Toshkent shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (553-son)
31.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va koʻkalamzorlashtirilgan maydonchalarni muhofaza qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 22 ta istirohat bogʻi, 15 ta sayilgoh, 20 ta xiyobon, 136 km piyodalar va 98,7 km velosiped yoʻlaklari barpo etildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida qurilish va xizmat koʻrsatish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlarning keskin oshishi natijasida tushayotgan ekologik yuklamani pasaytirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda, shahar aholisining madaniy hordiq olishi uchun yashil zonalarga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni taqozo etmoqda.
Toshkent shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari darajasini kengaytirish, shaharni “yashil shahar”lardan biriga aylantirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar umumiy maydonining koʻkalamzorlashtirilishi darajasini 2023-yilgacha 30 foizga yetkazish Toshkent shahri va uning tumanlari hokimliklarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra ekilishi lozim boʻlgan har qanday daraxt koʻchatlari faqat ular ekilayotgan hududlarning iqlimi va yer maydonining xususiyatlarini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida tanlab olinadi.
3. Quyidagilar:
2021 — 2023-yillarda Toshkent shahridan oʻtadigan kanallarning qirgʻoqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sayilgoh tashkil etish boʻyicha manzilli dastur 1-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda Toshkent shahrida umumiy soni 1 500 ta suv quduqlarini tashkil etish boʻyicha dastur 2-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda Toshkent shahrida piyoda va velosiped yoʻlaklarini qurish boʻyicha dastur 3-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda Toshkent shahri mahallalarida “yashil zona”lar va xiyobonlar tashkil etish boʻyicha dastur 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Toshkent shahrining kamida 60 gektar yer maydonida attraksionlardan xoli boʻlgan jamoat istirohat bogʻini (keyingi oʻrinlarda — jamoat istirohat bogʻi) hamda har bir tumanda kichik yashil istirohat bogʻlarini barpo etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Jamoat istirohat bogʻi va kichik yashil istirohat bogʻlarni barpo etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ishchi guruh (Artikxodjayev) uch oy muddatda:
xalqaro mutaxassislar, arxitektorlar va dizaynerlarni jalb qilgan holda jamoat istirohat bogʻini va kichik yashil istirohat bogʻlarni barpo etish konsepsiyasi ishlab chiqilishini;
jamoat istirohat bogʻi tuzilmasi yuzasidan aholining fikr va mulohazalarini oʻrganib chiqish uchun ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilishini;
jamoat istirohat bogʻi va kichik yashil istirohat bogʻlarni tashkil qilish imkoniyatlariga ega maydonlar va tashkiliy masalalarning oʻrganib chiqilishini hamda taklif kiritilishini taʼminlasin.
6. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Toshkent shahar istirohat bogʻlari 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga Toshkent shahrida 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritadigan istirohat bogʻlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiy talablarni belgilash tavsiya etilsin.
7. Toshkent shahrida joylashgan budjet tashkilotlariga oʻzlarining yoʻl yoqasida joylashgan binolari yashil hududlarini shahar obodonlashtirish talablariga mos ravishda saqlab turish majburiyati yuklansin.
8. Toshkent shahar hokimligining Bektemir va Uchtepa tumanlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish vazifalarini autsorsing asosida tadbirkorlarga berish yuzasidan 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, huquqiy eksperiment doirasida:
mahalliy budjet parametrlarida ushbu tumanlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga moʻljallangan mablagʻlar yoʻnaltirilishi inobatga olinadi;
obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish vazifalarini tadbirkorlarga berish natijasida boʻshaydigan shtat birliklarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xodimlarni ishga olish ushbu tadbirkorlik subyektlariga tavsiya etiladi.
9. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Toshkent shahar tumanlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish vazifalarini autsorsing asosida tadbirkorlarga berishning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
huquqiy eksperiment oʻtkazilgan tumanlar aholisi ishtirokida huquqiy eksperiment natijalari yuzasidan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazsin hamda natijasi yuzasidan 2023-yil 10-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasiga tegishli taklif kiritilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligining 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumlarida Toshkent shahri hududida 1 million tup daraxt ekish boʻyicha “1 million daraxt” tashabbusiga rozilik berilsin.
11. Toshkent shahar hokimligi:
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 1 million tup daraxtning tarkibini shakllantirsin;
bir oy muddatda “1 million daraxt” tashabbusini amalga oshirish boʻyicha dasturni tasdiqlasin hamda uning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga tavsiya etilsin.
12. Toshkent shahar hokimligi huzurida quyidagi vazifalar yuklatilgan holda xoʻjalik hisobidagi davlat unitar korxonasi shaklidagi “Toshkent sayilgohi direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda — Toshkent sayilgohi direksiyasi) tashkil etilsin:
Toshkent shahrida mavjud va yangi barpo etiladigan istirohat bogʻlari, mavzuli xiyobonlar, sayilgohlar, yashil maydonlar va xiyobonlarning namunali saqlanishini taʼminlash, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ulardan foydalanish ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, xizmat koʻrsatiladigan hududni yanada koʻkalamzorlashtirish va obod qilish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
koʻkalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va koʻkalamzorlashtirilgan maydonchalarni taʼmirlash boʻyicha zarur tashkiliy-agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
mukammal va joriy taʼmirlash ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash, shuningdek, sunʼiy sugʻorish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, qattiq qoplamalar, yoʻllar va yoʻlaklar, koʻchalarni yoritish vositalari va favvoralarning sanitariya va texnik jihatdan zarur holatda boʻlishini taʼminlash.
13. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
a) mavzuli xiyobonlar, sayilgohlar, yashil maydonlar va xiyobonlar hududlarida savdo-koʻngilochar va xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish uchun ularni tadbirkorlik subyektlariga auksion asosida ijaraga berish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda bino va inshootlar hamda yer uchastkalarini ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismi Toshkent sayilgohi direksiyasiga qoldirilishi va mazkur mablagʻlar tegishli obyektlar va maydonlarni taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlariga yoʻnaltirilishi nazarda tutilsin;
b) istirohat bogʻlarini tadbirkorlarga ishonchli boshqaruvga va ijaraga berish shartnomalari boʻyicha shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini oʻrganib chiqsin hamda ularda koʻkalamzorlashtirish darajasini kamida yigirma besh foizga koʻpaytirish yuzasidan tegishli choralarni koʻrsin.
14. Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan boshqarmalari hamda Yangihayot tumani obodonlashtirish boshqarmasiga qoʻshimcha ajratiladigan shtat birliklari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan qoʻshimcha ajratiladigan shtat birliklarini saqlash xarajatlari joriy yilda obodonlashtirish sohasiga ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi hamda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan, 2022-yildan boshlab Toshkent shahar mahalliy budjetini shakllantirishda nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
15. Toshkent shahar hokimligi 2021-yil 1-oktabrga qadar Toshkent sayilgohi direksiyasi tuzilmasining shtatlar jadvalini va biriktiriladigan hududlar manzilli roʻyxati tasdiqlanishini, malakali xodimlar bilan taʼminlanishini hamda samarali faoliyat olib borishi uchun zarur bino va inshootlarga joylashtirilishini taʼminlasin.
16. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
xalq deputatlari Toshkent shahar va tumanlar Kengashlariga — Toshkent shahar va tumanlar hokimliklarining ushbu qaror ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan har chorak natijalari boʻyicha hisobotini eshitib borish tavsiya etilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov — har yarim yilda ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilishi Hukumat majlislarida muhokama qilib borilishini tashkil etsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 31-avgust,
553-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 553-son qaroriga 1-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Toshkent shahridan oʻtadigan kanallarning qirgʻoqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sayilgoh tashkil etish boʻyicha
MANZILLI DASTUR
T/r Chora-tadbirlar Amalga oshiriladigan ish hajmi Bajarish muddati Moliyalashtirish manbai: mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari (mlrd soʻm) oʻlchami (km) taxminiy qiymati (mlrd soʻm) Loyihalashtirish Bajarish Jami: 61,76 405,3 X X 405,3 1. Mirzo Ulugʻbek tumanidan oqib oʻtuvchi “Qorasuv” kanalining Doʻrmon yoʻli koʻchasidan Qarnoq koʻchasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish 2,4 15,7 2022-yil 2023-yil 15,7 2. Mirzo Ulugʻbek tumanidan oqib oʻtuvchi “Salar” kanalining Asaka koʻchasidan Movarounnaxr koʻchasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish 1,21 7,9 2022-yil 2023-yil 7,9 3. Yunusobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Salar” kanalining Toshkent halqa avtomobil yoʻlidan Doʻrmon yoʻligacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish 1,9 12,4 2021-yil 2022-yil 12,4 4. Yunusobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Boʻzsuv” kanalining Yuqori Boʻzsuv koʻchasi yon qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish 1 6,5 2023-yil 2024-yil 6,5 5. Yunusobod tumanida Toshkent halqa avtomobil yoʻlidan Baraka koʻchasigacha boʻlgan “Qoraqamish” kollektorining qirgʻoqlarini mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish 1,36 8,9 2023-yil 2024-yil 8,9 6. Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish koʻchasi yon qismidan oqib oʻtuvchi “Qoraqamish” kollektorining qirgʻoqlarini mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish 0,41 2,7 2023-yil 2024-yil 2,7 7. Yashnobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Katta Tolariq” kanalining Ohangaron yoʻlidan Katta Yangiobod koʻchasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 1,3 8,5 2023-yil 2024-yil 8,5 8. Mirobod tumanida Fargʻona yoʻli koʻchasidan Sergeli tumani Qoʻshqoʻrgʻon 5-tor koʻchasigacha boʻlgan “Katta Tolariq” kanalining qirgʻoqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 2,8 18,3 2022-yil 2023-yil 18,3 9. Mirobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Qorasuv” kanalining A. Fitrat koʻchasidan Eski Otchopar koʻchasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 0,9 5,9 2021-yil 2022-yil 5,9 10. Olmazor tumanidan oqib oʻtuvchi “Damashi” kanalining Sagʻbon koʻchasidan Toshkent halqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish 3,45 22,5 2022-yil 2023-yil 22,5 11.. Olmazor tumanidan oqib oʻtuvchi “Damashi” kanalining Shimoliy Olmazor koʻchasidan Qorasaroy koʻchasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish 1,1 7,2 2023-yil 2024-yil 7,2 12.. Shayxontohur tumanidan oqib oʻtuvchi “Katta Kalkauz” kanalining Anhor boʻyi koʻchasidan Taxtapul koʻchasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish 1,4 9,1 2021-yil 2022-yil 9,1 13. Olmazor tumanidan oqib oʻtuvchi “Kalkauz” kanalining Nurafshon aylanma koʻchasi yon qismidan oʻtuvchi qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish 0,7 4,6 2021-yil 2022-yil 4,6 14. Chilonzor tumanidan oqib oʻtuvchi “Anhor” kanalining Beshyogʻoch koʻchasi yon qismi, Novza koʻchasidan Muqumiy koʻchasigacha, Choʻpon-ota koʻchasidan Bunyodkor shoh koʻchasi yon qismigacha boʻlgan qismlarida oʻzanlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 4,41 28,8 2023-yil 2024-yil 28,8 15. Chilonzor tumanidan oqib oʻtuvchi “Qonqus” kanalining Bunyodkor shoh koʻchasi yon qismidan Toshkent halqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismida obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 4,48 29,3 2022-yil 2023-yil 29,3 16. Chilonzor tumanidan oqib oʻtuvchi “Katta Chala” kanalining �unyodkor koʻchasidan Al-Xorazmiy koʻchasigacha boʻlgan qismida oʻzanlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 0,92 6 2023-yil 2024-yil 6 17. Uchtepa tumanidan oqib oʻtuvchi “Boʻzsuv” kanalining “Farhod” koʻchasidan Toshkent halqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 3,5 22,9 2021-yil 2022-yil 22,9 18... Chilonzor tumanidan oqib oʻtuvchi “Boʻrijar” kanalining Kichik halqa avtomobil yoʻliga tutash qismining ?irgʻoqlarini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 2,54 16,6 2021-yil 2022-yil 16,6 19. Chilonzor tumani 4,6,8-mavze hududlaridan oqib oʻtuvchi “Choʻponota” kanalining qismida obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 1,8 11,8 2023-yil 2024-yil 11,8 20.. Sergeli tumani Nilufar koʻchasidan Yangihayot tumani Zavodskaya koʻchasigacha boʻlgan “Nayman” kanalining qirgʻoqlarini mustahkamlash va tutash hududlarda sayilgoh tashkil etish 3,43 22,4 2023-yil 2024-yil 22,4 21.. Sergeli tumanidan oqib oʻtuvchi “Nayman” kanalining Qoʻshqoʻrgʻon koʻchasidan Toshkent halqa avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish 1,47 9,6 2023-yil 2024-yil 9,6 22.. Sergeli tumanidan oqib oʻtuvchi “Qorayoʻl” kanalining Qipchoq koʻchasidan Sofdil koʻchasigacha boʻlgan qismida obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 2,06 13,5 2023-yil 2024-yil 13,5 23. Sergeli tumani Yangi Sergeli koʻchasidan oqib oʻtuvchi “Jun” kanalining Zangiota tumani chegarasigacha boʻlgan qismida qirgʻoqlarni mustahkamlash va oqim boʻyicha chap qirgʻogʻida sayilgoh tashkil etish 5,87 38,4 2022-yil 2023-yil 38,4 24. Yashnobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Pul-emas” kanalining Ohangaron shoh koʻchasi yon qismida oʻtgan qismida obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 4,1 26,8 2021-yil 2022-yil 26,8 25. Sergeli tumani Yangi Sergeli koʻchasidan Yangihayot tumani Navroʻz koʻchasi yon qismidan oqib oʻtuvchi “Salar” kanalining qirgʻoqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 5,05 33 2022-yil 2023-yil 33 26. Uchtepa tumani “Koʻxna Choʻponota” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Choʻponota” kanalining qirgʻoqlarni mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 0,3 2 2023-yil 2024-yil 2 27. Uchtepa tumani Dadil koʻchasi yon qismidan oqib oʻtuvchi “Koʻkcha” kanalining qirgʻoqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 0,9 5,9 2023-yil 2024-yil 5,9 28. Uchtepa tumani Uygʻur koʻchasi yon qismidan oqib oʻtuvchi “Beshqayragʻoch” kanalining qirgʻoqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish 1 6,5 2023-yil 2024-yil 6,5 Toshkent shahar hududidan oqib oʻtuvchi kanal va kollektorlaridagi mavjud gidrotexnik inshootlar (suv taqsimlovchi, suv toʻsuvchi, suv oʻlchovchi moslamalari)ni taʼmirlash hamda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish ishlari 1. Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Uchtepa, Chilonzor, Sergeli, Olmazor, Yashnobod tumanlari hududidan oqib oʻtuvchi Pul-emas yangi, Darxon, Oqqoʻrgʻon, Birlik, Qani. Yangiqoʻyliq, Qorasaroy, Jarariq, Katta Tolariq, Pul-emas eski kanallaridagi gidrotexnik inshootlarni taʼmirlash 14 dona 0,3 2021-yil 2022-yil 0,3 2. Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor tumanlari hududidan oqib oʻtuvchi Damashi, Kalkauz, Darvozakent, Oqqoʻrgʻon, Katta Chala, Qonqus kanallaridagi gidrouzel va gidrotexnik inshootlarni elektron texnologiya asosida ishlar rejimiga oʻtkazish 8 dona 0,9 2021-yil 2022-2023-yil 0,9 3. Toshkent shahar hududidan oqib oʻtuvchi kanallarda “Smart Water” — “Aqlli suv” suv oʻlchash texnologiyasini qoʻllash 20 dona 0,36 2021-yil 2022-2023-yil 0,36
Izoh. Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olingandan soʻng obyektlarning qiymatlariga aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 553-son qaroriga 2-ILOVA
2021-2022-yillarda Toshkent shahrida umumiy soni 1500 ta suv quduqlarini tashkil etish boʻyicha
DASTUR
mln soʻm T/r Tuman nomi Qaziladigan suv chiqarish quduqlari soni (birlik) Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻ (mln soʻm) shundan: 2021-yilda 2022-yilda qaziladigan suv chiqarish quduqlari soni (birlik) mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻ (mln soʻm) qaziladigan suv chiqarish quduqlari soni (birlik) mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻ (mln soʻm) 1. Olmazor tumani 107 16 050 36 5 350 71 10 700 2. Bektemir tumani 76 11 400 25 3 800 51 7 600 3. Mirobod tumani 92 13 800 31 4 600 61 9 200 4. Mirzo Ulugʻbek tumani 244 36 600 81 12 200 163 24 400 5. Sergeli tumani 94 14 100 31 4 700 63 9 400 6. Uchtepa tumani 109 16 350 36 5 450 73 10 900 7. Chilonzor tumani 108 16 200 36 5 400 72 10 800 8. Shayxontohur tumani 97 14 550 32 4 850 65 9 700 9. Yunusobod tumani 258 38 700 86 12 900 172 25 800 10. Yakkasaroy tumani 90 13 500 30 4 500 60 9 000 11. Yashnobod tumani 180 27 000 60 9 000 120 18 000 12. Yangihayot tumani 45 6 750 15 2 250 30 4 500 Jami 1500 225 000 500 75 000 1000 150 000
Izoh. Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olingandan soʻng obyektlarning qiymatlariga aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 553-son qaroriga 3-ILOVA
2021-2022-yillarda Toshkent shahrida piyoda va velosiped yoʻlaklarini qurish boʻyicha
DASTUR
T/r Tuman nomi Piyodalar yoʻlaklari uzunligi shundan Veloyoʻlaklar uzunligi shundan 2021-yil 2022-yil 2021-yil 2022-yil uzunligi (km) summasi (mlp soʻm) uzunligi (km) summasi (mln soʻm) uzunligi (km) summasi (mli soʻm) uzunligi (km) summasi (mln soʻm) uzunligi (km) summasi (mln soʻm) uzunligi (km) summasi (mln soʻm) 1. Bektemir tumani 9 2 250 4 1 000 5 1 250 9 2 250 4 1 000 5 1 250 2. Mirobod tumani 5 1 250 3 750 2 500 5 1 250 3 750 2 500 3. Mirzo Ulugʻbek tumani 28 7 000 13 3 250 15 3 750 28 7 000 13 3 250 15 3 750 4. Olmazor tumani 11 2 850 10 2 500 1 350 1 300 1 300 5. Sergeli tumani 3 825 1 250 2 575 3 825 1 275 2 550 6. Uchtepa tumani 7 1 650 2 500 5 1 150 7 1 650 2 550 4 1 100 7. Chilonzor tumani 3 800 1 250 2 550 3 800 1 267 2 533 8. Shayxontoxur tumani 25 6 150 12 3 000 13 3 150 25 6 150 12 3 000 13 3 150 9. Yunusobod tumani 5 1 125 2 500 3 625 5 1 125 2 375 3 750 10. Yakkasaroy tumani 12 3 000 4 1 000 8 2 000 12 3 000 4 1 000 8 2 000 11. Yangihayot tumani 15 3 750 6 1 500 9 2 250 15 3 750 6 1 500 9 2 250 12. Yashnobod tumani 8 2 025 4 1 000 4 1 025 5 1 200 2 400 3 800 Jami 131 32 675 62 15 500 69 17 175 117 29 300 51 12 667 67 16 633
Izoh. Toshkent shahrida piyoda va velosiped yoʻlaklarini qurish Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi;
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olingandan soʻng obyektlarning qiymatlariga aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 553-son qaroriga 4-ILOVA
2021-2022-yillarda Toshkent shahri mahallalarida “yashil maydon”lar va xiyobonlar tashkil etish
DASTURI
T/r Tuman nomi Sayilgohlar soni Veloyoʻlaklar uzunligi uzunligi (km) summasi (mln soʻm) 1. Bektemir tumani 1 1 1 200 2. Mirobod tumani 1 2 2 400 3. Mirzo Ulugʻbek tumani 1 1 1 200 4. Olmazor tumani 1 1 1 200 5. Sergeli tumani 1 2 2 400 6. Uchtepa tumani 1 3 3 600 7. Chilonzor tumani 1 3 3 600 8. Shayxontohur tumani 1 1 1 200 9. Yunusobod tumani 1 5 6 000 10. Yakkasaroy tumani 1 2 2 400 11. Yangihayot tumani 1 2 2 400 12. Yashnobod tumani 1 2 2 400 Jami 12 25 30 000
Izoh. Toshkent shahri mahallalarida “yashil zona”lar va xiyobonlar tashkil etish Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi;
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olingandan soʻng obyektlarning qiymatlariga aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 553-son qaroriga 5-ILOVA
Jamoat istirohat bogʻi va mini yashil istirohat bogʻlarni yaratish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
J.A. Artikxodjayev — Toshkent shahar hokimi, Ishchi guruh rahbari B.M. Ahmedov — madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari D.K. Adilov — qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari A.Y. Xaydarov — moliya vazirining oʻrinbosari J.S. Kazbekov — Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Gʻ.K. Qurbonov — Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari X.X. Meliqulov — Vazirlar Mahkamasi Apparatining bosh mutaxassisi S.X. Umatov — Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi, Ishchi guruh kotibi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 553-son qaroriga 6-ILOVA
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan boshqarmalari hamda Yangihayot tumani obodonlashtirish boshqarmasiga qoʻshimcha ajratiladigan shtat birliklari roʻyxati
T/r Tashkilot nomi Shtat birliklari soni 1. Fuqarolarga xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi 20 2. Drenaj va kollektorlarni taʼmirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi 32 3. Sunʼiy inshootlarni saqlash va taʼmirlash boshqarmasi 34 4. Yangihayot tumanining obodonlashtirish boshqarmasi 201 Jami 287
