Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiya (MEK)si toʻgʻrisida namunaviy nizom, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (898-3-son)
11.09.2021
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 11-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 898-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi 538-son “Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor U. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-sentabr,
317-son
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 6-sentabrdagi 317-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining 2000-yil 11-fevraldagi 4-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiya (MEK)si toʻgʻrisida namunaviy nizom (roʻyxat raqami 898, 2000-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 4-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2008-yil 9-apreldagi 8-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiyasi (MEK)si toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 898-1, 2008-yil 23-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 141-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2010-yil 16-iyuldagi 44-son “Vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora, yuridik shaxslar birlashmasining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiyasi (MEK) toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 898-2, 2010-yil 2-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 265-modda).
