“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish tartibini tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (513-1-son)
07.09.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 7-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 513-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni koʻrib chiqishning yangilangan tartibini belgilash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining 1998-yil 15-oktabrdagi 210/1236-son “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish tartibini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 513, 1998-yil 27-oktabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-avgust,
40qq-son
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-avgust,
67-son
