyektlari 29. Radiatsiyaga qarshi hamda yer ostidagi ixtisoslashtirilgan pana joylar 30. Shahar transporti obyektlari, koʻpriklar, tonnellar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar, temir yoʻl koʻpriklari 31. Avtomatlashtirilgan tezkor dispetcherlik boshqaruvi binolari 32. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, shu jumladan chorvachilik va ozuqa ishlab chiqarish mashinasozligi tashkilotlarining obyektlari 33. Ishlatilayotgan markaziy isitish punktlari, bugʻ qozonxonalari 34. Harakatlanadigan tarkibni, aviatsiya texnikasini taʼmirlash tashkilotlarining obyektlari 35. Qurilish tarmogʻi tashkilotlarining obyektlari, qurilish metall konstruksiyalari tashkilotlarining obyektlari 36. Paxtani qayta ishlash tashkilotlarining obyektlari, toʻqimachilik tashkilotlarining ishlab chiqarish obyektlari 37. Pochta, telegraf va aloqa tashkilotlarining boshqa obyektlari 38. Turar joy binolari, majmualari va yotoqxonalar 39. Oʻrta qavatli uylar va mehmonxonalar (3 qavatdan 5 qavatgacha) 40. Koʻp qavatli uylar va mehmonxonalar (5 qavatdan 12 qavatgacha) 41. Savdo uylari, ixtisoslashtirilgan yirik universal doʻkonlar majmualari, supermarketlar, restoranlar hamda usti yopiq bozorlar 42. Oʻquv yurtlarining barcha turlari (12 qavatgacha) 43. 1000 oʻringacha boʻlgan kinoteatrlar, kino-konsert zallari 44. Teatrlar, sirklar, muzeylar, amfiteatrlar, hayvonot bogʻlari, akvaparklar, okeanariumlar 45. Avtomobilga yoqilgʻi quyish shoxobchalari 46. Loyiha-konstruktorlik tashkilotlari 47. Ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalarining binolari 48. Akademik ilmiy-tadqiqot markazlarining binolari va inshootlari 49. Kutubxonalar, noyob qoʻlyozmalar saqlanadigan joylar hamda davlat arxivlarining binolari 50. Sugʻorish va suv ajratish tarmoqlaridagi, sunʼiy suv havzalaridagi gidrotexnika inshootlari 51. Pansionatlar, profilaktoriylar, dam olish uylari, sanatoriylar, yuqori darajadagi turistik majmualar 52. Milliy galereyalar, madaniy markazlar, diniy muassasalar (masjidlar, cherkovlar, sinagoglar va boshqalar) 53. Ijtimoiy-siyosiy faoliyat markazlarining binolari, biznes-majmualar (markazlar), koʻp funksiyali ijtimoiy majmualar 54. Banklar, birjalar, banklarning boʻlimlari, hisoblash markazlari 55. Barcha turdagi tarixiy obidalar 56. Tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari, maʼmuriy qamoqxonalar, ichki ishlar organlarining binolari va inshootlari 57. Jazoni ijro etish muassasalari IV toifa obyektlari 58. Mudofaa obyektlarining barcha turlari 59. Yadro tadqiqotlari, radiaktiv moddalarni ishlab chiqarish, yadroviy materiallar va radiaktiv moddalarni saqlash, shuningdek radioaktiv moddalarga ishlov berish va ularni utilizatsiya qilish obyektlari 60. Milliy ahamiyatga ega binolar va inshootlar 61. Maʼmuriy-davlat boshqaruvi binolari 62. Tibbiyot-mikrobiologiya sanoatining va tibbiyot muassasalarining obyektlari 63. Oʻt oʻchirish qismlarining binolari 64. Suv omborlarining toʻgʻonlari va gidroelektrostansiyalar 65. Issiqlik elektr stansiyalari, bugʻ qozonxonalari 66. Elektroenergetikaning boshqa (muqobil) obyektlari 67. Neft-gaz va koʻmir sanoatining obyektlari hamda omborlari 68. Metallurgiya va elektrotexnika sanoati tashkilotlarining obyektlari 69. Togʻ-kon ruda sanoati tashkilotlarining obyektlari 70. Kimyo sanoati, mineral oʻgʻitlar tashkilotlarining obyektlari, portlash va yongʻin xavfi yuqori boʻlgan obyektlar 71. Havo va temir yoʻl transportining binolari hamda inshootlari, yer osti va usti metrosi obyektlari 72. Oʻquv yurtlarining, koʻp qavatli uylar va mehmonxonalarning, shuningdek boshqa maqsadga moʻljallangan binolarning (12 qavatdan yuqori) barcha turlari 73. 1000 dan ortiq oʻringa ega boʻlgan kino-konsert zallari va kinoteatrlar 74. Koʻp oʻrinli yopiq stadionlar, yirik sport saroylari
