Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (SQ-384-IV-son)
27.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 27-avgust,
SQ-384-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 27-avgustdagi SQ-384-IV-sonli Qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 10-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binolaridan samarali foydalanishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi KQ-249-IV-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 25-avgustdagi “D.A. Xidoyatovni Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi etib saylash toʻgʻrisida”gi KQ-255-IV-sonli qarori.
