Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (563-son)
09.09.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish, barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy talabalar turar joylarini qurish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining respublika hududlarida talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida quyidagi shakllarda barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
b) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyekti va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan aralash moliyalashtirish. Bunda:
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tadbirkorlik subyekti bilan kamida 200 oʻrinli talabalar turar joyini barpo etish uchun tuziladi;
xususiy sherikka talabalar turar joylarini qurish uchun loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha bir oʻringa toʻgʻri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratiladi;
talabalar turar joyida yashash uchun toʻlovlar davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda xususiy sherik tomonidan undiriladi.
Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan talabalar turar joylarini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq har bir talabaga bir yilda Davlat budjeti hisobidan, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya talabalar turar joylariga joylashtirilgan sanadan boshlab qoplab boriladi.
davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan talabalar turar joylari davlat sherigi tomonidan yotoqxonaga boʻlgan ehtiyoj toʻliq qoplangandan soʻng, binodan samarali foydalanish maqsadida boʻsh qolgan yotoqxona oʻrinlariga yotoqxonaga ehtiyoji bor boshqa oliy taʼlim tashkilotlari talabalarini joylashtirishga ruxsat beriladi.
v) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyektining toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan belgilangan shartlar asosida moliyalashtirish. Bunda:
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tadbirkorlik subyekti bilan kamida 400 oʻrinli talabalar turar joyini barpo etish sharti bilan tuziladi;
talabalar turar joyi jami quvvatining kamida yarmi talabalar uchun davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda yotoq oʻrinlari sifatida foydalaniladi va qolgan qismida ushbu turar joylarning bir oylik toʻlov miqdori xususiy sherik tomonidan erkin belgilanadi;
davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda talabalar turar joyida yashagan har bir talaba uchun bitimda belgilangan muddat davomida bir yil uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi;
talabalar turar joyini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar xususiy sherik hisobidan qoplanadi.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
a) ushbu qarorning 1-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan tartib davlat oliy taʼlim muassasalariga tegishli bino va inshootlarni rekonstruksiya va jihozlash ishlarini tadbirkorlik subyektining toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilgan loyihalarga ham tatbiq etilib, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim mavjud bino va inshootlarni talabalar turar joyi sifatida foydalanish sharti bilan tuziladi;
b) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muddati tugagan va taraflar oʻrtasida bitimni uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishilmagan taqdirda, talabalar turar joyi tegishli davlat oliy taʼlim muassasasi ixtiyoriga oʻtkaziladi;
v) talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etish uchun:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tizimida davlat oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralarning soʻrovnomasiga asosan talabalar turar joylarini qurish uchun oliy taʼlim muassasasiga 0,5 gektargacha boʻlgan yer maydonlari unga yaqin joylardan ajratiladi;
xususiy sherik “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aniqlanadi hamda u bilan talabalar turar joyini tasarruf etish huquqisiz davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tuziladi;
g) davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish boʻyicha loyihalarda davlat sherigi hisoblanadi;
d1) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar turar joylari barpo etish uchun talabgor chiqmagan taqdirda, qurilish xarajatlari teng ulushlarda davlat oliy taʼlim muassasasi va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Talabalar turar joylarini qurish ishlari oliy taʼlim muassasasining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan taqdirda, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan qismi keyinchalik subsidiya shaklida moliyalashtirib beriladi;
d2) zaruratga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda 1 va 1a-ilovalari bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib borish vakolati beriladi.
d3) xususiy sherik tomonidan barpo etilgan talabalar turar joyi hamda yotoqxona uchun ajratilgan yer maydonida bitimda belgilangan yotoq oʻrinlaridan tashqari qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga hamda yotoqxona uchun ajratilgan qismidan ortgan maydonini ijaraga berishga ruxsat etiladi;
d4) 2027-yil 1-yanvardan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan talabalar turar joylarida yashovchi talabalar uchun Davlat budjetidan har oylik subsidiya Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan maxsus platformada shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali shakllangan maʼlumotlar asosida ajratiladi.
3. Davlat oliy taʼlim muassasasining buyurtmasi va tadbirkorlik subyektining tashabbusi asosida tadbirkorga tegishli yer maydoni yoki binoda kamida 50 oʻrinli talabalar turar joylarini tashkil etish 2026-yil 1-iyuldan boshlab toʻxtatilsin (amaldagi loyihalar bitim muddati tugagunga qadar saqlanib qolinadi).
Bunda, talabalardan har oy yashash uchun yigʻiladigan toʻlov davlat oliy taʼlim muassasasi bilan kelishiladi hamda ushbu narxda talabalar turar joyida yashagan har bir talaba uchun tadbirkorlik subyektiga bitimda belgilangan muddat davomida bir oʻquv yili uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.
4. Davlat oliy taʼlim muassasalariga “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, oʻquv va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini muassasaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qisman moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
Bunda talabalar turar joylarini qurish boʻyicha loyihalar tadbirkorlik subyekti va davlat oliy taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan aralash moliyalashtirish orqali amalga oshirilganda, ularni saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu qarorning 1-bandi “b” kichik bandi beshinchi xatboshisiga muvofiq moliyalashtiriladi.
6. Energetika vazirligi talabalar turar joylari uchun ajratilgan yer maydonlarida tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qurish tegishliligi boʻyicha “Hududgaztaʼminot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hisobidan amalga oshirilishini taʼminlasin.
7. Quyidagilarga ruxsat berilsin:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati tuzilmasida davlat-xususiy sheriklik asosida va tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda moliyalashtiriladigan loyihalarni muvofiqlashtiruvchi Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha uchta shtat birligidan iborat boʻlim 2031-yil 1-yanvarga qadar faoliyat yuritadi.
mazkur qarorning 1-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan shakldan boshqa shakllarda qurilgan talabalar turar joylarida qonunchilikda taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ajratilgan, biroq bino umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan qismiga boʻlgan mulk huquqini (yer maydoni, umumiy foydalanishga moʻljallangan kommunikatsiya qismiga egalik huquqi bundan mustasno) xususiy sherikka (mahalliy investorlar uchun) talabalar turar joylari foydalanishga topshirilgan payt oʻtkazishga;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar turar joylarini qurish uchun avralroq davlat sherigi, vakolatli davlat organi va boshqa maxsus veb-saytlarda eʼlon qilingan konsepsiyalarni eʼlon qilish muddatini qoʻshimcha 10 kunga uzaytirgan holda mazkur qarorda belgilangan shartlarga muvofiq oʻzgartirishga;
davlat-xususiy sheriklik bitim muddatini talabalar turar joylarini qurish uchun sarflangan mablagʻlarning qoplanish muddatiga 2,3 koeffitsiyentni qoʻllash orqali belgilashga.
8. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab talabalar bilan ishlash boʻyicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilinsin hamda davlat oliy taʼlim muassasalari 1 — 3-kurs talabalarining maʼnaviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam koʻrsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin. Bunda:
har 120 — 150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritilsin hamda uning oylik maoshi “Oʻqituvchi-stajyor” bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirilsin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi tuzilmasida amaldagi shtatlar doirasida uchta shtat birligidan iborat Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boʻlimi tashkil etilsin.
9. Moliya vazirligi bir oy muddatda:
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda jismoniy shaxslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati boʻyicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksiga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda talabalar turar joylari qurilishi uchun Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Davlat soliq qoʻmitasi:
ikki oy muddatda ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish elektron tizimida shartnomalarni hisobga qoʻyish va soliq toʻlovlarini amalga oshirishning soddalashtirilgan raqamli imzosiz shaklini ishga tushirish choralarini koʻrsin;
uch oy muddatda ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish elektron tizimini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va tizimida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralarning talabalar elektron bazasi bilan integratsiya qilsin hamda oʻz uy-joylarini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarni daromad soligʻidan ozod etishning avtomatlashgan tizimini yaratsin.
11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
a) uch oy muddatda Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda talabalarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish, ularning turmush sharoiti va sogʻligʻidan xabar olish boʻyicha tegishlicha taʼlim muassasasi rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, uning huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi rahbarlarining shaxsiy javobgarligini, shuningdek, elektron maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi alohida tartib ishlab chiqib, tasdiqlasin;
b) 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiyalashgan oliy taʼlim muassasalari talabalarining hudud va oliy taʼlim muassasasi kesimidagi elektron bazasini yaratsin;
Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platformani ishlab chiqsin, talabalar turar joyi va xususiy xonadonlardan ijaraga turar joy qidirishning ishonchli tizimini yoʻlga qoʻysin hamda doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
12. Talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida:
a) qurilish vaziri B. Zokirov talabalar turar joylarida bir nafar talabaga toʻgʻri keladigan yashash maydonini maqbullashtirish boʻyicha shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
b) oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. Toshkulov hamda tizimida davlat oliy taʼlim muassasasi mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari talabalar turar joylarida qoʻshimcha maishiy xizmat turlarini joriy etish, sogʻlom ovqatlanish uchun sharoit yaratish va boshqa xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish hisobiga talabalar turar joylarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish;
v) moliya vaziri T. Ishmetov davlat-xususiy sheriklik va davlat oliy taʼlim muassasasining buyurtmasi asosida talabalar turar joyini barpo etish boʻyicha loyihalarga Davlat budjetidan subsidiya ajratish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2022-yil va kelgusi yillar uchun budjet parametrlarini shakllantirishda nazarda tutib borish;
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
talabalar turar joylarini qurish uchun mazkur qarorga 1-ilovaga asosan yer maydonlarini oliy taʼlim muassasalariga ular joylashgan hududga yaqin joylardan 2022-yil 1-yanvarga qadar doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish;
davlat oliy taʼlim muassasalariga talabalar turar joyi binolari va tegishli ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish uchun davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarga xususiy sheriklarni jalb qilishga koʻmaklashib borish;
oʻz hududida talabalarni turar joy bilan taʼminlash, talabalar turar joyiga tutash hududlarda talabalar uchun zarur transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining yaratilishi va faoliyat yuritishi uchun masʼul va javobgar etib belgilansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-sentabr,
563-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qaroriga 1-ILOVA
Hududlarda talabalar turar joylarini qurish uchun oliy taʼlim muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlari
ROʻYXATI
T/rOliy taʼlim muassasasi nomiJami barpo etiladigan talabalar turar joylariOliy taʼlim muassasasi hududida barpo etiladigan talabalar turar joylariOliy taʼlim muassasasiga yaqin hududda barpo etiladigan talabalar turar joylariYillar boʻyicha(talabalar turar joylari soni)soniquvvatiyer maydonisoniquvvatiyer maydonisoniquvvatiyer maydoni2022-yil2023-yil2024-yil2025-yil(ga)(ga)(ga)Respublika boʻyicha jami:18990 67664,417282 76458,9177 9125,536565542Qoraqalpogʻiston Respublikasi145 6004,2145 6004,223541.Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti52 0001,552 0001,511122.Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti41 6001,241 6001,211113.Nukus davlat texnika universiteti14000,314000,314.Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti14000,314000,315.Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali14000,314000,316.Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Toʻrtkoʻl fakulteti14000,314000,317.Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali14000,314000,31Andijon viloyati166 3504,8166 3504,847238.Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti31 2000,931 2000,91119.Andijon davlat texnika instituti41 5501,241 5501,22210.Andijon davlat tibbiyot instituti28000,628000,61111.Andijon davlat pedagogika instituti28000,628000,61112.Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti31 2000,931 2000,911113.Andijon davlat chet tillari instituti28000,628000,611Buxoro viloyati104 0003,0104 0003,0324114.Buxoro davlat universiteti41 6001,241 6001,221115.Buxoro davlat texnika universiteti31 2000,931 2000,911116.Buxoro davlat pedagogika instituti14000,314000,3117.Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti28000,628000,611Jizzax viloyati73 2502,773 2502,7131218.Jizzax politexnika instituti31 2001,231 2001,211119.Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti42 0501,542 0501,5211Qashqadaryo viloyati72 7802,472 7802,4321120.Qarshi davlat universiteti26000,626000,6221.Qarshi davlat texnika universiteti41 7801,541 7801,5111122.Shahrisabz davlat pedagogika instituti14000,314000,31Navoiy viloyati31 2000,931 2000,911123.Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti31 2000,931 2000,9111Namangan viloyati84 0003,084 0003,0123224.Namangan davlat universiteti41 6001,241 6001,2111125.Namangan davlat texnika universiteti21 6001,221 6001,21126.Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti28000,628000,611Samarqand viloyati249 4407,2197 6005,751 8401,5577527.Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti72 8002,172 8002,1000,0321128.Samarqand davlat chet tillar instituti28000,614000,314000,31129.Samarqand iqtisodiyot va servis instituti26400,614000,312400,3020030.Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 31 2000,931 2000,911131.Samarqand davlat tibbiyot universiteti31 2000,914000,328000,611132.“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti14000,314000,3133.Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti14000,314000,3134.Samarqand davlat texnika universiteti28000,628000,61135.Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti 31 2000,928000,614000,30021Surxondaryo viloyati124 8003,6124 8003,6134436.Termiz davlat universiteti52 0001,552 0001,5112137.Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti28000,628000,61138.Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti14000,314000,3139.Termiz davlat pedagogika instituti28000,628000,61140.Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali28000,628000,611Sirdaryo viloyati62 4001,862 4001,8121241.Guliston davlat universiteti31 2000,931 2000,911142.Toshkent kimyo texnologiya institutining Yangiyer filiali14000,314000,3143.Guliston davlat pedagogika instituti28000,628000,611Toshkent viloyati83 2002,483 2002,4321244.Chirchiq davlat pedagogika universiteti41 6001,241 6001,221145.Olmaliq davlat texnika instituti 28000,628000,61146.Toshkent davlat agrar universiteti28000,628000,62Fargʻona viloyati187 2005,4135 2003,952 0001,5556247.Fargʻona davlat universiteti72 8002,162 4001,814000,3222148.Fargʻona davlat texnika universiteti52 0001,531 2000,928000,621249.Qoʻqon davlat universiteti52 0001,531 2000,928000,6112150.Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti14000,314000,31Xorazm viloyati83 5002,783 5002,7132251.Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti41 6001,241 6001,2111152.Urganch davlat tibbiyot instituti31 3001,231 3001,211153.Urganch davlat pedagogika instituti16000,316000,31Toshkent shahri4832 95620,34128 88417,874 0722,5614171154.Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti56 2004,756 2004,722155.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti53 1401,853 1401,831156.Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti21 1200,921 1200,91157.Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti43 3001,543 3001,511258.Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti73 5202,173 5202,132259.Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti18320,318320,3160.Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti95 1003,095 1003,0124261.Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti38400,938400,911162.Toshkent davlat tibbiyot universiteti75 2003,053 2002,022 0001,0122263.Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi14000,314000,3164.Toshkent arxitektura-qurilish universiteti11 4400,611 4400,6165.Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti16240,316240,3166.Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali14000,314000,3167.“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 18400,618400,61
Izoh.
* Talabalar turar joylarini barpo etish uchun zarur yer maydonlari ustuvor ravishda oliy taʼlim muassasasiga yaqin (1,5 km radiusda) hududda, boʻsh yer maydoni mavjud boʻlmaganda esa — oliy taʼlim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan holda boshqa hududdan ajratiladi.
** toʻliq oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan barpo etiladigan talabalar turar joylari;
*** har 400 oʻrinli talabalar turar joyini qurish uchun oʻrtacha 0,3 ga yer maydoni hisoblanadi.
**** 2022 — 2025-yillarda belgilangan talabalar turar joylarini barpo etish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyekti va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan aralash moliyalashtirish shaklidan boshqa shakllarda tashabbus bildirilganda, talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini mazkur ilovada koʻrsatilgan yildan avvalroq amalga oshirishga ruxsat beriladi.
***** Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan talabalar turar joylari binolarining qavatlar sonidan kelib chiqib, quvvati oʻzgarishi mumkin/
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qaroriga 1a-ILOVA
Respublika oliy taʼlim muassasalarida 2026 — 2030-yillar davomida oliygohlarda talabalar turar joylarini barpo etish boʻyicha
ROʻYXAT
T/rOliy taʼlim muassasasi nomiJami barpo etiladigan talabalar turar joylariOliy taʼlim muassasasi hududida barpo etiladigan talabalar turar joylariOliy taʼlim muassasasiga yaqin hududda barpo etiladigan talabalar turar joylariYillar boʻyicha(talabalar turar joylari soni)soniquvvatiyer maydonisoniquvvatiyer maydonisoniquvvatiyer maydoni2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yil(ga)(ga)(ga)sonisonisonisonisoniRespublika boʻyicha jami:5532 20025,35130 60024,141 6001,2612131113Qoraqalpogʻiston Respublikasi31 2000,931 2000,91111.Nukus davlat texnika universiteti14000,314000,312.Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti14000,314000,313.Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali14000,314000,31Andijon viloyati31 2000,931 2000,9124.Andijon davlat tibbiyot instituti28000,628000,6115.Andijon davlat pedagogika instituti14000,314000,31Buxoro viloyati28000,628000,6116.Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti28000,628000,611Jizzax viloyati28000,628000,6117.Jizzax politexnika instituti14000,314000,318.Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali14000,314000,31Qashqadaryo viloyati31 2000,931 2000,9129.Qarshi davlat texnika universiteti14000,314000,3110.Shahrisabz davlat pedagogika instituti28000,628000,611Navoiy viloyati32 400232 4002311.Navoiy davlat universiteti32 400232 40023Namangan viloyati28000,628000,61112.Namangan tibbiyot instituti 28000,628000,611Samarqand viloyati52 4001,552 4001,5121113.Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti21 0000,621 0000,61114.Samarqand davlat tibbiyot universiteti21 0000,621 0000,61115.Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti14000,314000,31Surxondaryo viloyati32 2001,532 2001,511116.Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti14000,314000,3117.Termiz davlat pedagogika instituti11 0000,611 0000,6118.Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali18000,618000,61Toshkent viloyati21 4001,221 4001,21119.Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali21 4001,221 4001,211Fargʻona viloyati14000,314000,3120.Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti14000,314000,31Xorazm viloyati31 9001,531 9001,511121.Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti15000,315000,3122.Al-Xorazmiy universiteti21 4001,221 4001,211Toshkent shahri2315 50013,01913 90011,841 6001,2664723.Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti15000,315000,3124.Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti33 0003,033 0003,011125.Toshkent farmatsevtika instituti16000,416000,4126.Toshkent davlat transport universiteti28000,628000,61127.Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti44 0003,044 0003,0111128.Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti14000,314000,3129.Toshkent davlat yuridik universiteti52 0001,552 0001,5111230.“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 11 0001,011 0001,0131.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali28000,628000,61132.Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti14000,314000,3133.Yangi Oʻzbekiston universiteti22 0002,022 0002,011
Izoh.
* Talabalar turar joylarini barpo etish uchun zarur yer maydonlari ustuvor ravishda oliy taʼlim muassasasiga yaqin (1,5 km radiusda) hududda, boʻsh yer maydoni mavjud boʻlmaganda esa — oliy taʼlim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan holda boshqa hududdan ajratiladi.
** Har 400 oʻrinli talabalar turar joyini qurish uchun oʻrtacha 0,3 ga yer maydoni hisoblanadi.
*** 2025 — 2030-yillarda belgilangan talabalar turar joylarini barpo etish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyekti va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan aralash moliyalashtirish shaklidan boshqa shakllarda tashabbus bildirilganda, talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini mazkur ilovada koʻrsatilgan yildan avvalroq amalga oshirishga ruxsat beriladi.
**** Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan talabalar turar joylari binolarining qavatlar sonidan kelib chiqib, quvvati oʻzgarishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 24-iyuldagi 571-son qarori 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2021-yil va kelgusi yillarda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan ishlarni Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bajarish boʻyicha buyurtmachi etib — Universitet belgilansin”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-band quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarining ijtimoiy himoyasini taʼminlash maqsadida ularning oylik maoshlariga ustamalar belgilash, moddiy ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga”;
b) 27-banddagi “Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi” soʻzlari “Iqtisodiyot boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 29-banddagi “Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi” soʻzlari “Budjet hisobi metodologiyasi va buxgalteriya hisoboti tahlili boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
