20-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi huquqlari
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida (O‘RQ-713-son) · Sana: 13.09.2021 · Amalda
Jismoniy va yuridik shaxslar:
tegishli hududdagi seysmik xavf darajasi toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborot olish;
zilzilalar chogʻida oʻzini tutish qoidalari hamda ularga tayyorgarlik koʻrish tartibi toʻgʻrisida axborot olish;
zarur boʻlganda tashkilot xodimlarini himoya qilish va ularni zilzila vaqtida oʻzini toʻgʻri tutishga oʻrgatish uchun mutaxassislarni jalb etish huquqlariga ega.
Jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
