11-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida (O‘RQ-713-son) · Sana: 13.09.2021 · Amalda
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
seysmik xatarni kamaytirish va aholini yuz berishi mumkin boʻlgan kuchli zilzilalarga tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
yuz berishi mumkin boʻlgan kuchli zilzilalarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash hamda tadqiqot va loyihalash ishlarini olib borish borasida boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
aholini kuchli zilzilalar vaqtida tegishli harakatlarni bajarishga va tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlash boʻyicha seysmik faol zonalarda seminar va treninglar tashkil etilishiga bevosita koʻmaklashadi;
qurilish tashkilotlari tomonidan seysmik faol zonalar uchun normativlarga muvofiq ishlab chiqilgan loyihalarga qatʼiy rioya etilishini nazorat qiladi;
mavjud boʻlgan hamda qurilayotgan binolar va inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirishda, ularni yangilashda, shuningdek monitoringini oʻtkazishda ishtirok etadi;
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi yangi ishlanmalarni amalga oshirishda bevosita tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
